‏ Ezekiel 25

Ommon xalqi haqida bashorat

1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Ommon
Ommon — bu yurt Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi.
xalqiga yuzlan, ularga qarshi bashorat qil.
3Ommon xalqiga ayt: «Egamiz Rabbiyning soʻzlarini eshiting! Egamiz Rabbiy shunday demoqda: muqaddas maskanim harom qilinganda, Isroil yurti xarob boʻlganda, Yahudo xalqi surgun qilinganda, sizlar: ‘Aha!’ deya xursand boʻlgan edingizlar. 4Shuning uchun Men sizlarni sharqdagi koʻchmanchilar qoʻliga topshiraman. Ular yurtingizda qarorgohlar qurib, chodirlarini tikadilar, hosilingizni yeb, sutingizni ichadilar. 5Men poytaxtingiz Rabbani tuyalar uchun dashtga aylantiraman. Butun yurtingizni qoʻylar uchun qoʻra qilaman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.

6Egamiz Rabbiy shunday deb aytmoqda: sizlar yuragingizdagi butun gʻaraz bilan Isroilning baxtsizligidan sevindingizlar, chapak chalib, sakrab oʻynadingizlar. 7Shu qilganingiz uchun Men qoʻlimni sizlarga qarshi koʻtaraman. Sizlarni boshqa xalqlarga oʻlja qilib beraman. Xalqlar orasidan sizlarni yoʻq qilib, yurtingizni yer yuzidan supurib tashlayman. Oʻshanda Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.»”

Moʻab xalqi haqida bashorat

8Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Moʻab
Moʻab — bu yurt Oʻlik dengizning sharqida joylashgan edi.
xalqi
Moʻab xalqi — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Moʻab va Seir xalqlari. Seir Edom yurtining yana bir nomi edi, Seir nomi ibroniycha matndagi mazkur bashoratda (shu bobning 8-11–oyatlarida) boshqa ishlatilmagan. Edom xalqi haqida bashorat shu bobning 12-14–oyatlarida berilgan.
: «Yahudo xalqining boshqa xalqlardan hech qanday farqi yoʻq», deb aytgani uchun,
9Men Moʻabning gʻarbiy qanotini ochib tashlayman, yurtning gavharlari Bayt–Yashimoʻt, Baal–Miyon, Xiratayim shaharlarini vayron qilaman. 10Moʻabni Ommon xalqi singari, sharqdagi koʻchmanchilarning qoʻliga beraman. Ommon xalqi yer yuzidan yoʻq boʻlib ketadi, 11Men Moʻab xalqini ham jazolayman. Shunda ular Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”

Edom xalqi haqida bashorat

12Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Edom
Edom — bu yurt Oʻlik dengizning janubida joylashgan edi.
xalqi Yahudodan oʻch olib, katta gunoh qildi.
13Shu sababdan Men ularga qarshi qoʻlimni koʻtarib, Edom yurtini vayron qilaman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Odamu hayvonlarini qirib tashlayman. Temon shahridan tortib, to Dedon shahrigacha
Temon shahri…Dedon shahri… — Edom xalqining jamiki yerlarini tasvirlashning bir yoʻli, yaʼni shimoldan janubgacha degan maʼnoda kelgan. Temon — Edom yurtining shimolida, Dedon Edomdan janubi–sharqda joylashgan edi.
boʻlgan hammani qilichdan oʻtkazaman.
14Xalqim Isroil orqali Edomdan qasos olaman. Ular orqali qahru gʻazabimni Edomliklar ustiga sochaman. Shunda Edom xalqi qasosim nima ekanligini bilib oladi.” Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.

Filistlar haqida bashorat

15Egamiz Rabbiy shunday demoqda: “Asrlar davomida Filistlar
Filistlar — Isroil yurtidan gʻarbda, Oʻrta yer dengizi boʻyida yashagan xalq.
adovat qilib, xalqimdan oʻch oldilar. Xalqimni xonavayron qilish maqsadida, yuraklaridagi gʻarazga berilib, ulardan qasos oldilar.
16Shu sababdan Men Filist yurtiga qarshi qoʻlimni koʻtaraman, Xaret xalqini
Xaret xalqi — oʻsha vaqtda Filistlar shu nom bilan ham atalardi. Bu nom Krit soʻzidan olingan boʻlishi mumkin. Filistlarning ajdodlari Krit orolidan kelgan edilar (Yeremiyo 47:4, Amos 9:7 ga va oʻsha oyatlarning ikkinchi izohiga qarang).
yoʻq qilaman, sohilda qolganlarning hammasini qirib yuboraman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy.
17— Men ulardan dahshatli qasos olaman, gʻazabim ustida ularni jazolayman. Oʻshanda Egasi Men ekanligimni bilib oladilar.”
Copyright information for UznUzbL