Ezekiel 4
Quddus qamalining ramzi
1Egamiz shunday dedi: “Ey inson, bir gʻisht olib oldingga qoʻy, uning ustiga Quddus rasmini chiz. 2Rasmdagi shaharni qamal qilib, atrofiga qamal inshootlarini bildiruvchi uyumlarni hosil qil, shahar devoriga qiyalatib tuproq uy ▼▼ …atrofiga qamal inshootlarini bildiruvchi uyumlarni hosil qil, shahar devoriga qiyalatib tuproq uy… — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devor yoniga baland qurilmalar yasaganlar va devorga qiyalatib tuproq uyganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar.
, dushman qarorgohlarini oʻrnat, shaharning gir aylanasiga devorteshar qurollarni joylashtir. 3Keyin tovani ol. Tovani temir devor kabi, oʻzing bilan rasmdagi shaharning orasiga oʻrnat. Soʻng shaharga yuzlan, sen shaharni qamal qilgan boʻlasan. Isroil xalqi uchun bu bir alomat boʻladi. 4Soʻng chap tomoningga yonboshlab, ustingga Isroil ▼▼ Isroil — shoh Sulaymonning vafotidan keyin Isroil xalqi ikki shohlikka boʻlinib ketdi (3 Shohlar 11:26-12:24 ga qarang). Shimoliy shohlik “Isroil” deb, janubiy shohlik esa “Yahudo” deb ataladigan boʻldi. Miloddan oldingi 722 yilda Ossuriyaliklar shimoliy shohlikka hujum qilib, uni batamom yoʻq qilib yubordilar. Hizqiyol davrida faqat janubiy shohlik, yaʼni Yahudo qolgan edi. Shu sababdan Hizqiyol kitobida “Isroil” soʻzi bilan “Yahudo” soʻzi oʻzaro almashgan holda janubiy shohlik aholisiga nisbatan qoʻllanilgan. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi ISROIL va YAHUDO soʻzlariga qarang.
xalqining gunohlarini yukla. Sen chap tomoningda yotgan paytingda ularning gunohi uchun jazo tortgan boʻlasan. 5Ular gunoh qilgan yillarning soniga koʻra, Men sen uchun kunlarni ajratdim. Sen 390 kun davomida Isroil xalqining gunohi uchun jazo tortasan. 6Belgilangan vaqt tugagach, oʻng tomoningga yonboshlab yotgin. Bu safar sen 40 kun davomida Yahudo xalqining gunohi uchun jazo tortasan. Bir kun bir yil hisoblanadi. 7Quddus ramzi boʻlgan gʻishtga yuzlan, qoʻlingni panshaxa qilib, qamal qilingan shaharga qarshi bashorat qil. 8Mana, qamalingning muddati tugamaguncha bir tomondan boshqa tomonga oʻgirilmasliging uchun Men seni arqonlar bilan bogʻlab tashlayman. 9Endi borib oʻzing uchun bugʻdoy, arpa, loviya, yasmiq doni, tariq va qizil bugʻdoyni olib, bir xumchaga sol. Sen ulardan oʻzingga non tayyorlaysan ▼▼ …ulardan oʻzingga non tayyorlaysan — har xil donlarni aralashtirib, non tayyorlash qamal paytida Quddusning ayanchli ahvolini ifoda etadi. Oʻsha paytda shahar aholisi bor donlardan non yopadigan boʻladi.
. 390 kun chap tomoningga yonboshlab yotib, oʻsha nondan yeysan. 10Bir kunlik yeydigan ozuqangning miqdori 50 misqolni ▼▼ 50 misqol — ibroniycha matnda 20 shaqal, taxminan 230 grammga toʻgʻri keladi.
tashkil qilishi kerak. Har kuni belgilangan vaqtdagina uni yeyishing shart. 11Suvni ham belgilangan vaqtda va belgilangan miqdorda ichasan. Kuniga bir kosa ▼▼ bir kosa — ibroniycha matnda xinning oltidan bir qismi, taxminan yarim litrga toʻgʻri keladi.
suv ichasan. 12Oʻtin oʻrniga odam tezagini ishlatasan, odamlarning koʻzi oldida non yopib yeysan.” 13Egamiz shunday dedi: — Men Isroil xalqini begona xalqlar orasiga surgun qilganimda, ular ham xuddi shunday harom nonni yeydigan boʻladilar ▼▼ …ular ham xuddi shunday harom nonni yeydigan boʻladilar — Yahudo xalqi Bobilga surgun qilingandan keyin shu bobning 12–oyatida tasvirlangan ayanchli ahvolga tushadi. Ularning yeydigan ovqati harom boʻladi.
. 14— Yo Egam Rabbiy! — deya yolvordim, — men hech qachon oʻzimni bulgʻagan emasman. Harom oʻlgan yoki hayvonlar gʻajigan jonivorning goʻshtini yoshligimdan yegan emasman. Hech qanday harom goʻshtni ogʻzimga olgan emasman! 15U menga shunday deb javob berdi: — Xoʻp, mayli, odam tezagining oʻrniga mol tezagini ishlata qol. Tezak yoqib, non yopib yeysan. 16Soʻng gapida davom etdi: — Men Quddus aholisini nonga zor qilib qoʻyaman. Ular qoʻrquv ichra nonni oʻlchab yeydilar, umidsizlanib suvni taqsimlab ichadilar. 17Suv va non tanqisligidan odamlar bir–birlariga vahima ichra qaraydilar. Tortgan jazosidan adoyi tamom boʻladilar.
Copyright information for
UznUzbL