Ephesians 3
Xudo sirli rejasini ayon qiladi
1Mana, Iso Masih haqi siz — gʻayriyahudiylarga qilgan xizmatim sababli mahbus ▼▼ mahbus — bu paytda Pavlus Rimda mahbus boʻlgani ehtimoldan holi emas (Havoriylar 28:16, 30 ga qarang).
boʻlganman. 2Xudo Oʻz inoyatini sizlarga yetkazish vazifasini menga topshirdi. Sizlar albatta bu haqda eshitgansizlar. 3Yuqorida qisqacha yozganimday, Xudo bu sirni menga vahiy orqali maʼlum qildi. 4Sizlar yozganlarimni oʻqib, Masih haqidagi sirni qanday fahmlaganimni tushunib olasizlar. 5Bu sir oldingi nasllarga ayon qilinmagan edi. Endi esa Muqaddas Ruh orqali Xudoning muqaddas havoriylari va paygʻambarlariga ▼▼ Xudoning muqaddas havoriylari va paygʻambarlari — 2:20 ning birinchi izohiga qarang.
ayon qilindi. 6Bu sirning mohiyati quyidagichadir: gʻayriyahudiylar ham Xushxabarga ishonib, Iso Masih orqali Xudo Oʻz xalqiga ato qiladigan barakalarga sherik boʻladilar. Ular bilan birga bir tana aʼzolari ▼▼ bir tana aʼzolari — 4:4 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
boʻlib, Xudoning Oʻz xalqiga bergan vaʼdasidan bahramand boʻladilar. 7Xushxabarni tarqatish xizmati menga Xudoning inoyati boʻyicha topshirildi. Bu inoyatni Xudo menga Oʻzining kuch–qudrati orqali berdi. 8Men Xudoning azizlari orasida eng arzimagani edim. Masihning aql bovar qilmas boyligi haqidagi Xushxabarni gʻayriyahudiylarga yetkazishim uchun menga Xudoning inoyati berildi. 9Xudoning sirli rejasini endi hammaga oshkor qilish vazifasi menga yuklandi. Butun borliqni ▼▼ Butun borliqni… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Iso Masih orqali butun borliqni….
yaratgan Xudo bu sirni asrlar davomida pinhon tutgan edi. 10Oʻzining koʻp qirrali donoligi imonlilar jamoati orqali samoviy kuchlaru saltanatlarga maʼlum boʻlishi uchun Xudo shunday qildi. 11Xudoning Rabbimiz Iso Masih orqali roʻyobga chiqargan azaliy maqsadi shu edi. 12Biz Iso Masih tufayli va Unga boʻlgan imonimiz tufayli Xudoning huzuriga dadillik va toʻla jasorat bilan yaqinlashish imkoniga egamiz. 13Shunday ekan, sizlardan oʻtinaman, mening azob–uqubatlarimni deb, ruhingiz hech tushmasin. Aksincha, sizlar uchun chekkan azob–uqubatlarim bilan faxrlaninglar. Pavlusning ibodati
14Yuqorida aytib oʻtganlarim haqida oʻylaganimda, samoviy Otamiz ▼▼ samoviy Otamiz — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida Rabbimiz Iso Masihning samoviy Otasi.
oldida tiz choʻkib, ibodat qilaman. 15Yer yuzidagi va osmonu falakdagi har bir jonzotning hayot manbai samoviy Otadir. 16Mening toat–ibodatlarim quyidagichadir: Xudo Oʻzining ulugʻvor boyligi bilan sizlarga kuch–qudrat berib, Oʻz Ruhi bilan ichki borligʻingizni baquvvat qilsin. 17Imoningiz orqali Masih yuragingizdan joy olsin. 18– 19Sizlar ildizi chuqur daraxtday boʻling, Xudoning sevgisi sizlarni barqaror qilsin. Xudoning barcha azizlari bilan birga, Masihning aql bovar qilmas sevgisi qanchalik keng, qanchalik cheksiz, qanchalik yuksak va teran ekanligini toʻla anglab, bilib olinglar. Shunda hayotingiz Xudoning kamolotiga toʻlib–toshadi. 20Xudo hayotimizda amal qilayotgan qudrati bilan biz soʻragan yoki tasavvur qilganlarimizni va hatto xayolimizga kelmaganlarni ham bajarishga qodirdir. 21Imonlilar jamoati va Iso Masih orqali Xudoga nasllar osha to abad shon–sharaflar boʻlsin! Omin.
Copyright information for
UznUzbL