‏ Ezekiel 2

1Oʻsha ovoz menga dedi:

— Ey inson
inson — ibroniycha matnda inson oʻgʻli. Mazkur kitobda Xudo Hizqiyolga aynan shu ibora bilan murojaat qilgan. Paygʻambar ham odam zotidan ekanligini, abadiy yashamasligini, u ham Xudoning kuchiga muhtojligini koʻrsatish uchun shu ibora ishlatilgan.
, oʻrningdan tur, Men sen bilan gaplashmoqchiman.

2Ovoz menga gapirayotganda, Ruh ichimga kirib, meni turgʻizib qoʻydi. Men gapning davomini tingladim. 3U menga shunday dedi:

— Ey inson, Men seni itoatsiz Isroil xalqining oldiga yuboraman. Ular Menga qarshi bosh koʻtarishdi. Ularning oʻzlari ham, ota–bobolari ham shu kungacha Menga qarshi gunoh qilib kelishgan.
4Bu xalq qaysar va oʻjardir. Men seni ularning oldiga yuboraman. Sen ularga: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda”, deb gapirasan. 5Bu isyonkor xalq gapingga quloq soladimi, yoʻqmi, Men ularning oldiga paygʻambarni yuborganimni bilib qoʻyishsin. 6Sen esa, ey inson, ulardan hayiqma, ularning gaplaridan qoʻrqma. Atrofingni yantogʻu tikanaklar oʻrab olsa ham, chayonlar orasida yashasang ham qoʻrqma. Ularning gaplaridan choʻchima, ularning vajohatidan dahshatga tushma. 7Bu isyonkor xalq senga quloq soladimi, yoʻqmi, ularga Mening gaplarimni yetkaz. 8Sen esa, ey inson, bu isyonkor xalqqa oʻxshama. Ogʻzingni och. Men senga beradigan narsani yegin.

9Qarasam, men tomon bir qoʻl choʻzildi. Qoʻlda bir oʻrama qogʻoz
oʻrama qogʻoz — papirusdan qilingan uzun oʻralgan qogʻoz. Qadimgi paytlarda kitoblar oʻrama shaklda boʻlgan.
bor edi.
10Qoʻl oʻramni ochib, menga koʻrsatdi. Oʻramning oldi va orqa tomonlariga marsiya, motam va qaygʻu soʻzlari yozilgan edi.
Copyright information for UznUzbL