Ezekiel 29
Misr haqida bashorat
1Surgun boʻlgan paytimizning oʻninchi yili oʻninchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning oʻninchi yili oʻninchi oyi — miloddan oldingi 588 yilning oʻninchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi.
oʻn ikkinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Misr firʼavniga yuzlan. Unga va butun Misr xalqiga qarshi bashorat qilib ayt: 3«Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Misr firʼavni, Men senga qarshiman. Sen Nil havzalarida choʻzilib yotgan bamisoli buyuk ajdarhodirsan. Sen: ‘Nil daryosi mening shaxsiy mulkim, uni oʻzim uchun yaratganman’, deb aytasan. 4Ammo Men jagʻlaringga ilmoqlar solaman. Teringdagi tangachalaringga baliqlarni ▼▼ baliqlar — firʼavnning aʼyonlari yoki qoʻl ostidagilari nazarda tutilgan. Ular firʼavn bilan birga hukm qilinadilar.
yopishtiraman. Seni tangachalaringga yopishgan baliqlar bilan birga quruqlikka tortib chiqaraman. 5Men seni va havzalaringdagi hamma baliqlarni sahroga uloqtirib tashlayman. Sen ochiq maydonda yotasan. Seni olib, koʻmadigan odam boʻlmaydi. Men seni dasht hayvonlariyu osmon qushlariga yem qilib beraman. 6Shunda butun Misr xalqi Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Sen xalqim Isroil uchun qamish hassaday boʻlding. 7Ular seni ushlaganda, sen yorilib, qoʻllarini kesib yubording. Senga suyanganlarida sinib, bellarini chiqarib yubording ▼▼ …bellarini chiqarib yubording — yoki …yiqilishlariga sababchi boʻlding.
. 8Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda: Men sening boshingga qilich keltiraman, odamu hayvonlaringni qilich tigʻidan oʻtkazaman. 9Butun Misr yurtini tashlandiq xarobazorga aylantiraman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Sen: ‘Nil meniki, men oʻzim uni yaratdim’, deb aytganing uchun, 10Men senga va sening barcha havzalaringga qarshi chiqaman. Butun Misr yurtini tamomila xarob qilaman. Migdoldan tortib, to Savanaygacha va janubdagi Habashiston ▼▼ Habashiston — ibroniycha matnda Kush. Bu joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi.
hududigacha hamma yerlarini tashlandiq qilaman. 11Odam u yerga oyogʻini bosmaydi, hayvonlar ham u yerdan yurmaydi. Qirq yil mobaynida u yerda hech kim yashamaydi. 12Men Misr yurtini dunyodagi eng xarob yurtga aylantiraman. U yerdagi shaharlar qirq yil mobaynida tashlandiq boʻlib yotadi, vayronalari boshqa shaharlardan battar boʻladi. Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman.» 13Firʼavnga yana ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: qirq yil oʻtgach, Men xalqlar orasiga tarqatib yuborgan Misrliklarni yigʻib olaman. 14Ularni yana farovonlikka erishtirib, oʻz ona yurti Patroʻsga ▼▼ Patroʻs — Misr janubiy hududining qadimgi nomi.
olib kelaman. Ularning shohligi ojiz bir shohlik boʻladi. 15Ha, ular dunyoning eng ojiz shohligi boʻlib, hech qachon boshqa xalqlardan ustun boʻla olmaydi. Men ularni shu qadar zaif qilib qoʻyamanki, ular oʻz hukmini boshqa xalqlarga oʻtkaza olmay qoladi. 16Xalqim Isroil endi hech qachon oʻz umidini Misrga bogʻlamaydi. Ular Misrdan yordam soʻrab, gunoh qilganlarini doimo eslarida tutadilar. Oʻshanda Misrliklar Egangiz Rabbiy Men ekanligimni bilib oladilar.»” Shoh Navuxadnazar Misrni bosib oladi
17Surgun boʻlgan paytimizning yigirma yettinchi yili birinchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning yigirma yettinchi yili birinchi oyi — miloddan oldingi 571 yilning birinchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi.
birinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 18“Ey inson, Bobil shohi Navuxadnazar Tirga qarshi shiddatli urush olib bordi ▼▼ …Navuxadnazar Tirga qarshi shiddatli urush olib bordi… — miloddan oldingi 586 yilda Navuxadnazar Tir shahrini qamal qildi (26:7-14 ga qarang). Qamal oʻn uch yil davom etdi.
. Bobil lashkarining sochlari toʻkilib, yelkalari shilinib yalligʻlandi. Ammo qilgan mehnatlariga yarasha ular Tirdan hech qanday oʻlja ololmadilar. 19Shu bois Misr yurtini Bobil shohi Navuxadnazarga beraman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — U Misrni talon–taroj qilib, u yerdagi boyliklarni oʻzi bilan olib ketadi. Misr boyliklari Bobil lashkari uchun mehnat haqi boʻladi. 20Ha, Men Misr yurtini Bobil shohiga mehnat haqi qilib berdim, chunki u va uning lashkari Mening xizmatimni qildilar, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 21— Oʻsha kuni Men Isroil xalqining qudratini tiklayman ▼▼ …Men Isroil xalqining qudratini tiklayman — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …Men Isroil xalqidan shox oʻstirib chiqaraman. Eski Ahdda buqaning shoxi koʻpincha koʻchma maʼnoda ishlatilib, kuchli hukmdorga yoki harbiy qudratga ishora qilgan.
. Bu soʻzlarimni xalqimga yetkazishing uchun Men senga kuch beraman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
Copyright information for
UznUzbL