Ezekiel 30
Misr haqida marsiya
1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Misr haqida bashorat qilib ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda:Shoʻrimiz qursin, evoh!3Dahshatli kun yaqinlashdi,
Mening gʻazab kunim ▼
▼ Mening gʻazab kunim — ibroniycha matnda Egamizning kuni, Eski Ahddagi paygʻambarlar bitiklarida bir necha marta uchraydigan ibora. Koʻpincha bu ibora Xudo beradigan jazoga ishora qiladi. Bu ibora yana qiyomat kunidagi Xudoning hukmiga nisbatan ham ishlatiladi. Oʻsha kuni Xudo Oʻz dushmanlari ustidan gʻalaba qozonadi va ularni jazolaydi, Oʻziga sodiq qolganlarga esa orom bagʻishlaydi, ularga tinchlik va qut–barakalar ato qiladi.
kelishiga oz qoldi.Mana shu kun bulutli kun boʻladi,
Xalqlar kulfat chekadigan zamon boshlanadi.
4Misrning boʻgʻziga qilich keladi,
Habashiston ▼
▼ Habashiston — ibroniycha matnda Kush (shu bobning 5, 9–oyatlarida ham bor). 29:10 izohiga qarang.
kulfat azobida qoladi.Misrda koʻp odamlar halok boʻladi,
Uning boyligi olib ketiladi,
Poydevori buzib tashlanadi.
5Habashiston, Liviya, Lidiya ▼
▼ Liviya, Lidiya — ibroniycha matnda bu yurtlarning qadimgi nomlari: Fut, Lud. Lidiya hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan edi.
, butun Arabiston, Kub ▼▼ Kub — yoki Lub (Noxum 3:9 ga va oʻsha oyatning ikkinchi izohiga qarang).
va Misrning qolgan barcha ittifoqchilari jangda halok boʻladilar. 6Egamiz aytmoqda: Misr ittifoqchilarining ustiga qirgʻin keladi. Ular qilich tigʻidan halok boʻlib, jasadlari shimoldagi Migdoldan to janubdagi Savanaygacha yotadi. Misrning magʻrur qudrati halok boʻladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 7— Misr dunyoning eng xarob yurtiga aylanadi, u yerdagi shaharlar vayron boʻladi. 8Men Misrga oʻt qoʻyib, uning madadkorlarini tor–mor qilaman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar. 9Oʻsha kuni xotirjam yashayotgan Habashistonliklarni qoʻrqitish uchun Men kemalarda elchilarimni joʻnataman. Misr ustiga kulfat tushgan kuni Habashistonliklar azobda qoladilar. Mana, oʻsha kun hademay keladi. 10Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men Bobil shohi Navuxadnazar orqali Misrning toʻdasini yakson qilaman. 11Navuxadnazar qoʻshin tortib keladi. Ular oʻtaketgan yovuz xalqdir. Ular butun yurtni xarob qiladilar. Misrliklarni qilichdan oʻtkazib, yurtni jasadlarga toʻldiradilar. 12Men Nil havzalarini quritaman, yurtni razil odamlarning qoʻliga beraman. Kelgindilarning qoʻli bilan Misrni va u yerdagi hamma narsani xarob qilaman. Bularni Men aytdim. 13Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men barcha butlarni yoʻq qilaman, Nuf ▼▼ Nuf — Memfis nomi bilan ham maʼlum. Memfis shahri Misr shimoliy hududining markazi boʻlib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham boʻlgan edi.
maʼbudalariga chek qoʻyaman. Misr yurtida bironta hukmdor qolmaydi, Misrliklarni qoʻrquv qamrab oladi. 14Men Patroʻsni ▼▼ Patroʻs — Misr janubiy hududining qadimgi nomi.
tashlandiq joyga aylantiraman. Zoʻvan shahriga oʻt qoʻyaman, Misr poytaxti Noʻni ▼▼ Noʻ — Fiva nomi bilan ham maʼlum. Fiva shahri Misr janubiy hududining markazi boʻlib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham boʻlgan edi.
jazolayman. 15Misrning mustahkam Sin qalʼasini gʻazabimga giriftor qilaman, poytaxt shahar Noʻning toʻdasini qirib tashlayman. 16Butun Misr yurtiga oʻt qoʻyaman! Sin aholisi cheksiz azobda qoladi, Noʻ shahrining devori yiqitiladi, dushmanlar kuppa–kunduzi Nuf shahriga hujum qiladi. 17On ▼▼ On — Geliopol nomi bilan ham maʼlum.
va Pi–Bashat ▼▼ Pi–Bashat — Bubast nomi bilan ham maʼlum.
yigitlari jangda halok boʻlishadi, shaharlar aholisi asirlikka tushadi. 18Men Misrning hukmronligini yoʻq qilganimda, uning pesh qilgan qudratini sindirganimda, Taxpanxas shahri qorongʻilikka botadi, uni qora bulutlar qoplab oladi. Shahar atrofidagi qishloqlar asirlikka tushadi. 19Shu yoʻsin Men Misrni jazolayman. Oʻshanda ular Egasi Men ekanimni bilib oladilar.»” Firʼavnning singan qoʻli haqida bashorat
20Surgun boʻlgan paytimizning oʻn birinchi yili birinchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning oʻn birinchi yili birinchi oyi — miloddan oldingi 587 yilning birinchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Nison oyi nazarda tutilgan (Nison oyi Abib oyi deb ham ataladi). Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan martning oʻrtasidan boshlanadi.
yettinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 21“Ey inson, Men Misr firʼavnining qoʻlini sindirdim. Hech kim uning qoʻlini bogʻlamadi, taxtakachlab qoʻymadi. Endi uning qoʻli shifo topmaydi, qilich ushlashga qodir boʻlmaydi. 22Men firʼavnga qarshiman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Uning ikkala qoʻlini — sogʻ qoʻlini ham, singan qoʻlini ham sindiraman. Qoʻlidagi qilichni yerga tushirib yuboraman. 23Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. 24Bobil shohining kuchiga esa kuch qoʻshib, qoʻllariga qilichimni tutqazaman. Ha, Men firʼavnning qoʻllarini sindiraman, u dushmani oldida ogʻir yaralangan odam kabi ingraydi. 25Uning qoʻllari arqonday osilib qoladi, Bobil shohining qoʻllarini esa Men kuchli qilaman. Uning qoʻllariga qilichimni tutqazib, Misrga qarshi yuboraman. Shunda Egasi Men ekanligimni Misrliklar bilib oladilar. 26Ha, Men Misrliklarni xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, boshqa yurtlarga quvib yuboraman. Oʻshanda Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
Copyright information for
UznUzbL