Ezekiel 20
Isyonkor Isroil
1Surgun boʻlgan paytimizning yettinchi yili beshinchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning yettinchi yili beshinchi oyi — miloddan oldingi 591 yilning beshinchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Av oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan iyulning oʻrtasidan boshlanadi.
oʻninchi kunida ayrim Isroil oqsoqollari Egamizga maslahat solmoqchi boʻlib, oldimga keldilar. Ular roʻparamga oʻtirdilar. 2Shunda Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 3“Ey inson, Isroil oqsoqollariga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sizlar hali Menga maslahat solmoqchi boʻlib keldingizlarmi?! Men barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman!» 4Ey inson, kelgan bu odamlarni sen hukm qilishga tayyormisan? Qani, ularga ota–bobolarining qilgan jirkanch odatlari haqida gapirib ber–chi. 5Ularga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men Isroil xalqini tanlab, Misrda ularga Oʻzimni tanitgan edim. Oʻshanda Men ularga, Egangiz Xudo boʻlaman, deb ont ichgandim. 6Ularni Misrdan olib chiqishga, ular uchun tanlab qoʻygan eng ulugʻvor yurtga — sut va asal oqib yotgan yurtga ▼▼ sut va asal oqib yotgan yurt — nihoyatda hosildor yerni bildiruvchi ibora. Moʻl–koʻl sut — mol uchun koʻm–koʻk yaylovlarning koʻpligini bildiradi. Asal — xurmodan olinadigan quyuq, shirin murabboga ishora boʻlishi mumkin. Murabboning moʻlligi yaxshi hosil beradigan yerni bildiradi.
olib borishga ont ichgan edim. 7Oʻshanda ularga aytgan edim: ‘Har biringiz, koʻzingizni quvontirgan makruh butlaringizni yoʻqotinglar. Misr butlariga sigʻinib oʻzingizni bulgʻamanglar. Egangiz Xudo Menman.’ 8Ammo ular Menga qarshi isyon koʻtardilar. Gapimga quloq solmadilar. Birontasi ham makruh butini tashlamadi, Misr xudolaridan ular voz kechmadilar. Shunda Men qahru gʻazabimni Misrdayoq ularning ustiga yogʻdirmoqchi boʻldim. 9Ammo shaxtimdan qaytdim. Isroil atrofida yashagan xalqlar oldida badnom boʻlishni istamadim. Chunki Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqib, oʻsha xalqlar oldida Oʻzimni tanitgan edim. 10Shuning uchun Men Isroil xalqini Misrdan olib chiqdim, sahroga boshlab bordim. 11U yerda ularga farmonlarimni berdim, qonun–qoidalarimni bildirdim. Zotan, qonun–qoidalarimga rioya qilgan har qanday kishi yashaydi. 12Men ularga Shabbat kunlarimni Oʻzim va ular orasidagi alomat qilib berdim. Toki ularni muqaddas qiladigan Egasi Men ekanligimni bilishsin. 13Ammo ular sahroda ham Menga qarshi isyon koʻtardilar. Farmonlarimni bajarmadilar, qonun–qoidalarimni rad etdilar. Oʻshalarga rioya qilgan kishi yashagan boʻlardi. Ular Shabbat kunlarimni ham bulgʻadilar. Shunda Men sahroda ularning ustiga gʻazabimni yogʻdirib, yoʻq qilib yubormoqchi boʻldim. 14Ammo Isroilni Misrdan olib chiqqanimni koʻrgan xalqlar oldida badnom boʻlmasligim uchun shaxtimdan qaytdim. 15Shunday boʻlsa–da, ularni dunyodagi eng ulugʻvor yurtga, sut va asal oqib yotgan yurtga olib bormayman, deb sahroda ont ichdim. 16Ular qonun–qoidalarimni rad etgan edilar, farmonlarimni bajarmagan edilar, Shabbat kunlarimni bulgʻagandilar. Qoʻyingki, qalblarini butlarga bagʻishlagan edilar. 17Shunga qaramay, Men ularga achindim, sahroda qirilib ketishlariga yoʻl qoʻymadim. 18Men ularning farzandlariga shunday deb uqtirdim: ‘Ota–bobolaringiz yoʻlidan yurmanglar, ularning odatlariga taqlid qilmanglar, butlari bilan oʻzingizni bulgʻamanglar. 19Men Egangiz Xudoman. Mening farmonlarimga rioya qilinglar, qonun–qoidalarimni bitta qoldirmay bajaringlar. 20Shabbat kunlarimni muqaddas deb bilinglar, chunki bular oramizdagi alomatdir. Shunda Egangiz Xudo Men ekanligimni bilib olasizlar.’ 21Ammo farzandlari ham Menga qarshi isyon koʻtardilar. Qonunlarimga rioya qilgan kishi yashagan boʻlardi. Ammo ular farmonlarimni bajarmadilar, qonun–qoidalarimga rioya qilmadilar. Shabbat kunlarimni bulgʻadilar. Shunda Men sahroda ularning ustiga gʻazabimni yogʻdirmoqchi boʻldim. 22Ammo Isroilni Misrdan olib chiqqanimni koʻrgan xalqlar oldida badnom boʻlmasligim uchun Oʻzimni tiydim. 23Shunday boʻlsa–da, Men sahroda ont ichdim: sizlarni boshqa yurtlarga quvib yuboraman, xalqlar orasiga tarqatib tashlayman, deb aytdim. 24Chunki ular qonun–qoidalarimni buzdilar, farmonlarimni rad etdilar, Shabbat kunlarimni bulgʻadilar, koʻngillari ota–bobolarining butlarini tusadi. 25Men ularga yomon qonunlarni, hayot uchun yaroqsiz qoidalarni berdim. 26Ularni oʻzlari keltirgan nazrlari bilan bulgʻadim. Toʻngʻich bolalarini qurbonlik qilib, olovda kuydirishlariga yoʻl qoʻyib berdim ▼▼ Toʻngʻich bolalarini qurbonlik qilib, olovda kuydirishlariga yoʻl qoʻyib berdim — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi Toʻngʻich bolalarini (olovdan) oʻtkazishlariga yoʻl qoʻydim (shu bobning 31–oyatida ham bor). Butparast xalqlarga xos boʻlgan bu jirkanch odat Xudoning nazarida oʻtaketgan qabihlik edi.
. Ularni xonavayron qilish uchun shunday qildim, toki ular Egasi Men ekanligimni bilib olishsin.» 27Shuning uchun, ey inson, Isroil xalqiga ayt: «Egamiz Rabbiy demoqda: sizlarning ota–bobolaringiz Menga xiyonat qilib, shak keltirar edilar. 28Men, beraman, deb ont ichgan yurtga ularni olib kirganimdan soʻng, ular koʻziga koʻringan har bir baland tepalik ustida, har bir yashil daraxt ostida oʻz xudolariga qurbonliklar keltirar edilar. Meni qattiq gʻazablantirar edilar! Oʻsha xudolariga xushboʻy tutatqilar tutatib, sharobni nazr qilardilar. 29Men ulardan: ‘Sizlar oʻsha xudolarga sajda qilish uchun qayerga borasizlar?’ deb soʻradim. Ular menga: ‘Sajdagohlarga ▼▼ Sajdagoh — ibroniycha matnda Bamax, yaʼni “Tepalik”. 6:3 izohiga qarang.
boramiz’, deb javob berdilar. Shu sababdan oʻsha joylar bugungi kungacha Bamax ▼▼ Bamax — bu oyatda soʻz oʻyini ishlatilgan. Ibroniy tilida bamax soʻzi “tepalik”, yaʼni “sajdagoh” maʼnosini bildiradi. Soʻroq gapda ishlatilgan ohangdosh ibroniycha soʻzlar esa max ba, yaʼni “ular qayerga boryaptilar?” degan maʼnoni anglatadi.
deb atalmoqda.» Xudoning jazosi va kechirimi
30Shunday ekan, Isroil xalqiga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sizlar ham, ota–bobolaringiz singari, oʻzlaringizni bulgʻamoqchimisizlar?! Menga bevafolik qilib, makruh butlarga sigʻinmoqchimisizlar?! 31Sizlar butlarga nazrlar keltiryapsizlar. Bolalaringizni qurbonlik qilib, olovda kuydiryapsizlar. Bunday jirkanch qilmishlar bilan bugunga qadar bulgʻanib kelyapsizlar. Shunday ekan, qanday qilib Mendan maslahat soʻrashga jurʼat etdingiz?! Men, Egangiz Rabbiy, barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, sizlarga hech qanday maslahat bermayman. 32Sizlar ichingizda: ‘Boshqa xalqlarga oʻxshasak edi, yogʻoch va toshga sigʻinadigan ellarday boʻlsak edi’, deb niyat qilasizlar. Ammo bu niyatingiz amalga oshmaydi. 33Men barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, cheksiz qudratim, ajoyibotlarim va alangali gʻazabim bilan sizlarga hukmronlik qilaman. 34Sizlar begona xalqlar orasiga tarqalib ketdingiz, Men sizlarni oʻsha yurtlardan olib chiqaman. Qudratim, ajoyibotlarim va alangali gʻazabim bilan sizlarni yigʻib olaman. 35Sizlarni xalqlardan uzoqqa, sahroga olib boraman. U yerda hammangizni yuzma–yuz hukm qilaman. 36Ota–bobolaringizni Misr sahrosida ▼▼ Misr sahrosi — Sinay sahrosiga ishora.
qanday hukm qilgan boʻlsam, sizlarni ham xuddi shunday hukm qilaman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 37— Sizlarni choʻponning tayogʻi bilan saralayman, ahdimga boʻysunishga majbur qilaman. 38Menga qarshi gunoh qilgan isyonkor odamlarni orangizdan yoʻq qilaman. Sizlar musofir boʻlib yurgan yurtdan oʻsha isyonkorlarni chiqarib yuboraman. Ammo Isroil yurtiga ular kirmaydilar. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 39Ey Isroil xalqi, Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Menga quloq solishni xohlamasangiz, yoʻqolinglar! Har biringiz butlaringizga sigʻinib yuraveringlar! Ammo nazrlaru butlaringiz bilan Meni badnom qila koʻrmanglar. 40Zero, ey Isroil, butun xonadoning faqat Mening muqaddas togʻimda, Isroilning baland togʻida ▼▼ …muqaddas togʻim…Isroilning baland togʻi… — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 17:23 izohiga qarang.
, oʻsha yurtda Menga sajda qiladi, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Oʻsha yerda sizlarni qabul qilaman. Hadyalaru aʼlo inʼomlaringizni, muqaddas tortiqlaringizni keltirishni buyuraman. 41Sizlar boshqa yurtlarga tarqalib ketgan boʻlsangiz–da, Men sizlarni yigʻib olaman, xalqlar orasidan olib chiqaman. Xushboʻy tutatqining muattar hididan mamnun boʻlganday, sizlardan mamnun boʻlaman. Barcha xalqlarning koʻzi oldida Oʻz muqaddasligimni orangizda namoyon qilaman. 42Ota–bobolaringizga ont ichib vaʼda qilgan Isroil yurtiga sizlarni olib kirganimda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 43Shunda sizni bulgʻagan qabih ishlaringizni, tutgan yoʻllaringizni eslab, oʻzingizdan oʻzingiz hazar qilasizlar. 44Men sizning egri yoʻllaringizga, qabih ishlaringizga koʻra, ish tutmayman. Oʻz nomim haqi, sizlarga yaxshilik qilaman. Shunda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»” Janubdagi yongʻin
45Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 46“Ey inson, janubga yuzlanib, Nagavdagi oʻrmonga qarshi ▼▼ …janubga…Nagavdagi oʻrmonga qarshi… — Yahudo yurti va Quddus shahri nazarda tutilgan (21:2 ga qarang).
bashorat qilgin. 47Janubdagi bu oʻrmonga ayt: «Egamizning soʻzini eshit! Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men sening har bir daraxtingni, koʻkarganini ham, quriganini ham yondirib yoʻq qilaman. Avj olgan alangani hech kim oʻchira olmaydi. Bu alanga janubdan shimolgacha boʻlgan yer yuzini kuydirib tashlaydi. 48Bu olovni Men, Egang, yondirganimni butun dunyo koʻradi. Hech kim uni oʻchira olmaydi.»” 49Shunda men yolvorib, dedim: “Yo Egam Rabbiy, bu odamlar menga: «Hadeb matallar bilan gapiraverasanmi?» deb aytishmoqda.”
Copyright information for
UznUzbL