Ezekiel 17
Burgutlar va uzum haqida matal
1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Isroil xalqiga quyidagi bir matalni aytib ber. 3Ularga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bahaybat, baroq patli, chipor bir burgut ▼▼ burgut — Bobil shohi Navuxadnazar nazarda tutilgan (shu bobning 12–oyatiga qarang).
ulkan qanotlarini keng yoyib, Lubnon togʻlariga uchib keldi. U sadr daraxtining ▼▼ sadr daraxti — Lubnon togʻlarida oʻsadigan bu sadr daraxtlari dunyoning oʻsha hududidagi eng katta daraxt turlaridan edi.
uchini ushlab, 4uchidagi bir shoxchasini sindirib oldi. Soʻng uni savdogarlar shahriga olib borib, u yerga oʻtqazdi. 5Keyin Isroil yurtidan olib kelgan tok qalamchasini unumdor yerga ekdi. Uni serob suvlar boʻyiga majnuntolday oʻtqazdi. 6Qalamcha unib, yerda yoyilgan sernovda uzum tokiga aylandi. Uning novdalari burgut tomon choʻzildi, tagidagi ildizlari yerga chuqur yoyildi. U tokka aylandi, novdalari gurkirab oʻsdi, barra yaproqlar chiqardi. 7Keyin boshqa bahaybat bir burgut ▼▼ boshqa…burgut — Misr shohi nazarda tutilgan (shu bobning 15–oyatiga qarang).
uchib keldi. Bu ulkan qanotli burgut qalin pat bilan qoplangan edi. Shunda tok, kelgan burgut meni sugʻorar, deya oʻsgan joyidan ildizlarini burgut tomon choʻzdi, novdalarini u tomon uzatdi. 8Ammo tok allaqachon serob suvlar boʻyidagi unumdor yerda oʻsayotgan edi. U unib chiqqan edi, moʻl hosil berishga, koʻrkam uzum toki boʻlib yetishishga imkoniyati bor edi.» 9Isroil xalqiga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: bu tok endi gurkirab oʻsarmikan?! Tokni ekkan burgut uni ildizi bilan sugʻurib tashlamaydimi?! Uzumlarini uzib, barra yaproqlarini quritib yubormaydimi?! Ha, tokni sugʻurib tashlash uchun katta kuch yoki qudratli lashkar kerak emas. 10Bordi–yu, tokni boshqa bir joyga koʻchirib oʻtqazsa, u yana koʻkararmikan?! Yoʻq, garmsel ▼▼ garmsel — hosilga katta ziyon keltiradigan issiq shamol.
uni batamom qovjiratib yuboradi–ku. Tok oʻsgan joyida soʻlib qoladi–ku.»” Matalning maʼnosi
11Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 12“Bu isyonkor Isroil xalqiga shunday deb ayt: «Matalning maʼnosini tushundingizmi? Men sizlarga maʼnosini aytib beray: Bobil shohi Quddusga bostirib keldi, u yerdagi shohu ▼▼ u yerdagi shoh — shoh Yohayixin nazarda tutilgan (4 Shohlar 24:8-16 ga qarang).
aʼyonlarni oʻzi bilan Bobilga olib ketdi. 13– 14Soʻng shoh oilasiga mansub boʻlgan bir kishini ▼▼ shoh oilasiga mansub boʻlgan bir kishi — shoh Yohayixinning amakisi Zidqiyo nazarda tutilgan. Bobil shohi Navuxadnazar uni Yohayixinning oʻrniga shoh qilib tayinlagan edi (4 Shohlar 24:17 ga qarang).
tanladi. Unga qasam ichdirib, u bilan bir sulh tuzdi. Isroil xalqi itoatkor boʻlsin, isyon koʻtarmasin, sulhga rioya qilgani uchun omon qolsin deb, Bobil shohi yurtdagi barcha nufuzli odamlarni oʻzi bilan olib ketdi. 15Ammo yangi tanlangan Isroil shohi ▼▼ Isroil shohi — Zidqiyo nazarda tutilgan (4 Shohlar 24:18-20 ga hamda Yeremiyo 37:5 ga va oʻsha oyatning birinchi izohiga qarang).
Bobilga qarshi isyon koʻtardi. U Misr shohi huzuriga choparlar joʻnatdi, undan koʻmak uchun otlaru lashkar soʻradi. U muvaffaqiyat qozonarmikan?! Bunday ish qilgan odam jazosiz qolarmikan?! Sulhni buzgan kishi jazodan qochib qutularmikan?! 16Men, Egangiz Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, bunday shoh Bobilda jon beradi. Garchi Bobil shohi uni taxtga chiqargan boʻlsa–da, u Bobil shohi bilan tuzgan sulhni buzdi, ichgan qasamini nazar–pisand qilmadi. 17Shu sababdan Bobil shohi Quddusdagi koʻp odamlarni qatl qilish uchun shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi ▼▼ …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi… — 4:2 izohiga qarang.
, qamal inshootlarini ▼▼ qamal inshootlari — 4:2 izohiga qarang.
qurdiradi. Shunda Isroilga hatto firʼavnning qudratli lashkari ham yordam bera olmaydi. 18Chunki Isroil shohi ichgan qasamidan qaytdi, tuzgan sulhni buzdi. U Bobil shohiga soʻz bergan boʻlsa–da, ana shu ishlarni qildi! Mana endi u qochib qutula olmaydi! 19Shuning uchun Men, Egangiz Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, ahdimni buzgan, Mening nomim bilan ichgan qasamidan qaytgan bu odam jazosiz qolmaydi. 20Men uning ustiga toʻr tashlayman, uni Oʻz tuzogʻimga tushiraman. Menga xiyonat qilgani uchun uni Bobilga olib borib, u yerda adabini beraman. 21Uning qochayotgan jangchilari qilichdan halok boʻladilar, omon qolganlari dunyoning toʻrt tomoniga tarqalib ketadilar. Shunda sizlarga bu soʻzlarni aytgan Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Xudoning umidbaxsh vaʼdasi
22Men, Egangiz Rabbiy, aytamanki, baland sadr daraxtining uchidan nozik bir novdani ▼▼ nozik bir novda — Dovud avlodidan kelib chiqadigan shoh nazarda tutilgan. Yana Ishayo 11:1, Zakariyo 3:8 ga qarang.
olaman. Ulkan toqqa chiqib, uni oʻtqazaman. 23Ha, Isroil togʻining ▼▼ Isroil togʻi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. Quddusdagi Maʼbad qurilgan tepalik Sion togʻi deb atalgan. Eski Ahddagi sheʼriy parchalarda va paygʻambarlar bitiklarida Sion soʻzi koʻpincha Quddus shahriga nisbatan ishlatilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi SION soʻziga qarang.
choʻqqisiga ekaman. Novda butoq chiqarib, hosilga kiradi, koʻrkam sadr daraxti boʻlib yetishadi. U yerda har xil qushlar yashaydi, turli parrandalar daraxtning shoxlari soyasida panoh topadi. 24Ana oʻshanda dashtdagi hamma daraxtlar Egangiz Men ekanligimni bilib oladi. Zotan, ulkan daraxtlarni yiqitadigan Menman. Past daraxtlarni baland qilib, oʻstiradigan ham Menman. Koʻkarib turgan daraxtni qovjiratadigan ham, qovjiragan daraxtni koʻkartiradigan ham Menman. Bularni Men, Egangiz, aytdim! Aytganlarimning hammasini Oʻzim amalga oshiraman.»”
Copyright information for
UznUzbL