‏ Ezekiel 1

Xudoning taxti

1 2 3Hayotimning oʻttizinchi yilida
Hayotimning oʻttizinchi yili — ibroniycha matnda Oʻttizinchi yil. Hizqiyolning yoshi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
, toʻrtinchi oyning
toʻrtinchi oy — ibroniy kalendarining Tammuz oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyunning oʻrtasidan boshlanadi.
beshinchi kunida men, Buzi oʻgʻli ruhoniy Hizqiyol
Buzi oʻgʻli ruhoniy Hizqiyol — yoki ruhoniy Buzi oʻgʻli Hizqiyol.
, surgunda yashayotgan odamlar bilan birga Bobildagi
Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.
Kavor daryosining boʻyida edim. Shunda osmon qopqasi ochildi–da, Xudodan menga vahiylar keldi. Oʻsha kuni Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi. Men Egamizning qudratini yaqqol sezib turar edim. Bu voqea shoh Yohayixin surgundaligining beshinchi yilida
shoh Yohayixin surgundaligining beshinchi yili — miloddan oldingi 593 yil.
sodir boʻlgan edi.

4Qarasam, shimoldan boʻron turdi. Ulkan bir bulutdan chaqmoq chaqar edi, bulut atrofi yarqirab turardi. Bulutning olovli markazi sayqallangan misday tovlanardi. 5Oʻshaning oʻrtasida men toʻrtta jonli mavjudotni koʻrdim. Ular inson qiyofasida edi. 6Ammo har birining toʻrtta yuzi va toʻrtta qanoti bor edi. 7Ularning oyoqlari tekis boʻlib, buzoqning tuyoqlariga oʻxshash tuyoqlari bor edi. Tuyoqlar yaltiroq bronza kabi tovlanib turardi. 8Qanotlari ostida odam qoʻliga oʻxshagan qoʻllari bor edi. 9Mavjudotlar bir–biriga orqa oʻgirib turar edilar, qanotlarining uchlari bir–biriga tegib turardi. Ular har tomonga birgalikda yurardilar, yurganlarida burilmas edilar. 10Mavjudotlarning yuzlariga kelsak, ular toʻrt xil edi: old tomonida inson yuzi, oʻng tomonida sher yuzi, chap tomonida buqa yuzi va orqa tomonida burgut yuzi bor edi. 11Mavjudotlarning bir juft qanoti tepaga yoyilgan boʻlib, yonidagi mavjudotlarning qanotlariga tegib turardi. Qolgan bir juft qanoti esa tanasini yopib turardi. 12Mavjudotlar toʻgʻriga qarab yurishar edi. Ruh ularni qayerga yoʻnaltirsa, ular oʻsha yoqqa borishardi, yurganda burilmas edilar. 13Jonli mavjudotlarning koʻrinishi yonayotgan koʻmirga yoki mashʼalaga oʻxshar edi. Mavjudotlarning orasida olov aylanib yurardi. Bu olov chaqnardi, undan chaqmoq chaqib turar edi. 14Mavjudotlarning oʻzlari ham chaqmoq tezligi bilan u yerdan–bu yerga borib kelishardi.

15Men toʻrtta mavjudotni tomosha qilib turganimda, mavjudotlar yonidagi gʻildiraklarni koʻrdim. Har bir mavjudotning yonida bittadan gʻildirak bor edi. Gʻildiraklar yerga tegib turardi. 16Toʻrtala gʻildirakning koʻrinishi va tuzilishi bir xil edi. Ular qimmatbaho toshday tovlanardi. Har bir gʻildirakning ichida koʻndalangiga solingan yana bittadan gʻildirak bor edi. 17Shu sababdan gʻildiraklar harakatga kelganda, toʻrt tomonga yura olar edi, yurganda burilmasdi. 18Gʻildiraklarning gardishlari baland va bahaybat edi. Ularning gir aylanasi koʻzlar bilan qoplangan edi. 19Jonli mavjudotlar yurganda, yonlaridagi gʻildiraklar ham harakatga kelardi. Yerdan koʻtarilganda, gʻildiraklar ham ular bilan birga koʻtarilardi. 20 21Mavjudotlardagi ruh gʻildiraklarda ham bor edi. Shu sababdan ruh mavjudotlarni qayerga yoʻnaltirsa, mavjudotlar oʻsha yoqqa borishardi, gʻildiraklar ham ular bilan birga harakatga kelardi. Mavjudotlar yurganda, ular ham yurar edi, toʻxtaganda toʻxtar edi, yerdan koʻtarilganda koʻtarilar edi.

22Mavjudotlarning boshlari uzra gumbazga oʻxshash bir narsa bor edi, oʻsha narsa billurdek tovlanardi. 23Qanotlarini yoygan mavjudotlar gumbaz ostida turar edi. Ularning qanotlari bir–biriga tegib turardi. Ikkinchi juft qanotlari esa badanlarini yopib turardi. 24Ular qanot qoqib uchardilar. Qanot qoqqanlarida chiqqan tovushi shovullagan dengiz shovqiniday, Qodir Xudoning gumburlagan ovoziday, ulkan lashkarning shovqin–suroniday edi. Mavjudotlar toʻxtaganlarida qanotlarini yigʻib olishardi.

25Ular toʻxtab, qanotlarini yigʻib oldilar. Shunda boshlari tepasidagi gumbaz uzra bir ovoz yangradi. 26Gumbaz ustida zangori yoqutdan yasalgan taxtga oʻxshash bir narsa bor edi. Taxt ustida inson qiyofasidagi bir Zot oʻtirardi. 27Oʻsha kimsaning belidan yuqori qismi sayqallangan misday yarqirardi, atrofini olov oʻragandi. Belidan pastki qismi esa otash kabi porlardi. Uning butun borligʻi nur taratib turardi. 28Oʻsha nur yomgʻirdan keyin bulutlar orasida paydo boʻladigan kamalakdek jilvalanardi. Bu yogʻdu Egamizning ulugʻvorligini aks ettirardi.

Xudo Hizqiyolni xizmatga chaqiradi

Men buni koʻrishim bilanoq yerga muk tushdim, soʻng bir ovoz eshitdim.
Copyright information for UznUzbL