Ezekiel 32
Firʼavn ajdarho timsolida
1Surgun boʻlgan paytimizning oʻn ikkinchi yili oʻn ikkinchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning oʻn ikkinchi yili oʻn ikkinchi oyi — miloddan oldingi 585 yilning oʻn ikkinchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Adar oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan fevralning oʻrtasidan boshlanadi.
birinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, firʼavnga shunday marsiya kuyla:«Sen oʻzingni xalqlar orasidagi sher deb bilasan.Ammo sen suvdagi ajdarho kabidirsan!
Sen irmoqlaringdagi suvni koʻpirtirasan,
Oyoqlaring bilan uni loyqalatasan.
3Egamiz Rabbiy shunday demoqda:Bir talay xaloyiq yigʻilganda,
Men ustingga toʻr tashlayman.
Ular esa seni qirgʻoqqa tortib chiqarishadi.
4Men seni yerga uloqtiraman,
Yalanglikka tashlab qoʻyaman.
Osmondagi barcha qushlarni ustingga qoʻndiraman.
Yer yuzidagi hamma yovvoyi hayvonlarga
Seni yem qilib beraman.
5Ichak–chovoqlaringni qirlarga yoyib tashlayman,
Vodiylarni jasading qoldiqlari bilan qoplayman.
6Yurtni oqqan qoning bilan sugʻoraman,
Togʻlarni qoningga boʻktiraman.
Jarliklarni qoningga toʻldiraman.
7Seni daf qilganimda, osmonni toʻsib qoʻyaman,
Yulduzlarni zulmatga choʻktirib yuboraman.
Quyosh yuzini bulut bilan qoplayman,
Oy nurini soʻndiraman.
8Boshing uzra porlagan
Hamma osmon chiroqlarini oʻchiraman.
Yurtingni zulmat quchogʻiga otaman,
— deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. —
9Men qulashing haqidagi xabarni xalqlar orasiga yoyaman, sen bilmagan yurtlarga yetkazaman. Shunda koʻp xalqlarning yuraklariga vahima solaman. 10Boshingga tushiradigan kulfatlar bois koʻp xalqlarning aqlini shoshiraman. Qilichimni oʻynatib, sen tufayli ularning hukmdorlarini titrataman. Boshingga kulfat kelgan kuni, ularning har biri jonini hovuchlab, qaltiraydi.» 11Firʼavnga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Bobil shohining qilichi boʻgʻzingda boʻladi. 12Lashkaring oʻtaketgan yovuz xalqning qoʻliga tushadi. Ular qudratli jangchilar tigʻidan oʻladi. Sening gʻururing poymol etiladi, toʻda lashkaring halok boʻladi. 13Serob suvlar boʻyidagi hamma podalaringni Men qirib tashlayman. Bundan buyon birorta inson oyogʻi bilan suvlarni loyqalatmaydi, birorta hayvon tuyoqlari bilan uni bulgʻamaydi. 14Men Misr suvlarini tindiraman, irmoqlarini moyday sokin oqadigan qilaman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 15— Men Misrni tashlandiq qilganimda, u yerdagi hamma narsani yoʻq qilganimda, butun aholisini qirib tashlaganimda, ey firʼavn, sen va xalqing Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar. 16Sizlar uchun aytiladigan marsiya shudir. Ajnabiy ayollar bu marsiyani kuylashar. Ha, bu motam sheʼrini Misr va uning toʻdasiga bagʻishlab aytishar. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”
Misrliklar oʻliklar diyoriga tushadi
17Oʻsha oyning ▼▼ Oʻsha oy — shu bobning 1–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
oʻn beshinchi kunida Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 18“Ey inson, Misr va uning toʻdasi uchun qaygʻurib yigʻla. Ularni boshqa buyuk xalqlar qatorida goʻrdagi marhumlar oldiga ▼▼ …goʻrdagi marhumlar oldiga… — Sheoʻl, yaʼni oʻliklar diyori nazarda tutilgan. Qadimda Isroil xalqi Sheoʻlni yer ostidagi tubsiz chuqurlik, marhumlar boradigan qorongʻi joy deb tushunardi. Yana shu bobning 21, 23–oyatlariga qarang.
joʻnat. 19Ularga shunday deb ayt: «Sizlar oʻzingizni boshqalardan goʻzal deb bilasizmi? Qani boring, sunnatsizlar bilan bir goʻrda yoting! 20Sizlar jangda halok boʻlganlar bilan birga jon berasiz. Mana, qilich hozirlandi! U hammalaringizni qirib tashlasin. 21Oʻliklar diyoridagi ▼▼ Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. Shu bobning 18–oyati izohiga qarang.
buyuk sarkardalar sizlarni va ittifoqchilaringizni qarshilab olishadi. Ular shunday deb hayqirishadi: ‘Bu sunnatsizlar jangda halok boʻldi, yer bagʻriga tushib keldi, endi shu yerda yotibdi!’ 22Ossuriya ham u yerda, sipohlarining qabrlari orasida yotibdi. Ularning hammasi qilichdan halok boʻlishgan. 23Qabrlari chuqurlikning eng tubidadir. Ossuriyaning qabri sipohlarining qurshovida joylashgan. Ha, tiriklar dunyosiga dahshat solganlarning hammasi qilichdan halok boʻldi. 24Elam ▼▼ Elam — bu yurt Bobil yurtidan janubi–sharqda, hozirgi Eron hududida joylashgan edi.
ham oʻsha yerda, bir toʻda sipohlarining qabrlari orasida yotibdi. Ularning hammasi jangda halok boʻlgan. Bu sunnatsizlar narigi dunyoga ketgan. Ular tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi, endi esa goʻrdagi marhumlar singari isnodga qolishdi. 25Oʻldirilganlar orasida Elam uchun toʻshak hozirlangan. Bir toʻda sipohlari uning atrofiga dafn qilingan. Jangda halok boʻlgan bu sunnatsizlar qachonlardir tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi, endi esa goʻrdagi marhumlar singari isnodga qolishdi. Ha, ular halok boʻlganlar orasida oʻrnashishdi. 26Meshex bilan Tuval ▼▼ Meshex bilan Tuval — 27:13 ning ikkinchi izohiga qarang.
ham oʻsha yerdadir. Ular sipohlarining qabrlari orasida yotishibdi. Bu sunnatsizlarning hammasi jangda halok boʻlishgan. Biroq ular ham qachonlardir tiriklar dunyosiga dahshat solishgan edi. 27Qadimda qahramonlarni ▼▼ Qadimda qahramonlar… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Sunnatsiz qahramonlar….
qurol–aslahalari bilan birga dafn qilishar edi ▼▼ …qahramonlarni…dafn qilishar edi — ibroniycha matnda …qahramonlar…Sheoʻlga ravona boʻlgan. Shu bobning 18–oyati izohiga qarang.
. Marhumlarning boshi ostiga qilich qoʻyib, tanasini qalqon bilan yopishar edi ▼▼ …tanasini qalqon bilan yopishar edi — yoki …gunohlari uchun olgan jazosi tanalari ustida qolgan.
. Biroq Meshex bilan Tuval bunday hurmat–ehtiromlarga sazovor boʻlmadi, chunki ular tirikligida butun jahonga dahshat solishgan edi. 28Ular ham yoʻq qilinadi. Jangda halok boʻlgan sunnatsizlar bilan birga yotadi. 29Edom ham oʻz shohlariyu rahnamolari bilan oʻsha yerdadir. Ular oʻz qudratiga qaramay, oʻldirilganlar orasiga dafn qilinganlar. Goʻrdagi sunnatsizlar bilan birga yotishibdi. 30Shimoldagi saltanatlarning hamma shahzodalari ▼▼ Shimoldagi saltanatlarning hamma shahzodalari — Finikiyalik va Oramlik hukmdorlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
va hamma Sidonliklar oʻsha yerdadir. Ular qachonlardir buyuk qudrati bilan butun jahonni dahshatga tushirishgan edi, soʻng sharmandalarcha halok boʻlishdi. Bu sunnatsizlar qilichdan halok boʻlganlar orasida yotishibdi. Ular goʻrdagi marhumlar singari isnodga qolishdi.» 31Firʼavn va uning toʻdasiga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey oʻz toʻdasidan ayrilgan firʼavn, sen bu cheksiz qabristonning manzarasini koʻrib, taskin topasan. 32Sen orqali butun jahonni dahshatga solgan boʻlsam ham, endi barcha qoʻshinlaring bilan birga jangda halok boʻlgan sunnatsizlar orasida yotasan. Egamiz Rabbiyning kalomi shudir.»”
Copyright information for
UznUzbL