‏ Ezekiel 9

Quddusning jazosi

1Men Xudoning jarangdor ovozini eshitdim. U baland ovozda dedi:

— Ey shaharni jazolash uchun tayinlanganlar, qurollaringizni olinglar. Bu yerga kelinglar!

2Shu onda shimoldagi Yuqori darvoza
shimoldagi Yuqori darvoza — Maʼbadning ichki hovlisiga olib boradigan bu darvoza shimolga qaratib qurilgan edi (8:3 ga qarang). Bu darvoza tepalikda joylashgani uchun “Yuqori” deb nom olgan (4 Shohlar 15:35 ga qarang).
tomondan olti kishi keldi. Har birining qoʻlida halokatli quroli bor edi. Ularning orasida zigʻir tolasidan toʻqilgan libos kiygan, beliga esa kotiblik asboblarini taqib olgan bir kimsa ham bor edi. Kelgan odamlarning hammasi ichkariga kirib, bronza qurbongohning yoniga borib turishdi.

3Karublar
Karublar — qanotli samoviy mavjudotlar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi KARUB, KARUBLAR soʻziga qarang.
ustidagi Isroil Xudosining ulugʻvorligi oʻz joyidan koʻtarilib, uyning ostonasiga bordi. Soʻng Egamiz zigʻir libos kiygan kishini chaqirib,
4dedi:

— Borib shaharning hamma joyini aylanib chiq. Shaharda qilinayotgan jirkanch ishlardan siqilib, zorlangan kishilarning peshanasiga belgi qoʻy.

5Qurollangan olti kishiga esa Egamizning shunday deganini eshitdim:

— Unga ergashinglar. Butun shaharni aylanib chiqinglar. Odamlarni oʻldiringlar, ularga achinmanglar, rahm qilmanglar.
6Qariyalarni, yigitu qizlarni, ayolu bolalarni — hammasini oʻldiringlar, ammo peshanasiga belgi qoʻyilgan bironta odamga ham zarar yetkazmanglar. Buyrugʻimni bajarishni shu yerdan, muqaddas maskanimdan boshlanglar.

Shunday qilib, ular qirgʻinni Egamizning uyi oldida boʻlgan oqsoqollardan boshladilar.
7Egamiz dedi:

— Uyimni harom qilinglar! Hovlini jasadlarga toʻldiringlar. Qani boshlanglar!

Qurollangan odamlar shaharga borib, u yerdagilarni qirib tashladilar.
8Ular buyruqni bajargani ketganlarida, men yolgʻiz oʻzim qoldim. Men yerga muk tushib, Xudoga iltijo qildim:

— Yo Egam Rabbiy! Sen gʻazabingni Quddusga sochib, Isroilning qolgan–qutgan xalqini ham yoʻq qilib yubormoqchimisan?

9U menga shunday javob berdi:

— Isroil va Yahudo xalqlari ogʻir gunohga qoʻl urishdi. Ular butun yurtni qonga belashdi, Quddus shahrini adolatsizlikka toʻldirishdi. Ular: “Egamiz yurtimizni tark etgan, U bizni koʻrmayapti”, deb aytishyapti.
10Men esa ularga achinmayman, rahm qilmayman. Qilgan barcha qilmishlariga yarasha jazosini beraman.

11Shu orada zigʻir libosli, beliga kotib asboblarini taqib olgan kishi qaytib kelib Egamizga:

— Amrlaringizni bajo ayladim, — dedi.
Copyright information for UznUzbL