Ezekiel 33
Xudo Hizqiyolni soqchi qilib tayinlaydi
1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, xalqing oldiga borib shunday soʻzlarni ayt: «Bordi–yu, Men biron–bir yurtga qilich yubormoqchi boʻlsam, oʻsha yerdagi xalq oʻziga bir soqchini tayinlaydi. 3Soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qoʻshinlarini koʻrgach, burgʻu chalib bu haqda butun xalqni ogohlantiradi. 4Bordi–yu, burgʻu ovozini eshitgan odamlar beparvolik qilib halok boʻlishsa, ularning qoni oʻz gardanida qoladi. 5Ular burgʻu ovozini eshitib turib, unga eʼtibor bermaganlari uchun oʻz boshini oʻzlari yegan boʻladilar. Ular ogohlantirishga eʼtibor berganda, jonlarini saqlab qolishlari mumkin edi, axir! 6Bordi–yu, soqchi yaqinlashib kelayotgan yov qoʻshinini koʻrib turib, burgʻu chalmasa, u xalqni ogohlantirmagan boʻladi. Halok boʻlgan odamlar oʻz gunohlari dastidan oʻladilar, biroq ularning oʻlimi uchun Men soqchini javobgar qilaman.» 7Shu singari, ey inson, Men seni Isroil xalqi uchun bir soqchi qilib tayinladim. Sen ogʻzimdan chiqqan har bir soʻzimni xalqimga aytib, ularni ogohlantirasan. 8Bordi–yu, Men fosiqqa: «Ey fosiq, sen oʻlasan», deb aytsam–u, sen esa unga gapirmasang, uni yomon yoʻldan qaytarish uchun ogohlantirmasang, oʻsha fosiq oʻz gunohi dastidan ▼▼ …oʻz gunohi dastidan… — yoki …oʻz gunohlarida… (shu bobning 9–oyatida ham bor).
oʻladi, biroq uning oʻlimi uchun Men seni javobgar qilaman. 9Bordi–yu, sen oʻsha fosiqni ogohlantirsang–u, u esa yomon yoʻlidan qaytmasa, u oʻz gunohi dastidan oʻladi, sen esa joningni saqlab qolgan boʻlasan. Odamning shaxsiy masʼuliyatlari
10Ey inson, Isroil xalqiga ayt: «Sizlar shunday deb aytasizlar: ‘Qilgan gunohlarimiz bizni bosib qoldi. Biz ado boʻlyapmiz. Bunday ahvolda yashab boʻladimi, axir?!’ 11Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, fosiqning halokatidan sevinmayman. Aksincha, fosiqlar yomon yoʻlidan qaytib, yashashini xohlayman. Ey Isroil, orqaga qayt! Yomon yoʻldan qayt! Nima uchun halok boʻlishing kerak?!» 12Ey inson, xalqing oldiga borib ayt: «Agar solih odam yomon yoʻlga kirsa, qilgan savob ishlari uni qutqara olmaydi. Agar fosiq odam toʻgʻri yoʻlga kirsa, qilgan gunohlari uni halokatga yetaklamaydi. Gunohga qoʻl urgan solih odam esa jonini saqlab qololmaydi.» 13Ey inson, bordi–yu, Men solih odamga hayot vaʼda qilsam–u, u odam esa solihligiga ishonib, gunohga qoʻl ursa, uning qilgan savob ishlari hisobga olinmaydi. Qilgan gunohi tufayli u oʻladi. 14Bordi–yu, fosiq odamga: «Sen oʻlasan», deb aytsam–u, u odam esa yomon yoʻlidan qaytib toʻgʻri, adolatli ishlar qilsa, 15garovga olgan narsani egasiga bersa, oʻgʻirlagan narsasini qaytarsa, yomonlikdan voz kechib, hayotbaxsh qonun–qoidalarga rioya qilsa, bunday odam albatta yashaydi, u oʻlmaydi. 16Men uning qilgan birorta gunohini esga olmayman. Oʻsha odam toʻgʻri va adolatli ishlar qilgani uchun albatta yashaydi. 17Ey inson, sening xalqing «Rabbiyning tutgan yoʻli nohaq–ku!» deb shikoyat qiladi. Aslida esa oʻzlarining yoʻllari nohaq. 18Haq yoʻldan ozgan va gunohga qoʻl urgan solih kishi qilgan gunohi uchun halok boʻladi. 19Yomon yoʻldan qaytib toʻgʻri, adolatli ishlar qilgan fosiq kishi esa qilgan toʻgʻri ishlari uchun jonini saqlab qoladi. 20Ular esa: «Rabbiyning tutgan yoʻli nohaq–ku», deb aytadi. Ularga Mening shu soʻzlarimni ayt: «Ey Isroil xalqi, bilib qoʻy, Men hammangizni qilgan ishingizga yarasha hukm qilaman.»”Quddusning qulashi haqidagi xabar
21Surgun boʻlgan paytimizning oʻn ikkinchi yili oʻninchi oyining ▼▼ Surgun boʻlgan paytimizning oʻn ikkinchi yili oʻninchi oyi — miloddan oldingi 586 yilning oʻninchi oyi (1:1-3 ga va oʻsha oyatlarning oxirgi izohiga qarang). Ibroniy kalendarining Tabat oyi nazarda tutilgan. Hozirgi kalendarga koʻra, bu oy taxminan dekabrning oʻrtasidan boshlanadi.
beshinchi kunida Quddusdan qochib kelgan bir odam oldimga kelib: “Quddus quladi”, deb aytdi. 22Bundan bir kun avval, kechasi, Egamizning qudrati meni qamrab olgan edi. Ertalab qochoq kelmasdan oldin, Egamiz menga gapirish iqtidorini qaytarib bergan edi ▼▼ …Egamiz menga gapirish iqtidorini qaytarib bergan edi — 3:26-27, 24:26-27 ga qarang.
. Men yana tilga kirgan edim. Xalqning gunohlari
23Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 24“Ey inson, Isroilning xarob shaharlarida yashab yurgan odamlar shunday deb yurishibdi: «Ibrohim yolgʻiz oʻzi boʻla turib, butun yurtga egalik qilar edi. Biz esa koʻpchilikmiz. Bizning ham bu yurtga egalik qilishga haqimiz bor.» 25Oʻsha odamlarga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sizlar qoni chiqarilmagan goʻshtni tanovul qilasizlar ▼▼ …sizlar qoni chiqarilmagan goʻshtni tanovul qilasizlar… — Tavrotda bunday goʻshtni yeyish qatʼiyan man etilgan (Levilar 17:10-14 ga qarang).
, butlarga sigʻinib, qotillikka qoʻl urasizlar. Shunday ekan, bu yurtga egalik qilishga nima haqingiz bor?! 26Sizlar faqat oʻz qilichingizga ishonyapsizlar! Jirkanch ishlar qilyapsizlar. Har biringiz qoʻshningizning xotinini bulgʻayapsizlar! Bu yurtga egalik qilishga nima haqingiz bor?!» 27Ularga ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Men barhayot Xudo boʻlganim haqi ont ichib aytamanki, oʻsha xarob shaharlarda yashab yurgan odamlarning hammasi qilichdan halok boʻladilar. Bepoyon dalalarda boʻlganlarni yovvoyi hayvonlar gʻajib tashlaydi. Qalʼalarda va gʻorlarda boʻlganlar esa oʻlatdan nobud boʻladilar. 28Men butun yurtni tashlandiq xarobazorga aylantiraman. Sizlarning magʻrur qudratingizga chek qoʻyaman. Isroil togʻlarida birorta tirik jon qolmaydi, u yerga odam oyoq bosmaydi. 29Men sizlarni qilgan jirkanch ishlaringiz uchun jazolab, yurtni tashlandiq xarobazorga aylantirganimda, Egangiz Men ekanligimni bilib olasizlar.» Hizqiyol voizligining natijasi
30Ey inson, yurtdoshlaring shahar devorlari oldida hamda uy ostonalarida turib, seni gʻiybat qilishyapti. Ular bir–birlariga: «Qani yuringlar, Egamizdan kelgan xabarni bir eshitib koʻraylik–chi!» deyishadi. 31Ular oldingga toʻdalashib kelishadi. Gaplaringni eshitib oʻtirishadi, lekin birontasi ham aytganlaringni qilmaydi. Ularning tilidan bol tomadi, ammo dilida oʻz foydasini koʻzlaydilar. 32Ular uchun sen mohir bir sozanda, muhabbat haqida kuylagan xushovoz bir xonanda kabisan, xolos. Ular aytganlaringni eshitishadi–yu, ammo gapingga kirishmaydi. 33Men senga aytgan barcha kulfatlar ularning boshiga tushadi. Shunda ular seni paygʻambar deb tan olishadi.”
Copyright information for
UznUzbL