‏ Ezekiel 21

Bobil shohi Egamizning qilichi timsolida

1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Quddusga yuzlan. Isroil yurtiga va barcha sajdagohlariga
barcha sajdagohlari — yoki sajdagohi boʻlib, Maʼbad va umuman Quddus nazarda tutilgan (20:46 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
qarshi bashorat qil.
3Isroil yurtiga qaratib shunday soʻzlarni ayt: «Egamiz demoqda: Men Oʻzim senga qarshi chiqaman! Qilichimni
Qilichim — Bobil shohi Navuxadnazar nazarda tutilgan. U orqali Xudo Yahudo xalqini va boshqa xalqlarni jazolagan (21:18-23, 30 ga qarang).
qinidan sugʻurib, hammangizni — solihlarni ham, fosiqlarni ham yoʻq qilaman.
4Qilichim janubdan shimolgacha boʻlgan hamma jonzotni qirib tashlaydi. 5Shunda Egangiz Men ekanligimni hamma bilib oladi. Ha, Men qilichimni qinidan sugʻuraman! Uni qaytarib joyiga solmayman.»

6Ey inson, siqilgan odamga oʻxshab, chuqur xoʻrsingin, qaygʻurganingni hamma koʻrsin. 7Ular sendan: «Nega xoʻrsinyapsan?» deb soʻrashganda, ularga shunday javob ber: «Noxush bir xabar eshitdim. U amalga oshganda, odamlarning yuragi orqaga tortib ketadi, qoʻllarida mador qolmaydi, ruhi tushadi, ishtonlari hoʻl boʻladi. Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Mana oʻsha vaqt yaqinlashib qoldi! U albatta amalga oshadi.»”

8Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 9“Ey inson, bashorat qilib ayt: «Rabbiy shunday demoqda:

Mana, Men qilichimni yaltiratib charxladim.
10Odamlarni qirish uchun qayradim.
Chaqmoq kabi chaqnashi uchun yaltiratib tozaladim.
Ammo bundan qanday xursand boʻlaylik?!
Ey oʻgʻlim Yahudo,
Qilichim saltanat hassasini
saltanat hassasi — bu maxsus hassa boʻlib, shoh va hukmdorlarning hokimiyatini bildiruvchi ramz edi.
mensimaydi,
Hech qanday tayoqni pisand qilmaydi
…Qilichim saltanat hassasini mensimaydi, Hech qanday tayoqni pisand qilmaydi — Yahudo, yaʼni janubiy shohlik aholisi Xudoning tanlangan xalqi boʻlishiga qaramay, Xudoga boʻlgan itoatsizligi uchun butun xalq hukmdori bilan birga jazolangan edi.
.
11Mana, qilichim charxlandi,
Ishlatish uchun tayyor boʻldi.
Yaltiratib qayraldi,
Qotil uchun hozirlandi.»

12Ey inson, dod solib faryod qil!
Endi koʻksingga ur!
Zero, qilich xalqimga qarshidir,
Barcha Isroil shahzodalariga qarshidir.
Ular qilichdan nobud boʻladi,
Xalq qatori qirilib ketadi.
13Bu sinov paytidir!
Qilich hatto Yahudoning saltanat hassasini
Mensimasa nima boʻladi?!
Saltanatning kuni bitadi,
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —

14Ey inson, bashorat qil.
Kaftingni kaftingga uraver,
Qilich xalqimni qayta–qayta chopaversin.
Bu qirgʻin qilichidir,
Qirgʻin–barot qilichidir.
U xalqimni har tomondan siqib kelmoqda!
15Odamlarning yuragi orqaga tortib ketdi,
Ular qoʻrquvdan qoqila boshlashdi.
Men qilichimni qirgʻin uchun oʻrnatdim,
Shaharning har bir darvozasi oldiga qoʻydim.
Eh, mana qilichim yaltiratib tozalandi.
Odamlarni qirish uchun qinidan chiqarildi.
16Ey qilichim, oʻngdagilarni chop!
Soʻldagilarni chop! Hammani tigʻdan oʻtkaz!
17Men ham kaftimni kaftimga uraman,
Shunda jahldan tushaman.
Bularni Men, Egangiz, aytdim.”

18Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 19“Ey inson, xaritaga ikki yoʻlni tushir. Bobil shohi bu yoʻllardan yurib, hujum qiladi. Ikkala yoʻl ham bir joydan boshlansin. Yoʻllarning ayrilgan joyiga bir belgi qoʻy. 20Yoʻllardan biri Bobil shohini Ommon yurtining poytaxti Rabbaga, ikkinchisi Yahudo yurtining mustahkam shahri Quddusga olib borsin. 21Hozir Bobil shohi yoʻllar ayrilgan joyda turib, qaysi shaharga hujum qilish kerakligi haqida bosh qotiryapti. U kamon oʻqlarini silkitib, qurʼa tashlayapti. But–sanamlarga maslahat solyapti, qurbonlik qilingan hayvonlarning jigariga qarab, fol ochtiryapti. 22U oʻng qoʻli bilan «Quddus» deb yozilgan oʻqni chiqaradi. Quddus atrofiga devorteshar qurollarni oʻrnashtiradi. Lashkariga, oʻldir, deya buyruq beradi, ularni jangga daʼvat qiladi. Darvozani buzadigan qurollarni oʻrnashtiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi
…shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi… — 4:2 izohiga qarang.
, qamal inshootlarini
qamal inshootlari — 4:2 izohiga qarang.
qurdiradi.
23Quddus aholisi Bobil shohiga sadoqat qasamini ichgani uchun bu ularga soxta bashoratday tuyuladi. Ammo Bobil shohi ularning aybini yuziga soladi, ularni asir qilib oladi.

24Ey Isroil xalqi, Men, Egang Rabbiy, senga aytyapman: sen ochiqchasiga isyon koʻtarib, oʻz aybingni oʻzing fosh qilding. Qilgan har bir ishing bilan gunohlaringni koʻrsatding. Shu bois sen asirlikka tushasan.

25Ey buzuq, fosiq Isroil hukmdori
Isroil hukmdori — shoh Zidqiyo nazarda tutilgan.
, sening kuning bitdi! Oxirgi jazoingning vaqt–soati yetdi!
26Men, Egang Rabbiy, senga aytyapman: boshingdagi sallangni yech, tojingni olib tashla. Endi hammasi oʻzgaradi, xoʻrlangan odam yuksaladi, yuksalgan odam esa xoʻrlanadi. 27Ana vayronalar, vayronalar! Ha, Men Quddusni vayron qilaman. Ammo shaharni hukm qiladigan odam kelmaguncha, bular sodir boʻlmaydi. Men shaharni oʻshaning qoʻliga beraman.

28Ey inson, bashorat qilib ayt: «Isroilni mazax qilgan Ommon xalqi haqida Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey qilich, qilich! Sen qirgʻin uchun qindan chiqarilding. Odamlarni qirish uchun charxlanding, chaqmoq kabi chaqnash uchun yaltiratib tozalanding! 29Ommon xalqi sen haqingda yolgʻon vahiylar koʻryapti, sen toʻgʻringda boʻlmagʻur follar ochtiryapti. Sen bu yovuz fosiqlarning boshini chopib tashlaysan! Ularning kuni bitdi, oxirgi jazosining vaqt–soati yetdi!

30Ey Bobil shohi, qilichingni qiniga sol! Boshqalarni jazolashdan toʻxta!
Ey Bobil shohi…Boshqalarni jazolashdan toʻxta! — ibroniycha matnda Qilichni qiniga sol! 21:3 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
Endi Men seni ona yurtingda, tavallud topgan joyingda hukm qilaman.
31Ustingga gʻazabimni sochaman, qahrimning olovini senga ufuraman. Seni shafqatsizlarning qoʻliga beraman, oʻsha mohir qotillarga topshiraman. 32Sen olovga yem boʻlasan, qoning ona yurtingda toʻkiladi. Sen haqingdagi xotira abadiy oʻchadi. Egamizning kalomi shudir.»”
Copyright information for UznUzbL