Ephesians 2
Xudoning inoyati tufayli hayotga erishish
1Sizlar bir vaqtlar gunohlaru ayblaringiz tufayli ruhan oʻlik edingizlar. 2Sizlar bu dunyoning odatlari boʻyicha, yovuz ruhiy kuchlarning hokimi boʻlgan shaytonga boʻysunib, gunohga botib yashardingiz. Xudoga itoat qilmay yashayotganlarning yuraklarida amal qilayotgan shaytondir. 3Biz ham bir vaqtlar xudbin istaklarimizni qondirib yashar edik. Tana ehtiroslariga va bemaʼni oʻy–xayollarga berilib yashaydigan, barcha odamzod kabi, tabiatan Xudoning qahr–gʻazabiga loyiq boʻlgan itoatsiz insonlar edik. 4Ammo mehr–shafqatga boy Xudo Oʻzining bizga boʻlgan buyuk muhabbatini quyidagicha koʻrsatdi: 5garchi biz gunohlarimiz tufayli ruhan oʻlik boʻlsak ham, Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi. Biz Xudoning inoyati tufayli qutqarilganmiz. 6Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi va bizga samoda U bilan birga joy berdi. Bular Iso Masih tufayli amalga oshdi. 7Xudoning inoyati behad moʻl ekanligi to abad namoyon boʻlishi uchun, U bizga Iso Masih orqali mehr–shafqat koʻrsatdi. 8Axir, sizlar Xudodan inoyat topib, imon orqali najot topgansiz. Bu Xudoning inʼomidir, sizning yutugʻingiz emas. 9Yana hech kim: “Men savob ishlarim tufayli qutulganman”, deb maqtanmasin. 10Axir, biz Xudoning ijodimiz. Xudo bizni xayrli ishlar qilishimiz uchun Iso Masih orqali yaratdi, bu ishlarni biz uchun azaldanoq tayyorlab qoʻygan edi.Iso Masih orqali xalqlar birlashadi
11Esingizda boʻlsin, sunnat qilingan yahudiylar ▼▼ sunnat qilingan yahudiylar — sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:1-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi.
bir vaqtlar siz — gʻayriyahudiy boʻlganlarni “sunnatsiz” ▼▼ “sunnatsiz” — bu soʻz gʻayriyahudiylarning Xudodan mahrum boʻlib kelganiga, Uning xalqi qatorida hisoblanmaganiga urgʻu beradi.
deb atardilar. Vaholanki, yahudiylarning sunnati faqatgina jismoniy sunnat edi. 12Oʻsha paytda sizlar Masihni bilmas edingizlar, Isroil xalqiga tegishli emasdingiz. Xudoning Isroil xalqi bilan tuzgan ahdlariga ▼▼ ahdlar — Xudoning Isroil xalqi va ularning ota–bobolari bilan qilgan ahdlariga ishora (Ibtido 15:18, 17:1-14, Chiqish 19:1-8, 2 Shohlar 7:8-16, Yeremiyo 31:31-34 ga qarang).
va bergan vaʼdalariga begona boʻlib, bu dunyoda umidsiz va Xudosiz yashar edingiz. 13Sizlar oldin Xudodan uzoq edingiz, endi esa Iso Masih orqali, Uning toʻkilgan qoni tufayli Xudoga yaqinlashdingiz. 14– 15Masihning Oʻzi bizning tinchlik manbaimizdir. U Oʻz tanasini fido qilib, yahudiylar va gʻayriyahudiylarni birlashtirdi, ularning orasidagi adovat devorini qulatdi. Iso Masih yahudiylarga berilgan qonunni va uning amrlariyu qoidalarini bekor qildi. Masih tufayli gʻayriyahudiylar bilan yahudiylar birlashib, yangi bir xalq boʻldilar, shunday qilib Masih tinchlik oʻrnatdi. 16Xochdagi oʻlimi orqali Masih gʻayriyahudiylarni ham, yahudiylarni ham Xudo bilan yarashtirdi–da, ularning orasidagi adovatni yoʻq qildi. 17Masih kelib, sizlarga — oldin Xudodan uzoq boʻlganlarga ham, Xudoga yaqin boʻlganlarga ham tinchlik Xushxabarini eʼlon qildi. 18Masih tufayli endi hammamiz bir Ruh orqali Otamiz Xudoning huzuriga kira olamiz. 19Demak, sizlar endi begona ham, kelgindi ham emassizlar, balki Xudoning aziz xalqi qatoridasiz, Uning xonadoni aʼzosi boʻldingizlar. 20Sizlar xuddi bir binodaysizlar. Bu binoning asosi havoriylaru paygʻambarlardir ▼▼ havoriylaru paygʻambarlar — Iso Masihning Xushxabarini vaʼz qiladigan havoriylarga va Yangi Ahd davridagi paygʻambarlarga ishora (3:5, 4:11-12 ga va 1 Korinfliklar 12:28 ga qarang).
. Binoning tamal toshi ▼▼ tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi.
esa Iso Masihning Oʻzidir. 21Bu imorat Rabbimiz Iso Masih orqali bir boʻlib, yuksalib boradi va Unga bagʻishlangan muqaddas maʼbad boʻladi. 22Iso Masihga tegishli boʻlganingiz uchun sizlar ham bu imoratning bir qismisiz. Bu imoratni Xudoning Ruhi Oʻziga maskan qilib oladi.
Copyright information for
UznUzbL