‏ Ezekiel 38

Hukmdor Goʻg Isroilga hujum qiladi

1Egamiz menga Oʻz soʻzini ayon qildi: 2“Ey inson, Magoʻg yurtidagi Meshex va Tuval
Meshex va Tuval — 27:13 ning ikkinchi izohiga qarang.
xalqlarining bosh hukmdori
Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori — ibroniycha matndan. Qadimiy yunoncha tarjimada Roʻsh, Meshex va Tuval xalqlarining hukmdori. Shu bobning 3–oyatida ham bor.
Goʻgga yuzlan. Unga qarshi bashorat qilib
3ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Meshex va Tuval xalqlarining bosh hukmdori Goʻg, Men senga qarshiman! 4Men seni orqaga qaytaraman, jagʻlaringga ilmoqlar solaman. Seni va butun lashkaringni, otlaru otliqlaringni, tish–tirnogʻigacha qurollangan askarlaringni, ulkan bir olomonni, katta va kichik qalqon ushlab, qilich oʻynatgan jangchilaringni sudrab chiqaraman. 5Sening safingga Forslar, Habashistonliklar va Liviyaliklarning
Forslar, Habashistonliklar va Liviyaliklar — ibroniycha matnda bu yurtlarning qadimgi nomlari: Faras, Kush va Fut. Kush degan joy Misrdan janubda boʻlib, hozirgi Sudan va Efiopiya mamlakatlarining bir qismini oʻz ichiga olgan edi.
qurollangan jangchilari qoʻshiladi.
6Goʻmer xalqining
Goʻmer xalqi — bu xalq Qora dengizning shimoli–sharqida, hozirgi Rossiya hududida yashagan.
va shimoldagi Toʻxarmo yurtining
Toʻxarmo yurti — bu yurt hozirgi Turkiya hududida joylashgan edi.
barcha lashkari senga ergashadi. Sening lashkarlaring nihoyatda koʻpdir.

7Qani, tayyorlan! Atrofingdagi lashkarlarni jangga shay qil! Sen ularni boshlab borasan. 8Yillar oʻtib, jangga otlanasan. Urushdan keyin oʻzini tiklab olgan bir yurtga sen bostirib borasan. Uzoq vaqt davomida tashlandiq boʻlib yotgan bu yurtga, turli xalqlardan Isroil togʻlariga kelib oʻrnashgan odamlarga hujum qilasan. Ularning hammasi osoyishta turmush kechirayotgan boʻladi. 9Ammo sen dovuldek ularga yopirilasan. Sen, lashkaring va senga ergashib kelgan koʻp xalqlar yurtni bulut kabi qoplab olasizlar.

10Egamiz Rabbiy shunday demoqda: ey Goʻg, oʻsha kuni sen yomon xayollarga berilasan, yovuz rejalar tuza boshlaysan. 11Sen shunday aytasan: ‘Men devor bilan oʻralmagan qishloqlarga bostirib boraman. Xotirjam yashayotgan odamlarga hujum qilaman. Ularning na devorlari bor, na darvozasi, na tambasi bor.’ 12Sen xarob shaharlarni tiklagan odamlarni talon–taroj qilasan. Bu odamlar turli xalqlardan yigʻilgan, chorva koʻpaytirib, dunyo orttirgan, jahon chorrahasida
jahon chorrahasi — yoki jahon choʻqqisi, yaʼni baland, xatarsiz joy maʼnosida kelgan.
joylashib olishgan.
13Shunda Shava va Dedon
Shava va Dedon — Arabiston yarim orolida joylashgan yurtlar.
xalqlari hamda Tarshish
Tarshish — hozirgi Ispaniyaning hududida joylashgan bu bandargoh shahar oʻzining katta va haybatli kemalari bilan mashhur edi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang.
savdogarlariyu zodagonlari
zodagonlar — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi yosh arslonlar.
sendan soʻraydilar: ‘Sen hali oʻlja olgani keldingmi? Talon–taroj qilgani, oltinu kumush olib ketgani, chorvayu boylikni tortib olgani, qoʻlga behad oʻlja kiritgani bir toʻda qoʻshin tortib keldingmi?’»

14Ey inson, Goʻgga bashorat qilib ayt: «Egamiz Rabbiy shunday demoqda: sen xalqim Isroilning xotirjam yashaganini koʻrib, 15shimoldagi olis yurtingdan koʻp xalqlarni ergashtirib kelasan. Ha, bu cheksiz otliq lashkarni, bir toʻda buyuk qoʻshinni tortib kelasan. 16Yer yuzini qoplagan bulut kabi, xalqim Isroilni bosib olasan. Ey Goʻg, kelajakda Men seni yurtimga hujum qilgani yuboraman. Sen orqali xalqlarga muqaddasligimni ayon qilib, Oʻzimni tanitaman.

Xudo Goʻgni jazolaydi

17Egamiz Rabbiy shunday demoqda: Oʻz qullarim — paygʻambarlarim orqali Men xalqimni ogohlantirib kelganman. Kelajakda ularga qarshi bir dushman yuborishimni oldindan aytganman. Ey Goʻg, oʻsha dushman sensan. 18Isroil yurtiga hujum qilgan kuning, Men gʻazabga minib olaman! — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. 19— Rashku gʻazabda eʼlon qilamanki, oʻsha kuni Isroil yurtida dahshatli zilzila boʻladi. 20Yer yuzidagi barcha jonzot — dengizdagi baliqlaru koʻkdagi qushlar, yovvoyi hayvonlaru sudraluvchilar, hamma odamlar Mening huzurimda titraydi. Togʻlar agʻdarilib tushadi, qoyalar parchalanib ketadi, hamma devorlar oʻpirilib tushadi. 21Men hamma Isroil togʻlarida senga qarshi qilich hozirlayman, — deb aytmoqda Egamiz Rabbiy. — Lashkarlaring bir–biriga hamla qiladi. 22Men oʻlatu qotilliklar orqali seni jazolayman. Sening, lashkaringning, senga ergashib kelgan koʻp xalqlarning ustiga olovli oltingugurt, jala va doʻl yogʻdiraman. 23Dunyodagi koʻplab xalqlarga Oʻzimning ulugʻvorligim va muqaddasligimni namoyon qilaman, ularga Oʻzimni tanitaman. Oʻshanda barcha xalqlarning Egasi Men ekanligimni ular bilib oladilar.»”
Copyright information for UznUzbL