Ezekiel 24
Iflos qozon
1Surgun boʻlgan paytimizning toʻqqizinchi yili oʻninchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning toʻqqizinchi yili oʻninchi oyi — miloddan oldingi 589 yilning oʻninchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi.
oʻninchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, bu kunning sanasini yozib qoʻy, chunki Bobil shohi bugun Quddusni qamal qildi ▼▼ …Bobil shohi bugun Quddusni qamal qildi — 4 Shohlar 25:1 ga qarang.
. 3Bu isyonkor xalqimga matal soʻzlab ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: oʻchoqqa oʻt yoqing, qozonga suv quying. 4Qozon ichiga eng yaxshi goʻshtlardan — son va yelka goʻshtlaridan soling, ilikli suyaklar bilan qozonni toʻldiring. 5Suruvning sara qoʻchqoridan soʻying, oʻchoqqa koʻproq oʻtin ▼▼ oʻtin — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi suyaklar.
yigʻing, qozondagi suvni qaynating, goʻshtu suyaklarni obdan pishiring. 6Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: qotillar shahri Quddusning holiga voy! Bu shahar qasmoqli qozon kabidir, uning qasmogʻi ketmaydigan boʻlib qolgan. Qani, qozonni bir chekkadan boʻshating, qoʻlingizga nima ilinsa, olib ketavering. 7Shahar ichida qotillik qilindi, odamlarning qoni qoyatoshga toʻkildi. Oʻsha qon yerga toʻkilganda edi, tuproq bilan koʻmilib ketardi. 8Men qonni oʻsha qoya ustida qoldirdim, uni yashirib boʻlmaydi. Men uni koʻrganimda gʻazabim alanga oladi, u Meni qotillardan qasos olishga undaydi. 9Shuning uchun Egamiz Rabbiy aytmoqda: qotillar shahri Quddusning holiga voy! Men Oʻzim oʻtinni baland qilib uyaman. 10Qani, koʻproq shox–shabbalarni yigʻayin, katta olov yoqayin! Goʻsht obdan pishsin, shoʻrvasi qaynab yoʻq boʻlsin ▼▼ …shoʻrvasi qaynab yoʻq boʻlsin — yoki …ziravorlar qoʻshilsin.
. Suyaklar esa olovda yonib kuyib ketsin. 11Qozonni boʻshatayin, koʻmir ustiga qoʻyayin! Temir qozonni qizarguncha qizdirayin. Ichidagi iflosliklari erib ketsin, qasmoqlari olovda kuyib, yoʻq boʻlsin. 12Eh, Oʻzimni behuda urintiribman. Qozonning qalin qasmogʻi ketmadi. Uni qasmogʻi bilan olovga tashlanglar! 13Ey Quddus, sen behayoliging bilan oʻzingni bulgʻading. Men seni tozalab koʻrdim, ammo sen haromligingcha qolding. Endi ustingga Oʻz qahrimni sochmagunimcha sen poklanmaysan. 14Men, Egang, shunday dedim. Aytganlarimni amalga oshiradigan vaqt keldi. Endi Oʻzimni tutib turmayman. Senga achinmayman, Oʻz shaxtimdan qaytmayman. Tutgan yoʻllaringga, qilgan qilmishlaringga yarasha seni jazolayman. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»” Hizqiyolning xotini olamdan oʻtadi
15Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 16“Ey inson, Men oʻlat yuborib, seni koʻzing quvonchidan judo qilaman. Ammo sen aza tutma, faryod qilma, koʻz yosh toʻkma. 17Ingragan tovush chiqarma, oʻlgan aziz odaming uchun motam tutma. Sallangni yechma, oyoq yalang yurma. Yuzingni yopma, taʼziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yema.” 18Ertalab men xaloyiqqa gapirdim. Oʻsha kuni kechqurun esa mening xotinim olamdan oʻtdi. Ertasi kuni men Xudoning aytganini qildim. 19Odamlar mendan: — Nimaga bunday qilyapsan? Bu bilan bizga biron narsa aytmoqchimisan? — deb soʻradilar. 20Men ularga shunday javob berdim: — Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qilib, 21Isroil xalqiga shu gaplarni aytib qoʻyishimni buyurdi: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda: faxrlanadigan qoʻrgʻoningiz, koʻzingiz quvonchi, yuragingiz orzusi boʻlmish muqaddas maskanimni Men harom qildiraman. Quddusda qolgan oʻgʻil–qizlaringiz qilichdan halok boʻladi. 22Shunda Hizqiyol nima qilgan boʻlsa, sizlar ham shuni qilasizlar. Sizlar yuzingizni yopmaysizlar, taʼziyaxonalarda yeyiladigan ovqatdan yemaysizlar, 23sallangizni yechmaysizlar, oyoq yalang yurmaysizlar, aza tutmaysizlar, faryod qilmaysizlar. Gunohlaringiz sizlarni adoyi tamom qiladi, dardingizni bir–biringizga ingrab aytasizlar. 24Hizqiyol sizlar uchun bir alomat boʻladi, u hozir nima qilayotgan boʻlsa, sizlar ham shuni qilasizlar. Oʻsha vaqt kelganda bu ishlarni Men, Egangiz Rabbiy, qilganimni bilib olasizlar.” 25Egamiz menga shunday dedi: “Ey inson, Men xalqimning qoʻrgʻonini, zavqu shuhratini, koʻz quvonchi, yurak orzusi boʻlmish Maʼbadni vayron qilgan kunim oʻgʻil–qizlarini ham qirdirib tashlayman. 26Qirgʻindan qochib qutulgan bir odam oʻsha kuni yoningga keladi. U boʻlib oʻtgan voqealarni senga soʻzlab beradi. 27Shunda sen yana tilga kirasan ▼▼ …sen yana tilga kirasan — 3:26-27, 33:21-22 ga qarang.
. Kelgan oʻsha odam bilan gaplashasan, boshqa sukut saqlamaysan. Xullas, xalqim uchun bir alomat boʻlasan, shunda Egangiz Men ekanligimni ular bilib oladilar.”
Copyright information for
UznUzbL