Ezekiel 23
Fohisha opa–singillar: Samariya va Quddus
1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, bir onadan tugʻilgan ikki opa–singil bor edi. 3Ular Misrda fohishalik qilardilar. Yoshligidan fahsh yoʻliga kirgandilar. Qizlik koʻkragi u yerda silandi, emchaklari siypalandi. 4Kattasining ismi Oxola, kichkinasining ismi Oxolibo edi. Men ikkovini ham Oʻz nikohimga olgan edim, ular Menga oʻgʻil–qizlar tugʻib berishdi. Oxola Samariyani, Oxolibo Quddusni bildiradi ▼▼ Oxola Samariyani, Oxolibo Quddusni bildiradi — Oxola Isroilni, yaʼni shimoliy shohlikni, Oxolibo Yahudoni, yaʼni janubiy shohlikni bildiradi (yana 4:4 izohiga qarang). Shimoliy shohlikning poytaxti — Samariya, janubiy shohlikning poytaxti Quddus edi. Oxola va Oxoliboning axloqsizligi majoziy maʼnoni ifodalab, Yahudo va Isroil xalqlarining butparast ittifoqdoshlariga va ularning xudolariga boʻlgan ishonchini, rizqini beradigan haq Xudoga esa oʻtaketgan sadoqatsizligini bildiradi.
. 5Oxola Mening nikohimda boʻla turib, fohishalik qilar edi. U oʻynashlari boʻlgan Ossuriyalik jangchilarga hirs qoʻygan edi. 6Ularning hammasi kelishgan yigitlar, zangori libos kiygan, ot mingan hokimu lashkarboshilar edi. 7Oxola Ossuriyaning hamma sara erkaklari bilan fohishalik qilar edi. Hirs qoʻygan har bir erkakning butlariga sigʻinib, oʻzini bulgʻab yurardi. 8U Misrda qilgan fohishaliklarini tashlamadi. Yoshligida erkaklar u bilan yotishgan edi, qizlik koʻkragini silab, shahvatini qondirishgan edi. 9Shu sababdan Men uni oʻynashlarining qoʻliga topshirib qoʻydim. U hirs qoʻygan oʻsha Ossuriyaliklarning qoʻliga berdim. 10Ular Oxolani qip–yalangʻoch qildilar, uni oʻldirdilar. Oʻgʻil–qizlarini oʻzlariga qul qilib oldilar. Jazosini tortgan Oxola ayollarning ogʻzidan tushmay qoldi. 11Singlisi Oxolibo bularni koʻrdi. Shunday boʻlsa–da, suyuqoyoqligi va fohishaligi bilan opasidan oʻtib tushdi. 12U ham oʻsha Ossuriyalik hokimu lashkarboshilarga, qurol–aslahalar taqqan otliq xushbichim jangchilarga hirs qoʻydi. 13Men Oxoliboning bulgʻanganini koʻrdim, opasi bilan bir yoʻlni tanlaganini bildim. 14U borgan sari fohishalikka berilib ketar edi. Bir kuni u Bobilliklarning ▼▼ Bobilliklar — ibroniycha matnda Xaldeylar, oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi (shu bobning 16–oyatida ham bor).
devorga tushirilgan rasmlarini koʻrib qoldi. Ular qizil rangga boʻyalgan edi. 15Bellarida kamar, boshlarida koʻrkam salla bilan tasvirlangan edilar. Ular Xaldey ▼▼ Xaldey — oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.
yurtida tugʻilgan Bobil otliq sarkardalariga oʻxshar edilar. 16Oxolibo oʻsha rasmlarni koʻrdi–yu, shahvat uning qonini qizdira boshladi. U Bobilga choparlar joʻnatib, Bobilliklarni oʻz huzuriga chorladi. 17Bobilliklar uning oldiga kirdilar, ishq toʻshagiga u bilan yotdilar, oʻz hirsi bilan uni bulgʻadilar. Oxolibo bulgʻangandan keyin Bobilliklardan jirkanib ketdi, ulardan yuzini oʻgirdi. 18U fohishalikka berilib, yalangʻoch badanini hammaga koʻz–koʻz qilganda, Men undan jirkanib ketdim, opasidan yuz oʻgirganimday undan ham yuzimni oʻgirdim. 19U esa yoshlik davrini, Misrda qilgan behayoligini eslab, yanada koʻp fohishalik qilaverdi. 20Jinsiy aʼzolari eshaklarnikiday, maniylari aygʻirlarnikiday boʻlgan oʻynashlariga hirs qoʻydi. 21Yoshligida qilgan behayoliklarini qaytarmoqchi boʻldi. Oʻsha paytlarda Misrliklar emchaklarini siypalagan edilar, qizlik koʻkraklarini silagan edilar. Quddus timsolidagi Oxoliboni Xudo jazolaydi
22Shuning uchun, Oxoliboga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen oʻsha oʻynashlaringdan jirkanib, ulardan yuzingni oʻgirgansan, ammo Men oʻshalarni senga qarshi qoʻzgʻataman. Ular har tomondan kelib, senga hamla qiladilar. 23Men Bobilliklarni, Paxoʻd, Shoʻva va Qoʻvadan kelgan hamma Xaldeylarni ▼▼ Xaldeylar — oʻsha vaqtda Bobilliklar shu nom bilan ham atalardi.
, jamiki Ossuriyaliklarni boshlab kelaman. Ot mingan oʻsha xushbichim yosh aslzodalarni, hokimu lashkarboshilarni, sarkardayu zodagonlarni yigʻib kelaman. 24Ular qurollanadilar, senga qarshi jang aravalari, yuk aravalari va talay lashkarni tortib keladilar. Boshiga dubulgʻa kiygan, qoʻliga qalqon va sipar tutgan jangchilar seni qurshovga oladilar. Hukm qilishlari uchun Men seni ularning qoʻliga topshiraman. Ular seni oʻz qonunlariga muvofiq hukm qiladilar. 25Men ustingga qahrimni yogʻdiraman, lashkarlar seni shafqatsizlarcha jazolaydilar. Ular burning va quloqlaringni kesib tashlaydilar, omon qolgan har bir odamni qilichdan oʻtkazadilar. Oʻgʻil–qizlaringni asir qilib oladilar, omon qolganlarni yondirib yuboradilar. 26Ustingdagi kiyimlarni yechib oladilar, qimmatbaho taqinchoqlaringni olib ketadilar. 27Sen Misrda boshlagan fohishaligu suyuqoyoqligingga Men shu yoʻsin chek qoʻyaman. Bularga boʻlgan ishtiyoqing yoʻqoladi, sen Misrni unutib yuborasan. 28Zero, seni oʻzing nafratlangan, jirkanib, yuzingni oʻgirgan odamlarning qoʻliga topshiraman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 29— Ular nafrat bilan seni jazolaydilar, topgan–tutganingni tortib oladilar. Seni yalangʻoch, hech vaqosiz tashlab ketadilar. Fohishaliging ochiladi, sharmanda boʻlasan. Suyuqoyoqliging, fohishaliging 30tufayli shu ahvolga tushasan. Sen boshqa xalqlar bilan fohishalik qilding, ularning butlari bilan bulgʻanding. 31Sen opangning yoʻlidan ketding, shuning uchun Men opangga ichirgan jazo kosasidan ▼▼ jazo kosasi — Xudo gʻazabining ramzi boʻlgan sharob kosasiga ishora. Mana shu sharobdan mast boʻlish Xudoning hukmiga duchor boʻlishni bildiradi (Ishayo 51:17-23, Yeremiyo 25:15-29 ga qarang).
senga ham ichiraman. 32Ha, Men, Egang Rabbiy, aytamanki:Sen ham opangning kosasidan ichasan,U kosa katta va chuqurdir.
Seni mazax qilishadi, ustingdan kulishadi,
U kosa limmo–lim toʻladir.
33Sen qaygʻuga botib mast boʻlasan.
Ha, bu dahshatu vayronalik kosasidir,
Opang Samariyaning kosasidir.
34Sen kosani oxirigacha ichasan,
Uni chil–chil sindirasan.
Koʻksingni yulib, faryod qilasan.
Bularni Men, Egang Rabbiy, aytdim.
35Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen Meni unutib, Menga orqa oʻgirganing uchun, fohisha va suyuqoyoq boʻlganing uchun jazo tortasan.»”
Ikki opa–singil timsolidagi Samariya va Quddusni Xudo jazolaydi
36Egamiz menga dedi: “Ey inson, sen Oxola va Oxoliboni hukm qilishga tayyormisan? Tayyor boʻlsang, ularning jirkanch odatlarini yuzlariga sol. 37Axir, ular zino qildilar, qonli jinoyatlarga qoʻl urdilar. Butlari bilan zino qilib, Mendan koʻrgan bolalarini oʻsha butlarga taom nazri sifatida qurbonlik qilib, olovda kuydirdilar ▼▼ …bolalarini oʻsha butlarga taom nazri sifatida qurbonlik qilib, olovda kuydirdilar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …bolalarini oʻsha butlarga taom nazri sifatida (olovdan) oʻtkazdilar. Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi.
. 38Bundan tashqari, oʻsha vaqtning oʻzidayoq muqaddas maskanimni harom qildilar, Mening Shabbat kunlarimni bulgʻadilar. 39Bolalarini butlarga atab soʻygan kuni muqaddas maskanimga kirib, uyimni harom qildilar! 40Ular uzoq yurtlarga choparlar joʻnatib, erkaklarni oʻz huzuriga chorladilar. Ular yetib kelganlarida, bu opa–singillar yuvinib–tarandilar, koʻzlariga surma surdilar, taqinchoqlar bilan bezanib oldilar. 41Dasturxon tuzalgan serhasham supaga oʻtirdilar. Oʻsha dasturxon ustiga Mening xushboʻy tutatqimni va moyimni qoʻydilar. 42Xonalaridan aysh–ishrat qilayotgan erkaklarning ovozi kelar edi. Sahrodan kelgan bu mayxoʻr qalangʻi–qasangʻilar ▼▼ bu mayxoʻr qalangʻi–qasangʻilar — yoki bu qalangʻi–qasangʻilar Savoliklar bilan birga. Savoliklar koʻchmanchi qabila boʻlib, janubdan — Arabiston yarim orolidan kelgan boʻlishi mumkin.
opa–singillarning qoʻllariga bilaguzuklar taqdilar, boshlariga chiroyli tojlar kiydirdilar. 43Shunda men: «Bu ayollar fohishalik qilaverib, holdan toyganlar. Nahotki kelganlar ularning bu ahvolini koʻra turib, ular bilan jinsiy aloqa qilishsa?!» deb oʻyladim ichimda. 44Kelgan erkaklar bu suyuqoyoqlar bilan birga boʻlishdi. Ular, fohishaning oldiga kirganday, qayta–qayta Oxola va Oxoliboning oldiga kiraverishdi. 45Solih odamlar esa bu ikki opa–singilni zinokorlik va qotillikda ayblaydilar, chunki opa–singillar zinoga ruju qoʻyib, qoʻllarini qonga beladilar. 46Oxola va Oxoliboga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sizlarga qarshi bir olomonni yigʻib kelaman. Ular sizlarni azoblab, bor–yoʻgʻingizni tortib oladilar. 47Sizlarni toshboʻron qilib, tanalaringizni nimtalab tashlaydilar, oʻgʻil–qizlaringizni oʻldiradilar, uylaringizga oʻt qoʻyadilar. 48Shu yoʻsin Men yurtdagi bu behayolikka chek qoʻyaman. Buni koʻrgan boshqa ayollar oʻzlari uchun saboq oladilar, bunday behayolikni boshqa qilmaydigan boʻladilar. 49Sizlar oʻz behayoligingiz tufayli jabr tortasizlar, gunohkor butparastligingizning jazosini olasizlar. Oʻshanda Egangiz Rabbiy Men ekanligimni bilasizlar.»”
Copyright information for
UznUzbL