Ezekiel 37
Qurigan suyaklar vodiysi
1Egamizning qudrati meni qamrab oldi. Egamizning Ruhi meni koʻtarib, vodiyning oʻrtasiga qoʻydi. Vodiy suyaklarga toʻla edi. 2Ruh meni vodiydagi bir dunyo suyaklar orasida aylantirib yurdi. Suyaklar qurib ketgan edi. 3Ruh menga: — Ey inson, bu suyaklar tirilishi mumkinmi? — deb savol berdi. — Yo Egam Rabbiy, bunisi yolgʻiz Oʻzingga ayon, — deb javob berdim men. 4Soʻng U menga shunday dedi: — Suyaklarga bashorat qilib ayt: “Ey qurigan suyaklar, Egamizning soʻzini eshiting! 5Egam Rabbiy sizlarga shunday demoqda: Men sizlarga nafas ▼▼ nafas — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz ruh va shamol maʼnolarini ham ifodalaydi (shu bobning 6, 8, 9, 10, 14–oyatlarida ham bor).
beraman, sizlar tirilasizlar. 6Ustingizni payu mushaklar bilan qoplab, teri tortaman, sizlarga hayot nafasini puflab, sizlarni tiriltiraman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.” 7Egamiz menga amr qilganiday, men Uning bu soʻzlarini bashorat qilib aytdim. Bashorat qilayotganimda birdaniga qulogʻimga taraq–turuq ovozlar chalindi, suyaklar birlasha boshladi. 8Qarasam, suyaklar payu mushaklar bilan qoplandi, soʻng ustilariga teri tortildi. Biroq tanalarda hanuz nafas yoʻq edi. 9Egamiz menga shunday dedi: — Endi shamolga ▼▼ shamol — shu bobning 5–oyati izohiga qarang.
shunday buyruq ber: “Ey shamol, Egamiz Rabbiy aytmoqda: har tomondan esib, bu oʻlik tanalarga hayot nafasini pufla, ularni tiriltir.” 10Men Egamizning aytganini qildim. Shamol tanalarning ichiga kirib, odamlarni tiriltirdi. Ular turganlarida buyuk bir olomonni tashkil qilishdi. 11Keyin Egamiz menga shunday dedi: — Ey inson, butun Isroil xalqi mana shu suyaklarga oʻxshaydi. Ular: “Suyaklarimiz qurib ketdi, kelajakdan hech qanday umid yoʻq”, deb nola qilishadi. 12Shuning uchun xalqimga bashorat qilib ayt: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: «Ey xalqim Isroil, Men qabrlaringizni ▼▼ qabrlaringiz — xalqning Bobildagi surgun paytiga ishora.
ochib, sizlarni u yerdan chiqaraman. Soʻng sizlarni oʻz yurtingiz — Isroilga qaytarib olib boraman. 13Oʻshanda sizlar Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 14Mening Ruhim ▼▼ Ruh — shu bobning 5–oyati izohiga qarang.
sizlarga hayot nafasini puflab, sizlarni tiriltiradi. Men sizlarni ona yurtingizga olib borib, u yerda oʻrnashtiraman. Oʻshanda Men, Egangiz, aytgan gaplarimni amalga oshirganimni sizlar bilib olasizlar.» Egamizning kalomi shudir.” Yahudo bilan Isroil bir shohlik boʻladi
15Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 16“Ey inson, bir tayoq olib, uning ustiga «Yahudo shohligi» ▼▼ «Yahudo shohligi» — ibroniycha matnda «Yahudo va Isroil xalqidan Yahudoga tegishli boʻlganlar». Bu yerda Hizqiyol janubiy shohlikni nazarda tutgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi YAHUDO soʻziga qarang.
deb yoz. Soʻng boshqa bir tayoq olib, uning ustiga «Isroil shohligi» ▼▼ «Isroil shohligi» — ibroniycha matnda «Yusuf va unga tegishli Isroil xalqidan boʻlganlar, yaʼni Efrayimni bildiruvchi tayoq». Bu oʻrinda Hizqiyol shimoliy shohlikni nazarda tutgan. Yusufning oʻgʻli Efrayim — Efrayim qabilasining asoschisi boʻlgan. Bu qabila Isroilning shimoliy qismidagi eng katta va nufuzli qabila boʻlgani bois, Eski Ahdning baʼzi oʻrinlarida Efrayim degan nom Isroilga, yaʼni shimoliy shohlikka nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi EFRAYIM soʻziga qarang.
deb yoz. 17Keyin ikkala tayoqning uchlarini bir qoʻlingda shunday qilib ushlaginki, ular bir tayoqday boʻlib koʻrinsin. 18Odamlar sendan: «Bu bilan bizga nima demoqchisan?» deb soʻraganlarida, 19ularga shunday deb javob ber: «Egamiz Rabbiy demoqda: Men Isroil shohligini bildiruvchi tayoqni ▼▼ Isroil shohligini bildiruvchi tayoq — ibroniycha matnda Yusufni va unga tegishli Isroil qabilalarini bildiruvchi tayoq, yaʼni Efrayimning qoʻlidagi tayoq. Shu bobning 16–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang.
olaman. Uni Yahudo shohligining tayogʻi bilan birlashtiraman. Ikkala tayoqni bitta qilib, qoʻlimda ushlayman.» 20Qoʻlingdagi tayoqlarni hamma koʻradigan boʻlsin, 21soʻng xalqqa ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men har yoqqa tarqalib ketgan xalqimni oʻzga xalqlar orasidan yigʻib olaman. Ularni oʻz yurtlariga olib kelaman. 22Ularni oʻsha yurtda yagona bir xalq qilaman. Ha, Isroil togʻlarida ulardan yagona davlat yarataman. Ustilaridan bir shoh tayinlayman, ular hech qachon ikki shohlikka ajralmaydilar. 23Butlar va makruh xudolar tufayli oʻzlarini bulgʻamaydilar, gunohdan oʻzlarini pok saqlaydilar. Men ularni sadoqatsizlik aybidan xalos etaman ▼▼ Men ularni sadoqatsizlik aybidan xalos etaman — koʻplab ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Ular gunoh qilib yashagan hamma maskanlardan Men ularni xalos qilaman.
. Dillarini poklab tozalayman. Shunda ular Mening xalqim boʻladi, Men esa ularning Xudosi boʻlaman. 24Qulim Dovud ularning shohi boʻladi. Ha, hammasini bir choʻpon boshqaradi. Ular qonun–qoidalarimga rioya qilib, farmonlarimni bitta qoldirmay bajarishadi. 25Men qulim Yoqubga bergan yerda ular yashaydilar, ajdodlari oʻtgan yurtda istiqomat qiladilar. Bola–chaqalari va butun avlodi oʻsha yurtda abadiy oʻrnashadi. Qulim Dovudning sulolasi ularga to abad hukmronlik qiladi. 26Men ular bilan tinchlik ahdini tuzaman. Bu mangu bir ahd boʻladi. Men ularga baraka beraman, koʻpaytiraman. Maʼbadimni ularning orasida abadiy oʻrnashtiraman. 27Ular orasida maskan quraman, Men ularning Xudosi, ular esa Mening xalqim boʻladilar. 28Men maskanimni ular orasida abadiy oʻrnashtirganimda, Isroil xalqini muqaddas qiladigan Egasi Men ekanligimni xalqlar bilib oladilar.»”
Copyright information for
UznUzbL