‏ Ezekiel 16

Quddus goʻzal kelinchak timsolida

1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Quddusning barcha jirkanch odatlarini yuziga solib, 3ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: asli sen Kanʼon yurtida tugʻilgansan, sening otang Amor xalqidan, onang Xet urugʻidan boʻlgan
…sen Kanʼon yurtida tugʻilgansan, sening otang Amor xalqidan, onang Xet urugʻidan boʻlgan — Amor, Xet va Kanʼon yurtida yashagan jamiki xalqlar butparast boʻlib, Egamizga sajda qilishmasdi.
.
4Sen tugʻilganingda, hech kim senga qaramagan. Hech kim kindigingni qirqmagan, seni yuvintirmagan, teringni tuz bilan artib, yoʻrgaklamagan. 5Bironta odamning senga rahmi kelmagan, hech kim senga achinmagan, qaramagan. Sen tugʻilganingda, hamma sendan hazar qilgan, shuning uchun seni dalaga olib borib tashlashgan.

6Men oʻsha yerdan oʻtib ketayotib, seni koʻrib qoldim. Sen oʻz qoningga belanib, tipirchilab yotgan eding. Shunda Men senga: ‘Sen oʻlmaysan!’ dedim. Senga umr tiladim. 7Men seni dashtdagi oʻsimlik kabi oʻstirdim. Sen ulgʻayding, boʻying choʻzildi, eng goʻzal bir gavharga oʻxshab qolding
…eng goʻzal bir gavharga oʻxshab qolding — yoki …sen ayol boʻlib yetilding.
. Sening koʻkraklaring toʻlishdi, sochlaring uzun boʻldi, ammo sen qip–yalangʻoch eding.

8Men yana oʻsha yerdan oʻtib ketayotib, seni koʻrib qoldim. Sen sevgi uchun yetilganingni koʻrib, kiyimimning etagi bilan yalangʻoch badaningni yopdim. Men senga qasamyod qildim, sen bilan nikoh ahdini tuzdim. Shunda sen Meniki boʻlding, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 9— Seni choʻmiltirib, badaningga yopishib qolgan qon qoldiqlarini yuvib tashladim. Teringga xushboʻy moylarni surtdim. 10Egningga naqsh solingan koʻylak, oyogʻingga yumshoq teridan tikilgan choriqlar kiydirdim. Boshingga harir roʻmol oʻrab, ustingga shoyi toʻn tashladim. 11Qimmatbaho bezaklar bilan senga zeb berdim: qoʻllaringga bilaguzuklar, boʻyningga tilla zanjir, 12burningga uzuk, quloqlaringga sirgʻa taqdim, boshingga goʻzal bir toj kiydirdim. 13Seni oltinu kumush bilan bezantirdim, ustingga qimmatbaho shoyi, mayin zigʻir matosidan tikilgan liboslaru naqsh solingan koʻylaklar kiydirdim. Oliy navli undan yopilgan nonlar bilan, zaytun moyi va asal bilan seni boqdim. Sen nihoyatda goʻzal boʻlding, haqiqiy malikaga oʻxshab qolding. 14Mislsiz goʻzalliging bilan xalqlar orasida dong taratding, chunki Men senga bergan ulugʻvorligim goʻzalligingni mukammal qilgan edi. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.

Quddus fohisha timsolida

15Sen esa goʻzalligingga ishonding. Shuhratingdan foydalanib, fahsh yoʻliga kirding
fahsh yoʻliga kirding — Eski Ahdda zino yoki fahsh soʻzlari koʻpincha majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, Egamizga xiyonat qilishni va boshqa xudolarga sigʻinishni bildiradi. Oʻsha paytlarda Kanʼondagi butparast xalqlar oʻz sajdagohlarida diniy vazifalardan birini fahsh orqali bajarardilar. Butparast xalqlarning udumlariga koʻra, odamlar fohishalar va fohishlar bilan jinsiy aloqa qilish orqali oʻz xudolariga topinardilar, xudolaridan farovonlik ato qilishni soʻrardilar.
. Oʻtgan–ketgan erkakka oʻzingni berding, goʻzalligingdan ularni bahramand qilding.
16Men senga bergan nafis matolar bilan sajdagohlaringni
sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. 6:3 izohiga qarang.
bezab, u yerda fohishalik qilding. Qanday sharmandagarchilik! Aslo bunday boʻlishi kerak emas edi!
17Bundan tashqari, Men senga bergan oltin va kumush bezaklardan oʻzingga erkak tasviridagi haykalchalar yasattirding. Ular bilan zino qilding. 18Naqsh solingan koʻylaklaringni butlar ustiga kiydirding. Men senga bergan moy bilan xushboʻy tutatqilarni ularga nazr qilding. 19Senga non uchun bergan oliy navli unni, zaytun moyi va asalni butlaringga xushboʻy hadyalar sifatida tortiq qilding. Eha, shular sodir boʻldi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 20— Soʻng Mendan koʻrgan oʻgʻil–qizlaringni olding, ularni oʻz butlaringga yem qilib, qurbon qilding. Nahotki fohishalik qilganing yetmagan boʻlsa?! 21Bolalarimni soʻyishing, ularni butlaringga qurbonlik qilib, olovda kuydirishing
…ularni butlaringga qurbonlik qilib, olovda kuydirishing… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …ularni butlaringga (olovdan) oʻtkazishing…. Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi.
shartmidi?!
22Jirkanch odatlaru fohishalik qilganingda sen biron marta ham oʻz bolaligingni eslamading, qip–yalangʻoch boʻlganingni, oʻz qoningga belanib tipirchilab yotganingni esga olmading.

23Sening holingga voy! — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Qilgan qabihliklaring yetmaganday sen 24oʻzing uchun soʻrilar qurding, har bir maydonda baland supalar
…soʻrilar…baland supalar… — koʻchma maʼnoda ishlatilgan soʻzlar boʻlib, xalq boshqa xudolarga sigʻingan joylarga ishora qiladi (shu bobning 15–oyati izohiga qarang). Shu bobning 31, 39–oyatlarida ham bor.
oʻrnatding.
25Har bir koʻchaning boshida baland supalar qurib, goʻzalligingni xor qilding. Oʻtgan–ketganga putingni ochding, fohishalikka berilib ketding. 26Aʼzosi yirik boʻlgan qoʻshni Misr bilan yotding. Fahshga berilib, gʻazabimni keltirding. 27Shunda Men qoʻlimni senga qarshi koʻtardim. Rizqingni kamaytirib, seni dushmanlaring boʻlgan Filist ayollarining ixtiyoriga topshirdim. Hattoki oʻshalar ham sening behayoligingni koʻrib, yoqalarini ushlashgan. 28Sen toʻymas hirsingni qoniqtirish uchun Ossuriya
Ossuriya — qadimgi qudratli shohlik. Uning poytaxti Naynavo shahri hozirgi Iroqning shimolida joylashgan edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi OSSURIYA soʻziga qarang.
bilan fohishalik qilding. Ammo shunda ham qoniqmading.
29Savdogarlar yurti boʻlgan Bobil
Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.
bilan ham fahshga berilding, ammo shunda ham qoniqmading.

30Naqadar buzuqdir sening yuraging! — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Sen oʻzingni shaloq xotinday tutding–ku! 31Sen har bir koʻchaning boshida soʻrilar qurding, har bir maydonda baland supalar oʻrnatding. Yoʻq, sen fohishaday emas eding, sen toʻlovdan hazar qilarding. 32Sen buzuq ayolsan! Begona erkaklarni oʻz eringdan afzal koʻrding. 33Hamma fohishalarga sovgʻalar beriladi. Lekin sen hamma oʻynashlaringga sovgʻalar berding. Har yoqdan kelib, sen bilan fohishalik qilishlari uchun ularni sotib olding. 34Ha, sen boshqa fohishalardan ajralib turasan. Hech kim seni fohishalik qilishga undamagan, hech kim senga toʻlov bermagan. Aksincha, boshqalarga sen toʻlov bergansan. Haqiqatan ham, sen boshqachasan!»

Xudo Quddusni hukm qiladi

35Ey inson, Quddusga ayt: «Endi esa, ey fohisha, Egamizning soʻzlarini eshit! 36Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen kiyimlaringni yechib, oʻynashlaring bilan fohishalik qilding, makruh butlaringga sajda etding. Oʻz bolalaringning qonini toʻkib, xudolaringga qurbon qilding. 37Shuning uchun sendan lazzatlangan hamma oʻynashlaringni Men har yerdan yigʻib kelaman. Sen sevganlarni ham, nafratlanganlarni ham senga qarshi yigʻaman. Seni qip–yalangʻoch qilib, ularning oldiga chiqarib qoʻyaman. Ular seni tomosha qiladilar. 38Men seni qotilliging va zinokorliging uchun hukm qilaman. Rashku gʻazabda seni qonga belayman. 39Seni oʻynashlaring ixtiyoriga topshiraman. Ular soʻrilaringni buzadilar, supalaringni vayron qiladilar. Ustingdagi kiyimlaringni yulib oladilar, chiroyli taqinchoqlaringni tortib oladilar. Sen qip–yalangʻoch qolasan. 40Ular olomonni yigʻib, seni toshboʻron qiladilar, jasadingni qilich bilan nimtalab tashlaydilar. 41Uylaringni yondirib yuboradilar, seni bir talay ayollarning koʻzi oldida jazolaydilar. Shu yoʻsin Men fohishaligingga chek qoʻyaman. Sen oʻynashlaringga boshqa toʻlov bermaysan. 42 43Sen bolaligingni eslamaganing uchun, qilmishlaring bilan qahrimni keltirganing uchun, Men qilmishlaringga yarasha jazoingni beraman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Shunda Men jahldan tushaman, rashkimni bosib olaman. Tinchlanib, boshqa gʻazablanmayman.

Ey Quddus, jirkanch odatlaring yetmasmidi, nimaga behayolik qilding?
44Odamlar sen haqingda gapirganda ‘qiz onasiga tortar’ degan maqolni ishlatishadi. 45Sen haqiqatan ham oʻz eri va bolalaridan hazar qilgan onangga oʻxshaysan. Erlari va bolalaridan hazar qilgan opa–singillaringdan qolishmaysan. Sening onang Xet urugʻidan, otang Amor xalqidan edi
Sening onang Xet urugʻidan, otang Amor xalqidan edi — shu bobning 3–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
.
46Sening opang Samariya oʻz qizlari bilan shimolda, singling Sadoʻm esa oʻz qizlari bilan janubda yashar edilar. 47Sen nafaqat ularning yoʻllaridan yurgansan, jirkanch odatlariga taqlid qilgansan, balki qisqa vaqt ichida barcha qabihliklaring bilan ulardan oʻzib ham ketgansan. 48Men, Egang Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, sening singling Sadoʻm oʻz qizlari bilan senchalik va sening qizlaringchalik qabihliklar qilmagan. 49Sadoʻmning aybi shudir: u va uning qizlari magʻrur edilar. Ular toʻq, tinch va osoyishta hayot kechirar edilar, ammo mazlumu nochorlarga yordam bermas edilar. 50Ha, ular magʻrur edilar, oldimda jirkanch ishlar qilgandilar. Men buni koʻrib, ularni yoʻq qilgan edim. 51Hatto Samariya ham sen qilgan gunohlarning yarmisini qilmagan. Sen ulardan koʻproq qabihliklar qilgansan. Qilgan qabihliklaring oldida opang bilan singling solih boʻlib koʻrinadi. 52Mana endi sharmandaligingga toqat qilishga majbursan. Sen opa–singillaringning jazosini yengillashtirding. Sen ulardan ham battar gunohlar qilib, ularni begunohday koʻrsatding. Endi uyalgin, sharmandaligingga toqat qilgin, chunki sen opa–singillaringni oppoq qilib koʻrsatding.

53Ammo bir kun kelib, Men Sadoʻm va Samariyani ularning qizlari bilan birga yana farovonlikka erishtiraman. Ular bilan birga seni ham tiklayman. 54Shunda sen sharmandaligingga toqat qilib, oʻzingdan oʻzing uyalib ketasan, chunki sen qilgan qilmishlaring bilan opa–singillaringni ancha yupatding. 55Ha, opa–singillaring Sadoʻm va Samariya qizlari bilan tiklanadi. Sen ham qizlaring bilan qayta tiklanasan. 56Sen magʻrurlanib, singling Sadoʻmni mazax qilar eding. 57Ammo endi, sening fosiqliging butun dunyoga oshkor boʻldi. Sen Edom
Edom — koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy suryoniycha tarjimadan. Ibroniycha matnda Oram. “Oram” va “Edom” soʻzlari ibroniychada deyarli bir xil yoziladi. Oʻsha davrda Edom xalqi Yahudo xalqiga dushman edi (25:12-14, 35:1-15 ga qarang).
qizlari va ularning hamma qoʻshnilari uchun mazax boʻlding. Filist qizlari hamma joyda seni masxara qiladilar.
58Sen behayoliging va jirkanch odatlaringga yarasha jazo tortishing shart. Egamizning kalomi shudir.

Abadiy ahd

59Egamiz Rabbiy demoqda: ey Quddus, Men qilgan qilmishingga yarasha jazoingni beraman, chunki sen bergan vaʼdalaringni mensimading, ahdingni buzding. 60Ammo Men yoshligingda sen bilan tuzgan ahdimga
yoshligingda sen bilan tuzgan ahdim — shu bobning 8–oyatiga qarang.
sodiq qolaman, sen bilan abadiy bir ahd tuzaman.
61Sen qilgan qilmishlaringni eslaysan. Opangni ham, singlingni
Opang…singling… — shu bobning 46–oyatiga qarang.
ham qabul qilganingda uyalasan. Men ularni senga farzand qilib beraman. Buni sen bilan tuzadigan ahddan tashqari qilaman.
62Ha, Men sen bilan ahd tuzaman, shunda Egang Men ekanligimni bilib olasan. 63Men qilgan barcha gunohlaringni kechiraman, ammo sen ularni doim yodingda tutib, xijolat boʻlasan. Uyalganingdan sen hatto ogʻzingni ham ocha olmaysan. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”
Copyright information for UznUzbL