Ezekiel 26
Tir shahri haqida bashorat
1Surgun boʻlgan paytimizning oʻn birinchi yili ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning oʻn birinchi yili — miloddan oldingi 587 yil (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang).
, oyning birinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, mana, Tir ▼▼ Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi. Shaharning bir qismi qoʻrgʻon boʻlib, bu qoʻrgʻon kichkina orolda, dengiz qirgʻogʻidan uzoq boʻlmagan joyda qurilgan edi.
Quddus haqida shunday deb aytmoqda: «Aha! Xalqlarning savdo darvozasi buzildi. Menga keng yoʻl ochildi. Endi u vayron boʻlganda, men boyib ketaman.» 3Shuning uchun Tirga ayt: «Egamiz Rabbiy demoqda: Men senga qarshiman! Men koʻplab xalqlarni senga qarshi yigʻaman, ular dengiz toʻlqinlari kabi senga yopiriladilar. 4Shahringning devorlarini buzib, minoralaringni qulatadilar. Men tuprogʻingni supurib tashlayman, seni yalangʻoch bir toshloq holiga keltiraman. 5Dengiz oʻrtasidagi bu orolda ▼▼ bu orol — shu bobning 2–oyati izohiga qarang.
baliqchilar toʻrlarini yoyib quritadigan boʻladilar. Axir, bularni Men aytdim. Shahring xalqlarga oʻlja boʻladi. 6Senga qarashli sohildagi hamma qishloqlar ahli qilichdan oʻtkaziladi. Oʻshanda Egang Men ekanligimni sen bilib olasan. 7Egamiz Rabbiy demoqda: senga qarshi eng buyuk shohni — Bobil yurtining hukmdori Navuxadnazarni qoʻzgʻataman. U sening ustingga shimoldan otlaru jang aravalarini, suvorilaru katta lashkarni tortib keladi. 8Bobil shohi senga qarashli barcha qishloqlaringni qilichdan oʻtkazadi. Shahar atrofiga qamal inshootlarini ▼▼ qamal inshootlari — 4:2 izohiga qarang.
qurdiradi, shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi ▼▼ …shahar devoriga qiyalatib tuproq uydiradi… — 4:2 izohiga qarang.
, senga qarshi qalqonlarini oʻrnatadi. 9Devorteshar qurollar bilan devorlaringga zarba beradi. Boltalar bilan minoralaringni buzadi. 10Devoridan teshik ochilgan shaharga odamlar bostirib kirganday, Bobil shohi sening darvozalaringdan bostirib kiradi. Suvorilarining, gʻildiragu jang aravalarining shovqinidan devorlaring titraydi. Son–sanoqsiz otlarining koʻtargan changi seni qoplab oladi. 11Otlarining tuyoqlari hamma koʻchalaringni toptaydi. Odamlaring qilichdan yiqiladi, ulkan ustunlaring yer bilan yakson boʻladi. 12Dushman boyliklaringni talab ketadi, mollaringni oʻlja qilib oladi. Devorlaringni yiqitadi, hashamatli uylaringni vayron qiladi, toshlari, yogʻochlari, hatto tuprogʻini ham dengizga uloqtiradi. 13Men qoʻshiqlaringga chek qoʻyaman. Arfangning navolari ham eshitilmaydigan boʻladi. 14Men seni yalangʻoch bir toshloqqa aylantiraman, baliqchilar toʻrlarini quritadigan bir yer boʻlasan. Hech kim shahringni qayta qurmaydi. Axir, bularni Men aytdim. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.» 15Yana Tirga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: shahringda qirgʻin boʻlganda, yaradorlar ingraganda, qulashingning shovqinidan sohildagi barcha xalqlarni titroq bosadi. 16Dengiz boʻyidagi saltanatlarning shohlari taxtlaridan tushib, zar choponu naqsh solingan liboslarini yechishadi. Ular vahimaga burkanib, yerga oʻtirishadi. Boshingga kelgan kulfatdan dahshatga tushib, toʻxtovsiz titrashadi. 17Ular sen haqingda shunday marsiya kuylashadi:‘Ey dong taratgan dengizchilar shahri,Naqadar vayron boʻlib ketding–a!
Sen va sening aholing dengiz qudrati edingiz,
Sohildagi barcha xalqlarni dahshatga solar edingiz.
18Sen qulagan kuning sohillarni titroq bosdi,
Halokatingdan dengizdagi orollar sarosimaga tushdi.’
19Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Tir, Men seni huvullagan xarobazorga aylantiraman. Dengiz tubidagi ulkan suvlar bilan vayronalaringni qoplayman. 20Seni goʻrga ▼
▼ goʻr — Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi.
, qadimda oʻtib ketgan odamlar oldiga tushiraman. Sen yer osti saltanatida yashaysan, abadiy vayronalar orasidagi marhumlarga hamroh boʻlasan. Tiriklar dunyosiga hech qachon qaytib kelmaysan, obod boʻlib ilgarigi mavqeingga erishmaysan. 21Ha, Men boshingga dahshatli oʻlim keltiraman, seni yoʻq qilaman. Seni qidirganlar hech qachon topa olmaydilar. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”
Copyright information for
UznUzbL