Ezekiel 27
Tir shahri haqida marsiya
1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Tir ▼▼ Tir — 26:2 izohiga qarang.
haqida bir marsiya kuyla. 3Dengiz boʻyidagi yurtlar bilan savdo–sotiq qiladigan, dengiz darvozasida oʻrnashgan Tir shahriga ayt:«Egamiz Rabbiy shunday demoqda:Ey Tir, sen: ‘Goʻzallikda barkamolman’, deding.
4Ha, sening chegaralaring dengiz bagʻridan oʻtgan,
Quruvchilaring goʻzalligingni barkamol qilgan.
5Xermon togʻidagi ▼
▼ Xermon togʻi — ibroniycha matnda Sanir togʻi, Xermon togʻining qadimgi nomi (Qonunlar 3:9 ga qarang).
archa yogʻochidan qurilganUlkan bir kemaday eding sen.
Quruvchilaring machtangni yasash uchun
Lubnondan keltirilgan sadr yogʻochini ▼
▼ Lubnondan keltirilgan sadr yogʻochi — 17:3 ning ikkinchi izohiga qarang.
ishlatdilar.6Eshkaklaringni Bashan emanlaridan yasadilar.
Kema sahnini Kipr ▼
▼ Kipr — ibroniycha matnda Kittim, Kiprning qadimgi nomi.
qaragʻaylaridan qildilar,Fil suyagi bilan uni bezatdilar.
7Yelkanlaring Misrdan keltirilgan naqshli matolardan edi,
Ular senga bayroq boʻlib xizmat qilardi.
Elishox qirgʻoqlaridan olib kelingan
Koʻk va safsar gazlamalar soyaboning edi.
8Sidon va Arvod ▼
▼ Sidon va Arvod — Sidon Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar edi. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu shahar Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi. Arvod shahri ham, Tir shahri singari, orolda qurilgan boʻlib, Sidondan shimolda, Oʻrta yer dengizining qirgʻogʻiga yaqin joyda joylashgan edi.
odamlari eshkaklaringni eshar edi,Oʻz mohir odamlaring esa kemalaringni boshqarar edi.
9Gabollik ▼
▼ Gabol — Bibl nomi bilan ham maʼlum. Bu shahar Oʻrta yer dengizi boʻyida, Sidon shahridan shimolda joylashgan edi.
tajribali kemasozlaring bor edi,Ular kemangning yoriqlarini saqichlardi.
Barcha kemalaru dengizchilar kelib,
Sening mollaringni sotib olishar edi.
10Fors, Lidiya va Liviya ▼
▼ Fors, Lidiya va Liviya — ibroniycha matnda bu yurtlarning qadimgi nomlari: Faras, Lud va Fut. Lidiya hozirgi Turkiyaning sharqida joylashgan edi.
yurtlarining askarlariSaflaringda xizmat qilar edi.
Qalqonu dubulgʻalarini devorlaringga osib,
Seni salobatli qilishar edi.
11Arvod va Xelekdan ▼
▼ Xelek — Kilikiya yurtining yana bir nomi boʻlishi mumkin. Bu yurt hozirgi Turkiyaning janubida, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi.
kelgan odamlarDevorlaringda soqchilik qilishardi,
Gamadliklar minoralaringni qoʻriqlashardi.
Devorlaringga qurollarini osib,
Goʻzalligingni barkamol qilishardi.
12Sening boyliklaring shu qadar koʻp ediki, hatto Tarshish ▼
▼ Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bu bandargoh shahar oʻzining katta va haybatli kemalari bilan mashhur edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang.
aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Ular kumush, temir, qalay va qoʻrgʻoshinni mollaringga ayirboshlashardi. 13Yunonlar ▼▼ Yunonlar — ibroniycha matnda Yovon, oʻsha vaqtda Yunon xalqi shu nom bilan ham atalardi.
, Tuval va Meshex ▼▼ Tuval va Meshex — bu xalqlar hozirgi Turkiya hududida yashagan.
xalqlari sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Mollaring evaziga qullarni va bronza buyumlarni berishar edi. 14Toʻxarmoliklar ▼▼ Toʻxarmo — bu yurt hozirgi Turkiya hududida joylashgan edi.
aravaga qoʻshiladigan otlarni, jang otlariyu xachirlarini mollaringga almashtirishardi. 15Roʻdon ▼▼ Roʻdon — qadimiy yunoncha tarjimadan. Ibroniycha matnda Dedon, Arabiston yarim orolining shimoli–gʻarbida joylashgan shahar va uning atrofidagi hudud. Roʻdon oroli Oʻrta yer dengizida, hozirgi Turkiyaning janubi–gʻarbiy chegarasini tashkil qilgan qirgʻoq yaqinida joylashgan edi. Geografik jihatdan mazkur oʻringa toʻgʻri keladi.
xalqi sen bilan savdo–sotiq qilar edi. Dengiz sohilidagi koʻp yurtlar sening xaridorlaring edi. Ular fil suyagi va obnus yogʻochini ▼▼ obnus yogʻochi — qimmatbaho qora yogʻoch.
senga toʻlov sifatida berishardi. 16Mollaring behisob boʻlgani uchun Oram ▼▼ Oram — ibroniycha matndan. Baʼzi ibroniy qoʻlyozmalarida va qadimiy suryoniycha tarjimada Edom.
xalqi ham sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga qimmatbaho firuza toshlarni, safsar matolarni, naqsh solingan gazlamalarni, mayin zigʻir matolarini, marjonu yoqutlarni olib kelardi. 17Yahudo va Isroil yurtlari sen bilan oldi–sotdi qilishardi. Ular mollaring evaziga Minnitdan keltirilgan bugʻdoyni, shuningdek, shirinliklar, asal, zaytun moyi va mumiyo olib kelishardi. 18Sening cheksiz boyliklaring, turli xil mollaring tufayli, Damashq aholisi sen bilan savdo–sotiq qilardi. Mollaring evaziga ular Xelbon ▼▼ Xelbon — Damashqdan qariyb 20 kilometr shimolda joylashgan edi.
sharobini va oppoq yungni ▼▼ oppoq yung — yoki Zaxardan keltirilgan yung.
olib kelishardi. 19Uzol shahridan sharob keltirib ▼▼ Uzol shahridan sharob keltirib… — yoki Uzol shahridan Dan va Yovon xalqlari…. Oʻsha vaqtda Yunon xalqi Yovon deb ham atalardi.
, sen bilan oldi–sotdi qilishardi. Ishlov berilgan toza temirni, dolchin va xushboʻy qamishni mollaringga almashtirishardi. 20Dedonliklar ▼▼ Dedonliklar — 25:13 izohiga qarang.
senga ot terligini ▼▼ ot terligi — egar ostiga qoʻyiladigan yoki egar oʻrnida ishlatiladigan mato.
sotishar edi. 21Qoʻzichoq, qoʻchqor va echkilar bilan seni taʼminlagan Arabiston va Kedar ▼▼ Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar.
shahzodalari mollaringni xarid qilishardi. 22Shava va Ramo ▼▼ Shava va Ramo — Arabiston yarim orolida joylashgan yurtlar.
savdogarlari sen bilan savdo–sotiq qilishardi. Mollaring evaziga eng aʼlo ziravorlarni, qimmatbaho toshlaru oltinni berishardi. 23Xoron, Xannox va Eden shaharlari hamda Shava, Oshur va Xilmad ▼▼ …Xoron, Xannox…Eden…Oshur va Xilmad… — bu beshta shahar Mesopotamiyada, yaʼni Dajla va Furot daryolari orasidagi hududda joylashgan edi. Qadimiy yunoncha tarjimada Shava (Arabiston sahrosining bir yurti) bu roʻyxatga kiritilmagan.
savdogarlari sen bilan savdo–sotiq qilishardi. 24Ular qimmatbaho liboslar, koʻk matolar, naqsh solingan koʻylaklar, rang–barang gilamlar, puxta eshilgan arqonlarni senga sotishardi. 25Tarshish ▼▼ Tarshish — shu bobning 12–oyati izohiga qarang.
kemalari karvonlaring boʻlib xizmat qilardi.Sen dengizda suzgan bir kemadaydirsan,Ogʻir yuk senga yuklangan.
26Evoh, eshkakchilaring seni ochiq dengizga olib chiqishadi.
Sharq shamoli seni dengiz bagʻrida parchalab yuboradi.
27Kemang halokatga uchragan kuni
Mollaring, boyliklaring,
Dengizchilaring, dargʻalaring,
Kemasozlaring, savdogarlaring,
Jangchilaring va kemadagi odamlaring
Dengiz tubiga choʻkib, halok boʻladilar.
28Choʻkayotgan dargʻalaring faryod qiladi,
Dodlari sohillarni larzaga soladi.
29Hamma eshkakchilar kemalarini tark etadi,
Dengizchilaru dargʻalar sohilga chiqib oladi.
30Ular sen uchun faryod qiladi,
Achchiq–achchiq koʻz yoshlar toʻkadi.
Boshlaridan tuproq sochadi,
Kulga belanib, yotib oladi.
31Seni deb sochlarini qirdiradi,
Qanorga oʻranib oladi ▼
▼ …sochlarini qirdiradi, Qanorga oʻranib oladi… — 7:18 izohiga qarang.
,Qaygʻudan yurak–bagʻri qon boʻladi.
32Ular yigʻlab, sen haqingda marsiya kuylaydi:
‘Tir kabi bironta shahar bormi?!
Dengiz uni oʻz qaʼriga tortib ketdi.’
33Sen dengiz ortidan keltirgan mollaring bilan,
Koʻplab xalqlarning ehtiyojini qondirding.
Cheksiz ziynatlaru mollaring bilan
Dunyo shohlarini sen boyitding.
34Endi esa dengiz seni parchaladi,
Oʻz domiga seni tortib ketdi.
Barcha mollaringu dengizchilaring
Sen bilan birga nobud boʻldi.
35Sohildagi xalqlar kulfatingni koʻrib, dahshatga tushadi.
Qoʻrquvdan shohlarning afti burishib ketadi.
36Ahvolingdan dunyo savdogarlari yoqasini ushlaydi.
Ha, sening boshingga dahshatli oʻlim keldi,
Sen abadiy yoʻq boʻlasan.»”
Copyright information for
UznUzbL