‏ Ephesians 4

Imonlilarning birligi va yangi hayoti

1Rabbimiz Iso haqi mahbus
mahbus — 3:1 izohiga qarang.
boʻlgan men — Pavlus sizlardan oʻtinib soʻrayman: Xudo sizlarni Oʻziga daʼvat qilganini yoddan chiqarmay, shu daʼvatga munosib tarzda yashanglar.
2Doimo kamtar va muloyim boʻlinglar, mehr–muhabbat bilan bir–biringizga nisbatan sabr–toqatli boʻlinglar. 3Oʻzaro tinch–totuv yashab, Muqaddas Ruh ato qilgan birdamlikni saqlashga jon kuydiringlar. 4Hammamiz bir tananing aʼzolarimiz
Hammamiz bir tananing aʼzolarimiz… — 1 Korinfliklar 12:12-27 ga qarang.
, qalbimizdagi Muqaddas Ruh ham birdir. Shuningdek, Xudo bizni daʼvat qilib, hammamizga bergan umid ham birdir.
5Rabbimiz bir, imonimiz ham birdir, bir maqsadda suvga choʻmdirilganmiz. 6Barchamizning Otamiz Xudo birdir. U hammamizdan ustun boʻlib, hammamiz orqali Oʻz irodasini bajo qiladi. U hammamizning oramizdadir. 7Masih Oʻz inoyatiga koʻra, har birimizga turli xil inʼomlar bergan. 8Mana, Muqaddas bitiklarda quyidagicha yozilgan:

“Yuksaklarga chiqdi U,
Asirlarni ortidan ergashtirdi.
Insonlarga hadyalar berdi.”
Muallif bu oʻrinda Zabur 67:19 ning qadimiy yunoncha tarjimasidan foydalangan.

9U yuksaklarga chiqdi degan soʻzlar nimani bildiradi? U oldin pastga — yer yuziga tushgandan boshqa nimani bildirishi mumkin?! 10Pastga tushgan Zot, koinotni har jihatdan butun qilay deb, falak toqidan ham yuqoriroqqa chiqdi.

11Masih baʼzilarni havoriy, baʼzilarni esa paygʻambar, baʼzilarni Xushxabar voizi, yana boshqalarni jamoatlarning choʻponlariyu ustozlari qilib tayinladi, 12toki ular Xudoning aziz xalqini xizmat qilishga tayyorlasinlar. Shunda Masihning tanasi, yaʼni jamoat imonda mustahkam turadi. 13Buning natijasida hammamiz imonda yakdil, Xudoning Oʻgʻli Masihni tanib–biladigan, Uning kamoliga erishgan yetuk odamlar boʻlamiz. 14Shunda biz norasida goʻdaklarga oʻxshamaymiz, shamol esgan tomonga egiladigan novdaday boʻlmaymiz. Har xil taʼlimotlar va quv odamlarning hiylayu ayyorliklariga laqqa tushavermaymiz. 15Kelinglar, mehr–muhabbat bilan haqiqatni aytib, jamoatning boshi boʻlgan Masihga oʻxshab har jihatdan yetuk insonlar boʻlaylik. 16Uning boshchiligida butun badan payu boʻgʻinlar yordamida oʻzaro ulanadi va birikadi. Har bir aʼzo oʻz vazifasini bajarar ekan, butun badan oʻsib boradi va mehr–muhabbat tufayli baquvvat boʻladi.

17Shunday ekan, Rabbimiz Isoning nomidan qatʼiy tayinlab, sizlarga aytaman: endi xudosiz odamlarday yashamanglar, ular singari behuda oʻy–xayollarga berilmanglar. 18Ularning onglarini zulmat qoplagan, ular Xudo beradigan yangi hayotga begonadirlar, chunki ular bagʻri tosh boʻlib, jaholatda qolganlar. 19Ular har qanday or–nomus tuygʻusini yoʻqotib, fisqu fujurga berilganlar, har xil iflos ishlarni ishtiyoq bilan qiladilar. 20Ammo sizlar Masihdan bunday ishlarni oʻrganmagansiz. 21Sizlar Masihning soʻzlarini eshitib, Uning taʼlimotini olgansizlar, chunki haqiqat Masihda jamdir. 22Oldingi yashash tarzingizga tobe boʻlmang, eski oʻzligingizdan voz keching, chunki u aldovchi ehtiroslar tufayli buzilib ketgan. 23Yangichasiga fikr–zikr qiladigan boʻlinglar. 24Xudoning suratida yaratilgan, haqiqiy solihlik va muqaddaslikdan iborat boʻlgan yangi tabiatga burkaninglar.

Yangi hayot uchun yoʻl–yoʻriqlar

25Endi yolgʻon gapirishni bas qilib, har biringiz oʻz yaqiningizga haqiqatni aytinglar, axir, hammamiz bir tananing aʼzolarimiz–ku. 26Hatto gʻazablanganingizda ham gunoh qilmanglar
Hatto gʻazablanganingizda ham gunoh qilmanglar — Zabur 4:5 ga qarang.
. Quyosh botguncha jahldan tushinglar.
27Iblisga fursat bermanglar. 28Oldin oʻgʻri boʻlgan endi oʻgʻrilik qilmasin, balki ishlasin, oʻz qoʻllari bilan mehnat qilsin. Shunda muhtojlarga ham topgan–tutganidan yordam bera oladi. 29Ogʻzingizdan hech qanday yaramas soʻz chiqmasin. Lekin tinglovchilarning ehtiyojiga koʻra, kerakli gaplarni aytib, ularga dalda bering, shunda soʻzlaringiz ularga foyda keltiradi.

30Xudoning Muqaddas Ruhini xafa qilmanglar, chunki Muqaddas Ruh sizlarning Xudoga tegishli ekaningizning hamda bir kun kelib
…bir kun kelib… — 1:14 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
, butunlay ozod boʻlishingizning dalilidir.
31Har qanday gina–kudurat, qahru gʻazab, janjalkashlik, gʻiybatchilikni hamda boshqa har xil yomonliklarni oʻzingizdan soqit qilinglar. 32Bir–biringizga nisbatan koʻngilchan va mehr–shafqatli boʻlinglar. Xudo sizlarni Masih orqali kechirganday, sizlar ham bir–biringizni kechiringlar.
Copyright information for UznUzbL