‏ Ezekiel 8

Maʼbaddagi butparastlik

1Surgun boʻlgan paytimizning oltinchi yili oltinchi oyining
Surgun boʻlgan paytimizning oltinchi yili oltinchi oyi — miloddan oldingi 592 yilning oltinchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Elul oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan avgustning oʻrtasidan boshlanadi.
beshinchi kunida Yahudo oqsoqollari meni koʻrgani uyimga kelishdi. Men ular bilan oʻtirganimda, Egam Rabbiyning qudrati meni qamrab oldi.
2Qarasam, inson qiyofasidagi bir kishi turibdi. Oʻsha kimsaning belidan pastki qismi olovday chaqnar edi. Yuqori qismi esa sayqallangan misday nur taratib turar edi. 3U qoʻlga oʻxshash bir uzvini uzatib, meni sochimdan tutdi. Soʻng Ruh meni zamin uzra koʻtardi–da, Xudoning mana shu vahiysida Quddus shahriga olib ketdi. U meni Maʼbadning ichki hovlisidagi shimoliy darvozaning
shimoliy darvoza — Yuqori darvoza nomi bilan ham maʼlum edi (9:2 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
oldida turgan katta bir but oldiga olib bordi. Bu but Xudoning rashkini qoʻzgʻatardi.
4Oʻsha yerda Isroil Xudosining ulugʻvorligi bor edi. Men bunday vahiyni vodiyda ham koʻrgan edim
Men bunday vahiyni vodiyda ham koʻrgan edim — 3:22-23 ga qarang.
.

5Xudo menga shunday dedi: “Ey inson, shimol tomonga nazar tashla.” Men shimol tomonga nazar tashladim. Xudoning rashkini qoʻzgʻatadigan oʻsha but qurbongoh yonidagi darvozaning kiraverishida turardi. 6Shunda Xudo menga dedi: “Ey inson, xalqimning qilmishini koʻrdingmi? Ular bu yerda jirkanch ishlarni qilib, Meni muqaddas maskanimdan haydab yubormoqchilar. Qani yur, Men senga bundan battarini ham koʻrsataman.”

7U meni Maʼbadning tashqi hovlisi kiraverishiga olib bordi. Qarasam, devorda bir teshik bor ekan. 8U menga dedi: “Ey inson, qani boʻl, devordagi teshikni kattalashtir.” Men devordagi teshikni kattalashtirdim, shunda bir eshikka duch keldim. 9Xudo menga dedi: “Ichkariga kir. Bu yerda qilinayotgan oʻtaketgan jirkanch ishlarni oʻz koʻzing bilan koʻrib qoʻy.” 10Men ichkariga kirdim. Devorlarning hamma yogʻiga sudralib yuruvchi jonivorlarning va harom hayvonlarning
harom hayvonlar — Levilar 11–bobga qarang.
rasmlari hamda Isroil xalqi sigʻinadigan barcha butlarning tasvirlari solingan edi.
11Tasvirlarning oldida Isroil xalqining yetmishta oqsoqoli turgan edi. Shofon oʻgʻli Yazaniyo ham oʻshalarning orasida edi. Har birining qoʻlida bittadan olovkurak bor edi. Olovkuraklardan yonayotgan tutatqilarning xushboʻy tutuni koʻtarilardi. 12Xudo dedi: “Ey inson, Isroil oqsoqollarining butlarga toʻla qorongʻi xonada nima qilayotganini koʻrdingmi? Ular shunday deydilar: «Egamiz bizni koʻrmayapti, U yurtimizni tark etgan.»” 13Soʻng Xudo yana dedi: “Qarab tur, Men senga bundan ham battarrogʻini koʻrsataman.”

14Keyin Egamiz meni uyining shimoliy darvozasi yoniga olib bordi. U yerda xotinlar oʻtirib, xudo Tammuz uchun qaygʻurib yigʻlayotgan edilar
…xudo Tammuz uchun qaygʻurib yigʻlayotgan edilar — butparast xalqning eʼtiqodi va tasavvuriga koʻra, bu xudo oʻsimliklar xazon boʻlgan paytda oʻlib, keyingi yil tabiat uygʻonganda tirilardi. Har yili ayollar bu xudoga aza tutib, qaygʻu marosimini oʻtkazishardi va shu orqali uni hayotga qaytarmoqchi boʻlishardi.
.
15Shunda Xudo dedi: “Ey inson, buni koʻrdingmi?! Men senga bundan ham battarrogʻini koʻrsataman.”

16Egamiz meni uyining ichki hovlisiga olib kirdi. Uyning kiraverishida, ayvon va qurbongoh orasida yigirma besh nafar kishi turar edi. Ular Maʼbadga orqasini oʻgirib, sharqdan chiqayotgan quyoshga sajda qilayotgan edilar. 17Egamiz menga shunday dedi: “Ana koʻrdingmi, inson? Yahudo xalqining mana shu yerda qilayotgan jirkanch ishlari yetmasmidi?! Ular butun yurtni zoʻravonlikka toʻldirmoqdalar, qayta–qayta qahrimni keltirmoqdalar. Meni haqorat qilayotganlarini
Meni haqorat qilayotganlarini… — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Daraxt shoxini burunlariga olib borayotganini…. Boshqa xudolarga atalgan marosimlarda bajariladigan harakatga yoki Egamizga nisbatan haqoratomuz qiliqqa ishora boʻlishi mumkin. Boshqa xudolarga sigʻinish Egamizning nazarida Unga nisbatan oʻta hurmatsizlikni va haqoratni bildirardi.
bir koʻrib qoʻy!
18Shuning uchun Men ularning ustiga gʻazabimni sochaman. Ularga achinmayman, rahm qilmayman. Ovozlari boricha Menga xitob qilishsa ham, ularga quloq solmayman.”
Copyright information for UznUzbL