Galatians 2
Quddusdagi havoriylar Pavlusning ishlarini maʼqullaydi
1Oʻn toʻrt yil oʻtgandan keyin, men Barnabo ▼▼ Barnabo — ilk jamoatning yetakchisi. Havoriy Pavlus faoliyatining boshida unga hamkor boʻlgan (Havoriylar 4:36, 9:26-27, 11:25-26, 13:1-3 ga qarang).
bilan birga yana Quddusga bordim ▼▼ …yana Quddusga bordim — Havoriylar 11:27-30 da aytib oʻtilgan safarga ishora boʻlishi mumkin.
. Titusni ▼▼ Titus — Pavlusning hamkori va yordamchisi (2 Korinfliklar 8:23, Titus 1:4-5 ga qarang).
ham yonimga olgan edim. 2Xudo menga bergan vahiyga binoan u yerga borgandim. Oʻsha yerdagi jamoatning eʼtiborli yetakchilari bilan alohida uchrashdim. Ularga gʻayriyahudiylar orasida oʻzim targʻib qilayotgan Xushxabarning mohiyatini bayon etdim. Buni oldin qilgan va hozir qilayotgan ishlarim behuda ketmasligi uchun qilgan edim. 3Hatto hamrohim Titus, yunon boʻlishiga qaramay, sunnat qilinishga majbur etilmadi. 4Ammo baʼzi soxta birodarlar bildirmaygina oramizga kirib olib, Iso Masih bizga ato etgan ozodlik haqida surishtirib koʻrdilar. Ularning maqsadi bizni yana qullarga aylantirish edi. 5Biz esa, Xushxabarning haqiqati doimo sizlar bilan boʻlsin deb, ularga zarracha ham yon bermadik. 6Eʼtiborli hisoblangan yetakchilar bilan uchrashganim haqida aytib oʻtdim. Ularning qanday martabaga egaligi menga baribir, zotan, Xudo insonlar orasida tarafkashlik qilmaydi. Endi ularga kelganda shuni aytay, ular mendan boshqa hech nima talab qilmadilar. 7Aksincha, yahudiylarga Xushxabar yetkazish Butrusga buyurilganday, gʻayriyahudiylarga Xushxabar yetkazish menga buyurilganini ular tushunib yetdilar. 8Axir, Butrusni yahudiylar orasida havoriylik faoliyatini koʻrsatishga tayinlagan Xudo meni ham gʻayriyahudiylar orasida xizmat qilishga tayinladi. 9Shunday qilib, Xudo menga bu ish uchun alohida inoyat berganiga Yoqub ▼▼ Yoqub — 1:19 izohiga qarang.
, Butrus ▼▼ Butrus — yunoncha matnda Kifas, Butrusning oramiycha ismi (Yuhanno 1:42 ga qarang). Shu bobning 11, 14–oyatlarida ham bor.
va Yuhanno ishonch hosil qildilar. Imonlilar jamoatining ustuni hisoblanmish bu havoriylar biz bilan qoʻl tashlashdi: men va Barnabo gʻayriyahudiylar orasida, ular esa yahudiylar orasida xizmat qilishga rozi boʻlishdi. 10Ular bizdan, faqat kambagʻallarga gʻamxoʻrlik qilishni davom ettiringlar ▼▼ …kambagʻallarga gʻamxoʻrlik qilishni davom ettiringlar… — Havoriylar 11:27-30 ga qarang.
, deb iltimos qildilar. Shaxsan men anchadan beri bu haqda jon kuydirardim. Pavlus Antioxiyada Butrusga tanbeh beradi
11Butrus Antioxiya shahriga kelganda ▼▼ Butrus Antioxiya shahriga kelganda… — birinchi boʻlib koʻp gʻayriyahudiylar Antioxiya shahrida Iso Masihga imon keltirgan edilar (Havoriylar 11:19-26 ga qarang). Butrus Antioxiyaga Quddusdagi jamoat yoʻlboshchilari yigʻilishidan oldin (Havoriylar 15:1-31 ga qarang), ammo Pavlus va Barnabo Xushxabar yoyish maqsadida qilgan birinchi safaridan keyin borgan boʻlsa kerak (Havoriylar 14:26-28 ga qarang).
, uning notoʻgʻri ish tutayotganligini ochiqchasiga yuziga aytdim. 12Chunki Quddusdan — Yoqubning oldidan baʼzi odamlar kelmasdan avval Butrus gʻayriyahudiylar bilan birga yeb–ichib yurgan edi. Ammo ular kelgandan keyin Butrus sunnat tarafdori boʻlganlardan ▼▼ sunnat tarafdori boʻlganlar — Iso Masihga ishongan yahudiylar boʻlib, ular Muso qonunlariga, ayniqsa sunnat haqidagi amriga qatʼiy amal qilishardi. Sunnat Xudoning Ibrohim va uning avlodi bilan qilgan ahd belgisi edi (Ibtido 17:9-14 ga qarang). Sunnat yahudiylarning Xudoga sodiqligini va Uning tanlagan xalqiga tegishli ekanini koʻrsatadi.
xavotirlanib, oʻzini chetga oldi va gʻayriyahudiylar bilan birga bir dasturxonda oʻtirmaydigan boʻldi. 13Shunda boshqa yahudiy masihiylar ham Butrusga oʻxshab ikkiyuzlamachilik qilishdi. Hatto Barnabo ham ularning ikkiyuzlamachiligi tufayli yoʻldan ozdi. 14Men ularning Xushxabar haqiqati boʻyicha ish tutmayotganini koʻrib, hammaning oldida Butrusga shunday dedim: “Mana siz yahudiy boʻla turib, yahudiylar kabi emas, gʻayriyahudiylarday yashayapsiz. Shunday ekan, qanday qilib gʻayriyahudiylarni yahudiylar kabi yashashga majbur qila olasiz?” Inson faqatgina Masihga boʻlgan imoni tufayli oqlanadi
15Toʻgʻri, bizlar yahudiy naslidanmiz, gunohkor hisoblangan gʻayriyahudiylardan emasmiz. 16Lekin shuni bilamizki, inson qonunga ▼▼ qonun — Eski Ahdga, xususan, Tavrotga ishora.
amal qilish bilan emas, balki Iso Masihga boʻlgan imoni orqali oqlanadi. Shuning uchun ham biz qonunga amal qilish bilan emas, Masihga boʻlgan imonimiz tufayli oqlanamiz deb, Iso Masihga ishondik. Axir, hech kim qonunga amal qilish bilan oqlanmaydi. 17Mana, biz Masih orqali oqlanishga intilyapmiz, bu esa biz ham gʻayriyahudiylar qatori gunohkor ekanligimizni ▼▼ gʻayriyahudiylar qatori gunohkor ekanligimiz — yahudiylar hamma gʻayriyahudiylarni gunohkor deb hisoblardilar, chunki gʻayriyahudiylar Tavrot qonunlariga rioya qilmasdilar. Shuning uchun yahudiylarning nazarida Tavrot qonunlariga rioya qilmay qoʻygan har qanday yahudiy ham gʻayriyahudiylar kabi gunohkor boʻlib qolardi.
koʻrsatib turibdi. Bundan kelib chiqadiki, gunohkorligimizning sababchisi Masih ekan–da? Yoʻq, aslo! 18Ammo men oʻzim qulatgan qonun–qoidalar binosini qaytadan qurishga kirishadigan boʻlsam, unda men yana qonunbuzar boʻlib qolaman ▼▼ …men yana qonunbuzar boʻlib qolaman — bu soʻzlarning mohiyati shundaki, agar odam Tavrot qonunlariga qayta rioya qilishni boshlasa, u yana qonunbuzar boʻlib qoladi, chunki hech kim qonunlarni toʻliq bajara olmaydi (3:10-11, 5:3 ga va Yoqub 2:10, Rimliklar 4:15 ga qarang).
. 19Axir, qonunning oʻzi meni oʻlimga mahkum qildi. Endi men Xudo uchun yashay deb, qonun uchun oʻlganman ▼▼ Axir…qonun uchun oʻlganman — Rimliklar 7:1-6 ga qarang.
. Men Masih bilan birga xochga mixlab qoʻyilganman. 20Endi yashayotgan men emas, balki Masihdir. U mening hayotimni boshqaryapti. Hali tirik ekanman, Xudoning Oʻgʻliga boʻlgan imon bilan yashayman. Axir, U meni sevib, Oʻzini men uchun fido qilgan. 21Men Xudoning inoyatini inkor qilmayman. Agar qonunga amal qilish bilan oqlanish mumkin boʻlganda edi, Masih behuda oʻlgan boʻlardi.
Copyright information for
UznUzbL