‏ Ezekiel 3

1U menga shunday dedi:

— Ey inson, Men senga berayotgan bu oʻrama qogʻozni
oʻrama qogʻoz — 2:9 izohiga qarang.
olib yegin. Soʻng Isroil xalqining oldiga borib, aytganlarimni ularga yetkaz.

2Men ogʻzimni ochdim, U menga oʻsha oʻrama qogʻozni yegani berdi. 3U menga dedi:

— Qogʻozning hammasini yeb, qorningni toʻygʻaz.

Men qogʻozni yedim, uning taʼmi asalday shirin edi.
4U menga yana shunday dedi:

— Ey inson, endi borib, Isroil xalqiga Mening gaplarimni ayt.
5Men seni qiyin va murakkab tilda gapiradigan xalq oldiga emas, balki Isroil xalqi oldiga yuboryapman. 6Agar Men seni tili tushunarsiz boʻlgan koʻp xalqlar oldiga yuborganimda edi, ular senga albatta quloq solishgan boʻlar edi. 7Ammo Isroil xalqi senga quloq solmaydi, ular hatto Menga ham quloq solishmaydi. Ha, bu xalq qaysar va oʻjardir. 8Mana qara, Men seni ular kabi qaysar va oʻjar qilaman. 9Sening boshing toshday qattiq, qayroqtoshdan ham qattiqroq boʻladi. Ular isyonkor xalq boʻlsa–da, sen ulardan choʻchima, dahshatga tushma.

10U gapida davom etib shunday dedi:

— Ey inson, senga aytadigan gapimni ikki qulogʻing bilan yaxshilab eshitib, hammasini dilingga tugib olgin.
11Soʻng surgundagi yurtdoshlaring oldiga bor. Ular senga quloq soladimi, yoʻqmi, ularga: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda”, deb gaplarimni yetkaz.

12Ruh meni koʻtardi. Shunda men orqadan kelayotgan qattiq gumburlagan tovushni eshitdim. Oʻsha tovush: “Egamizning ulugʻvorligini Uning makonida madh qilinglar”, deb aytayotgan edi
Shunda…deb aytayotgan edi — yoki Egamizning ulugʻvorligi joyidan koʻtarilayotganda men orqadan kelayotgan qattiq gumburlagan tovushni eshitdim.
.
13Men jonli mavjudotlarning bir–biriga ishqalangan qanotlarining tovushini va yonlaridagi gʻildiraklarning guldurosini eshitdim. 14Ruh meni boshqa yoqqa olib ketdi. Men achchiqlanib, jahlim chiqa boshladi. Egamizning qudrati meni qamrab olgan edi. 15Men Kavor daryosining boʻyidagi Tel–Ovuvda yashayotgan surgundagilarning oldiga bordim. Oʻsha yerda yetti kun davomida oʻzimga kela olmay gangib oʻtirdim.

Hizqiyolni Egamiz soqchi qilib tayinlaydi

16Yetti kundan keyin Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi:

17— Ey inson, Men seni Isroil xalqiga soqchi qilib tayinladim. Ogʻzimdan chiqqan har bir gapimni ularga aytib, ogohlantirasan. 18Agar Men fosiqqa: “Sen albatta oʻlasan”, deb aytsam–u, sen esa oʻsha odamni bu haqda ogohlantirmasang, hayotini saqlab qolay deb, uni fosiqlik yoʻlidan qaytarmasang, oʻsha odam oʻz gunohi uchun
…oʻz gunohi uchun… — yoki …oʻz gunohida… (shu bobning 19, 20–oyatlarida ham bor).
oʻladi. Biroq uning oʻlimi uchun Men seni javobgar qilaman.
19Agarda sen fosiqni ogohlantirsang–u, u esa fosiqlik yoʻlidan qaytmasa, u oʻz gunohi uchun oʻladi, sen esa oʻz joningni asrab qolgan boʻlasan. 20Agar solih kishi yomon yoʻlga kirib, gunohga qoʻl ursa, Men uning oyogʻiga toʻgʻonoq solaman, u qoqilib yiqiladi
…Men uning oyogʻiga toʻgʻonoq solaman, u qoqilib yiqiladi — koʻchma maʼnodagi gap boʻlib, Xudoning hukmiga ishora qiladi. Odamlar Xudodan yuz oʻgirib, gunoh qilishga mukkasidan ketganlarida, gunoh oʻsha odamlarning yoʻlida toʻsiq toshday boʻladi. Ular oʻsha toshga qoqilib, halokat va tanazzulga yuz tutadilar. Yana 7:19, 14:3, 4, 7, 18:30 ga va oʻsha oyatlarning izohlariga qarang.
. Bordi–yu, sen oʻsha odamni ogohlantirmasang, u nobud boʻladi. Men uning qilgan savob ishlarini esga olmayman, u oʻzining gunohi uchun oʻladi. Uning oʻlimi uchun esa seni javobgar qilaman.
21Bordi–yu, sen solih kishini yomon yoʻldan qaytarsang, u senga quloq solgani uchun yashaydi. Sen esa oʻz joningni asrab qolgan boʻlasan.

Hizqiyol tildan qoladi

22Egamiz menga Oʻz qudratini ato etib, shunday dedi:

— Qani, tur, vodiyga tush. Men sen bilan oʻsha yerda gaplashaman.

23Men turib, vodiyga tushdim. Egamizning ulugʻvorligi menga zohir boʻldi. Men u yerda koʻrgan Egamizning ulugʻvorligi xuddi Kavor daryosi boʻyida koʻrgan ulugʻvorlikka oʻxshar edi
…xuddi Kavor daryosi boʻyida koʻrgan ulugʻvorlikka oʻxshar edi — 1:1-28 ga qarang.
. Men muk tushdim.

24Ruh vujudimga kirib, meni oyoqlarimga turgʻizib qoʻydi. Soʻng Egamiz menga shunday dedi:

— Uyingga kirib, eshiklarni ichidan qulflab ol.
25Koʻchaga chiqa olmasliging uchun seni arqonlar bilan bogʻlashadi. 26Sen bu isyonkor xalqqa tanbeh bera olmasliging uchun, Men seni gung qilib, tilingni tanglayingga yopishtirib qoʻyaman. 27Ammo ularga aytadigan gapim boʻlganda, seni yana tilga kiritaman
…ularga aytadigan gapim boʻlganda, seni yana tilga kiritaman — 24:26-27, 33:21-22 ga qarang.
. Ularga: “Egamiz Rabbiy shunday demoqda”, deb gapirasan. Senga quloq soladiganlar quloq solsin, quloq solishni xohlamaganlar esa solmasin. Axir, ular isyonkor xalq–ku!
Copyright information for UznUzbL