Ezekiel 19
Hasrat qoʻshigʻi
1Egamiz menga Isroilning ikki shahzodasi ▼▼ ikki shahzoda — shoh Yohuxoz va shoh Zidqiyo nazarda tutilgan (shu bobning 3, 5–oyatlariga va oʻsha oyatlarning izohlariga qarang).
uchun mana shu marsiyani aytishimni buyurdi: 2“Sening onang ▼▼ Sening onang — Yahudo qabilasiga ishora (Ibtido 49:8-9 ga qarang). Shoh Yohuxoz va shoh Zidqiyo aynan shu qabiladan kelib chiqqan edi.
qoʻrqmas bir sher edi!U sherlar orasida oʻrnashdi,
Yosh sherlar orasida bolalarini oʻstirdi.
3Bitta bolasi ▼
▼ Bitta bolasi — firʼavn Nexo zanjirband qilgan shoh Yohuxoz nazarda tutilgan (4 Shohlar 23:31-34 ga qarang).
kuchli bir sher boʻldi.U ov qilishni oʻrgandi,
Odamxoʻrlik qila boshladi.
4Buni xalqlar eshitdilar,
Sherni oʻzlarining tuzogʻiga tushirdilar.
Uni zanjirband qilib,
Misrga olib ketdilar.
5Ona sher umidi puchga chiqqanini koʻrdi,
Orzusi ushalmaganini bildi.
Shunda boshqa bolasini ▼
▼ boshqa bolasi — shoh Zidqiyo nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (12:10-14, 17:13-21 ga va 4 Shohlar 24:18-25:7 ga qarang).
oʻstirdi,Uni kuchli bir sher qildi.
6U katta boʻlgach,
Boshqa sherlar ila izgʻiydigan boʻldi.
Ov qilishni oʻrgandi,
Odamxoʻrlik qila boshladi.
7Qalʼalarini buzar edi ▼
▼ Qalʼalarini buzar edi… — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Bevalarni bildi…. Baʼzi olimlarning fikri boʻyicha, bu ibora mazkur oʻrinda bevalarini zoʻrlar edi maʼnosida kelgan.
,Shaharlarini vayron qilardi.
Yurt va uning butun aholisi
U oʻkirganda dahshatga tushardi.
8Atrofdagi hududlardan xalqlar
Unga hujum qildilar.
Ustiga toʻr tashlab,
Tuzogʻiga tushirdilar.
9Zanjirband qilib, qafasga soldilar,
Bobil shohi huzuriga olib bordilar.
Isroil togʻlarida uning tovushi
Boshqa eshitilmasin deya,
Uni zindonga tashladilar.
10Sening onang ▼
▼ Sening onang — Yahudo qabilasidan boʻlgan shohlar sulolasiga ishora.
uzumzordagi tokday edi,Ariq boʻyiga oʻtqazilgan edi.
Suvga miriqqanidan
Sernovdayu serhosil edi.
11Baquvvat novdalari
Saltanat hassalariga ▼
▼ Saltanat hassalari — Ibtido 49:10 ga qarang. Saltanat hassasi shoh va hukmdorlarning hokimiyatini bildiruvchi ramz edi.
aylandi.Qalin shox–shabbadan ham baland koʻtarildi.
Balandligi, serbargligi bilan
Koʻzga tashlanib turar edi.
12Ammo gʻazab ichra tok sugʻurib tashlandi,
Yerga uloqtirib yuborildi.
Sharqdan esgan shamol hosilini quritdi,
Baquvvat novdalari sinib quridi.
Hammasini olov yamlab yubordi.
13Endi bu tok sahroga oʻtqazilgan.
Ha, suvsagan, qaqroq choʻlga ekilgan.
14Uning poyasidan olov chiqdi,
Novdalaru mevalarini kuydirib yubordi.
Bironta baquvvat novdasi qolmadi,
Saltanat hassasiga yaramaydigan boʻldi.”
Bu marsiya qoʻshigʻidir, u motam ohangida kuylanadi.
Copyright information for
UznUzbL