‏ Ephesians 1

Duoyi salom

1Xudoning irodasi bilan Iso Masihning havoriysi boʻlgan men — Pavlusdan Iso Masihga sodiq boʻlgan
…Iso Masihga sodiq boʻlgan… — yoki …Iso Masihga imon keltirgan….
Efes shahridagi Xudoning azizlariga salom!
2Otamiz Xudo va Rabbimiz Iso Masih sizlarga inoyat va tinchlik ato qilsin.

Xudoning ilohiy rejasi

3Rabbimiz Iso Masihning Otasi Xudoga hamdu sanolar boʻlsin. U samodagi barcha ruhiy barakalarni Masih orqali bizlarga berdi. 4Masihga tegishli boʻlishimiz uchun Xudo bizni dunyo yaratilishidan oldin tanladi. Endi biz Xudoning oldida muqaddas va benuqson, bir–birimizga mehr bogʻlagan insonlar boʻla olamiz. 5Xudo
…benuqson, bir–birimizga mehr bogʻlagan insonlar boʻla olamiz. 5 Xudo… — yoki …benuqson insonlar boʻla olamiz. Bizga muhabbat koʻrsatib, 5 Xudo….
bizni Iso Masih orqali Oʻziga farzand qilib olishni azaldanoq qaror qilgan edi. Xudoning xohish–irodasi shu boʻlib, bundan U huzur–halovat topdi.
6Xudo Oʻzining suyukli Oʻgʻli orqali bizga buyuk inoyat koʻrsatgani uchun Unga hamdu sanolar boʻlsin.

7 8Masihning toʻkilgan qoni orqali Xudo bizni kechirib, gunohlarimizdan ozod qildi. Shunday qilib, Xudo bizning hayotimizni toʻldirgan inoyati qanchalik boy ekanligini koʻrsatdi. U bizga donoligu aql–idrok ato etdi. 9Oʻz irodasining sirini
Oʻz irodasining siri — 3:2-6 ga qarang.
maʼlum qildi. Bu irodasi Iso Masih orqali bajo boʻlishini Xudo oldindan rejalashtirgan edi va bundan U huzur–halovat topdi.
10Xudo bu rejasini Oʻzi belgilagan vaqtda toʻla amalga oshirib, yeru osmondagi bor mavjudotni Masihning hokimiyati ostiga birlashtiradi. 11Biz Masih orqali Xudoning xalqi boʻldik
…Xudoning xalqi boʻldik — bu oʻrinda ishlatilgan yunoncha soʻz qurʼa boʻyicha mulk taqsimlash maʼnosini bildiradi. Bu oyatda majoziy maʼnoda ishlatilib, imonlilar Xudoning bebaho mulki ekanligini koʻrsatadi. Yana shu bobning 14, 18–oyatlariga va Qonunlar 32:8-9 ga qarang.
. Bu Xudoning azaldan belgilagan rejasi boʻyicha amalga oshdi. Axir, Xudo har bir narsani Oʻz xohish–irodasi boʻyicha amalga oshiradi.

12Shunday ekan, biz hammamiz — Masihga umid bogʻlaganlar Xudoga shon–shuhrat keltirish uchun yashashimiz lozim. 13Sizlar haqiqat kalomi, yaʼni najot keltirgan Xushxabarni eshitgan edingiz. Shu tufayli Masihga imon keltirgan edingiz. Xudo vaʼda qilgan Muqaddas Ruhini sizlarga berib, Oʻziga tegishli ekanligingizni tasdiqladi. 14Muqaddas Ruh biz kelajakda oladigan qut–barakalarga kafil sifatida berildi. Ha, vaqti kelib
…vaqti kelib… — oxiratda najot toʻliq roʻyobga chiqadigan vaqtga ishora (1 Butrus 1:5, Rimliklar 8:23, 13:11 ga qarang).
, Xudo Oʻziga tegishli boʻlganlarni butunlay ozod qiladi. Shularning hammasi Xudoga shon–shuhrat keltiradi.

Shukrona ibodati

15Rabbimiz Isoga boʻlgan imoningiz va Xudoning aziz xalqiga boʻlgan mehr–muhabbatingiz haqida eshitganimdan beri, 16sizlar uchun ibodat qilganimda, tinmay Xudoga shukurlar aytaman. 17Rabbimiz Iso Masihning Xudosi, ulugʻ Otamiz, Oʻzini tanib–bilishingiz uchun Muqaddas Ruh orqali sizga donolik va aql–idrok ato qilsin. 18Xudo sizlarning qalbingizni nurga toʻldirsin, toki Xudo sizlarni daʼvat qilib, sizlarga qanday umid berganligini, Xudoning xalqi U uchun naqadar boy mulk
…Xudoning xalqi U uchun naqadar boy mulk… — shu bobning 11–oyati izohiga qarang.
ekanligini tushunib olinglar.
19Xudoning biz — imonlilarga koʻrsatgan tengi yoʻq qudrati naqadar buyukligini ham bilib oling. Mana shu buyuk qudrati bilan 20Xudo Masihni oʻlikdan tiriltirdi va samoda Uni Oʻzining oʻng tomoniga oʻtirgʻizdi
…Uni Oʻzining oʻng tomoniga oʻtirgʻizdi — Zabur 109:1 ga qarang. Oʻng tomon muruvvat va baraka oʻrni deb hisoblangan.
.
21Isoni Xudo u dunyoyu bu dunyodagi har bir hokimiyat va hukmronlik, har qanday kuch va saltanat, har bir mavjudotdan ustun qildi. 22Butun borliqni Isoning oyoqlari ostiga tobe qildi. Uni butun borliqdan yuqori qoʻyib, imonlilar jamoatiga bosh qildi. 23Imonlilar jamoati Masihning tanasidir. Borliqni har jihatdan butun qiladigan Masih jamoatni barkamol qiladi.
Copyright information for UznUzbL