‏ Galatians 4

1Men bunday demoqchiman: merosxoʻr hali yosh bola ekan, garchi u butun mulkning egasi boʻlsa ham, quldan hech farq qilmaydi. 2U otasi belgilagan fursatgacha vasiyga va uy–roʻzgʻorni boshqaruvchi xizmatkorga boʻysunadi. 3Xuddi shu singari, bizlar ham oldin bolalarday boʻlib, xurofot kuchlariga
Xurofot kuchlari — yana Kolosaliklar 2:8, 20-23 ga qarang.
qul edik.
4Muddat bitgandan keyin, Xudo Oʻz Oʻgʻlini yubordi. Uning Oʻgʻli qonun
qonun — 2:16 izohiga qarang.
ostidagi hayot uchun ayoldan tugʻildi.
5Xudoning Oʻz Oʻgʻlini yuborishdan maqsadi bizni qonun ostidagi hayotdan xalos etib, Oʻziga farzand qilib olish edi. 6Biz Xudoning farzandlari ekanligimizni koʻrsatish uchun U yuragimizga Oʻz Oʻgʻlining Ruhini yubordi. Bu Ruh orqali biz Xudoni “Otajon”
“Otajon” — yunoncha matnda “Abba, Ota”. Abba soʻzi oramiychada ota deganidir. Xudo imonlilar bilan nihoyatda yaqin munosabatda boʻlgani uchun, ular Xudoga “Ota” deb murojaat qiladilar. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi XUDONING NOMLARI iborasi ostida berilgan OTA soʻziga qarang.
deb chaqiramiz.
7Demak, endi siz qul emas, balki farzandsiz. Farzand ekansiz, Xudoning sharofati bilan U Oʻz farzandlariga atagan qut–barakalarga ega boʻlasiz.

Pavlus Galatiyaliklar uchun qaygʻuradi

8Oldin sizlar Xudoni bilmagan paytingizda, asli xudolar boʻlmagan kuchlarga qul edingiz. 9Endi esa Xudoni bilasizlar, toʻgʻrirogʻi, Xudo sizlarni biladi. Shunday ekan, qanday qilib yana oʻsha kuchsiz, qadrsiz xurofotlarga qaytyapsiz?! Qanday qilib yana oʻshalarga qul boʻlishni xohlayapsiz?! 10Sizlar belgilangan alohida kunlar, oylar, yillarga rioya qilib, diniy marosimlar oʻtkazyapsiz! 11Sizlar uchun qaygʻuryapman! Nahotki sizlarni deb chekkan zahmatlarim bekor ketgan boʻlsa?!

12Ey birodarlar, sizlardan iltimos qilaman, menga oʻxshagan boʻlinglar, chunki men ham sizlarga oʻxshab qonun ostidagi hayotdan ozodman. Sizlar menga hech ham ozor bermagansiz. 13Oʻzingiz bilasiz, men sizlarga birinchi marta Xushxabar aytganimda, jisman ojiz edim. 14Ojizligim tufayli sizlarga ogʻirligim tushgan boʻlsa ham, mendan nafratlanmadingiz, meni rad etmadingiz. Aksincha, meni Xudoning farishtasiday, xuddi Iso Masihning Oʻzini qabul qilganday qabul qildingiz. 15Qani endi oʻsha xayrixohligingiz?! Axir, oʻzim shohidman: agar iloji boʻlganda, hatto koʻzlaringizni ham sugʻurib olib, menga bergan boʻlardingiz! 16Nahotki endi sizlarga haqiqatni aytganim uchun dushmaningiz boʻlib qolgan boʻlsam?!

17Baʼzi birovlar sizlarni oʻzlariga ogʻdirib olishga tirishmoqdalar
Baʼzi birovlar sizlarni oʻzlariga ogʻdirib olishga tirishmoqdalar — 1:6-9, 3:1-3 ga qarang.
. Lekin ular sizlarning foydangizni koʻzlamayaptilar. Sizlar ularning atrofida girdikapalak boʻlishingiz uchun ular bizni bir–birimizdan ajratib tashlamoqchi.
18Yaxshi gʻoyaga bagʻishlanish yaxshidir. Lekin bu faqat men sizlarning oldingizdaligimda emas, balki doim shunday boʻlishi kerak. 19Bolalarim, men sizlarni yangidan tugʻayotganday, toʻlgʻoq azobidaman. Maqsadim shuki, sizlarda Masihning tabiati namoyon boʻlsin. 20Sizlar meni taajjubga solib qoʻydingiz! Qani, endi sizlarning oldingizda boʻlsam–u, boshqa ohangda gapira olsam!

Ibrohimning ikki oʻgʻli va ularning onalari misoli

21Ey sizlar, qonun ostidagi hayotni afzal koʻrganlar, menga aytinglar–chi, nahot sizlar Tavrotdagi qonunlarni tushunmasangizlar?! 22Axir, unda yozilganlardan bilamizki, Ibrohimning ikki oʻgʻli boʻlgan. Oʻgʻillarining biri choʻridan
choʻri — yaʼni Hojar, Ismoilning onasi (Ibtido 16:1-15 ga qarang).
, ikkinchisi esa ozod ayoldan
ozod ayol — yaʼni Sora, Isʼhoqning onasi (Ibtido 18:10-14, 21:1-3 ga qarang).
tugʻilgan.
23Choʻrisiniki inson tashabbusi bilan, ozod xotininiki esa Xudoning vaʼdasiga binoan tugʻilgan edi. 24Bunda ramziy maʼno bor. Ikki ona Xudoning ikki ahdini
Xudoning ikki ahdi — Xudo Muso orqali bergan ahdga (Chiqish 19:1-8, 24:1-8 ga qarang) hamda Ibrohimga bergan ahdga ishora (Ibtido 12:1-7 ga qarang). Birinchisiga muvofiq, inson Musoning qonuniga itoat qilib yashaydi. Ikkinchisiga muvofiq esa, inson imon va Muqaddas Ruhning qudrati bilan yashaydi (3:2-3, 15-18 ga qarang).
bildiradi: birinchisi — qullarni tugʻadigan Hojar bibi Sinay togʻida qilingan ahdning ramzidir.
25Hojar Arabistondagi Sinay togʻini
Arabistondagi Sinay togʻini — oʻsha davrlarda Nabateya shohligi Arabiston deb ham atalar edi, ammo Arabistonning bir qismi edi. Bu shohlik Sinay yarim orolini oʻz ichiga olgan edi.
bildirsa–da, u yahudiy dinining markazi boʻlmish hozirgi Quddusning ramzidir. Axir, Quddus va uning bolalari qullikdalar–ku.
26Samoviy Quddus esa ozoddir: u bizlarning onamizdir! 27Muqaddas bitiklarda shunday yozilgan:

“Ey bola koʻrmagan bepusht ayol!
Shod boʻlgin!
Ey toʻlgʻoq ogʻrigʻini bilmagan ayol!
Xitob qil, hayqirgin!
Axir, tashlab ketilgan ayolning bolalari
Eri bor xotinnikidan ham koʻproq boʻladi!”
Ishayo 54:1 ga qarang.

28Sizlar esa, ey birodarlar, Isʼhoqqa oʻxshab vaʼdaga binoan tugʻilgan farzandlarsiz. 29Oʻsha zamonda tabiiy yoʻl bilan tugʻilgan oʻgʻil
tabiiy yoʻl bilan tugʻilgan oʻgʻil — yaʼni Ismoil.
Ruhning kuchi bilan tugʻilgan oʻgʻilni
Ruhning kuchi bilan tugʻilgan oʻgʻil — yaʼni Isʼhoq.
quvgʻin qildi. Hozir ham xuddi shunday.
30Ammo bu haqda Muqaddas bitiklarda nima deyilgan? “Choʻrini va uning oʻgʻlini haydab yuboring, chunki choʻrining oʻgʻli ozod ayolning oʻgʻli bilan birga merosxoʻr boʻlmaydi”
Ibtido 21:10 ga qarang.
, — deb yozilgan–ku!
31Shunday qilib, ey birodarlar, biz choʻrining emas, balki ozod ayolning farzandlarimiz.
Copyright information for UznUzbL