‏ Galatians 5

Masih ozodlik ato etadi

1Bizga erkinlik berish uchun Masih bizni ozod qildi. Endi shu erkinlikni mahkam tutinglar, qaytadan qullik boʻyinturugʻini
boʻyinturuq — itoatkorlik va boʻysunish ramzi.
taqmanglar.
2Mana, men, Pavlus, sizlarga aytyapman: agar sizlar sunnat qilinsangiz
…agar sizlar sunnat qilinsangiz… — Pavlus bu oʻrinda Xudoga manzur boʻlish uchun sunnat qilinish kerak, deb oʻylagan odamlarga murojaat qilyapti. Pavlusning oʻzi sunnatga qarshi boʻlmagan, ammo najot topish uchun sunnat qilinish kerak, degan taʼlimotga qatʼiyan qarshi edi (Havoriylar 15:1-2 ga qarang).
, Masihning sizlarga hech qanday foydasi yoʻq.
3Sunnat qilinadigan har bir odamga yana taʼkidlab aytaman: u butun qonunni
qonun — 2:16 izohiga qarang.
bajarishga majburdir.
4Sizlar, qonunni bajarish bilan oʻzimizni oqlaymiz deb, Masihdan ajraldingizlar va oʻzingizni Xudoning inoyatidan mahrum qildingizlar. 5Bizlar esa Ruhga tayanib, Xudo bizni imonimiz tufayli solih deb eʼlon qilishini intizorlik bilan kutyapmiz. 6Iso Masihga tegishli boʻlganlar orasida sunnat qilingan, qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Faqatgina mehr–muhabbat orqali ifodalangan imonimiz muhimdir.

7Sizlar imon yoʻlida olgʻa qadam bosayotgan edingiz. Xoʻsh, haqiqatga quloq solishingizga kim xalaqit berdi? 8Albatta Xudo emas! Uning Oʻzi sizlarni daʼvat qilgan–ku! 9Esingizda boʻlsin, ozgina xamirturush
xamirturush — majoziy maʼnoda ishlatilgan boʻlib, odatda boshqalarga salbiy taʼsir koʻrsatadigan taʼlimotlar va xulq–atvor nazarda tutilgan.
butun xamirni achitadi!
10Ishonamanki, sizlar bu xususda boshqacha fikr qilmaysizlar. Bu ishonchni Rabbimiz Isoning Oʻzi menga berdi. Ammo sizlarning fikringizni chalgʻituvchi kim boʻlmasin, jazosini oladi. 11Birodarlar, bordi–yu, men hamon sunnatni targʻib etayotgan boʻlganimda edi, quvgʻinlarga duchor boʻlmagan boʻlardim. Bunday holda Iso Masihning xochdagi qurbonligi haqidagi targʻibotim hech kimning jahlini chiqarmasdi. 12Qaniydi, sizlarni chalgʻitayotganlarning
sizlarni chalgʻitayotganlar — 1:6-9, 3:1-3, 4:17 ga qarang.
oʻzlari biratoʻla bichilsa!

13Ey birodarlar, sizlar ozod hayot kechirishga daʼvat qilingansizlar. Lekin bu oʻzingizning xudbin istaklaringizga erk berish degani emas, aksincha, bir–biringizga muhabbat bilan xizmat qilinglar deganidir. 14Axir, qonun: “Oʻzgani oʻzingizni sevganday seving”
Levilar 19:18 ga qarang.
degan gapda mujassam.
15Ehtiyot boʻlinglar! Hadeb tishlashib, gʻajishavermanglar, boʻlmasa oxiri bir–biringizni yeb bitirasiz!

Ruh yetakchiligida hayot kechiring

16Yana shuni aytayin: Ruh yetakchiligida hayot kechiring, shunda xudbin istaklaringizni qondirmaysiz
…Ruh yetakchiligida hayot kechiring, shunda xudbin istaklaringizni qondirmaysiz — Rimliklar 8:5-13 ga qarang.
.
17Axir, oʻshanday insoniy istaklar Ruhga qarshi, Ruhning istaklari esa insoniy xudbin istaklarga qarshidir. Bularning ikkalasi bir–biriga qarshi, shuning uchun sizlar xohlaganingizni qila olmaysizlar. 18Ammo Ruh sizni boshqarsa, siz qonunning amri ostida emassiz.

19Xudbin istaklarga erk berish quyidagilarni keltirib chiqarishi hammaga ayon: fahsh–zino, harom–harishlik, axloqiy buzuqlik, 20butparastlik, folbinligu issiq–sovuq qilishlar, dushmanlik, janjalkashlik, rashk, jahldorlik, gʻalamislik, nizolaru har xil guruhlarga boʻlinish, 21baxillik, ichkilikbozlik
…baxillik, ichkilikbozlik… — yunoncha matndan. Baʼzi yunon qoʻlyozmalarida baxillik, qotillik, ichkilikbozlik.
, aysh–ishratga berilish va shularga oʻxshash ishlar. Sizlarni oldin ogohlantirgandim, yana ogohlantiryapman: bunday ishlarni qiluvchilar Xudoning Shohligidan bahramand boʻlmaydi.

22Ruhning samarasi esa quyidagilardir: muhabbat, sevinch, xotirjamlik, sabr–toqat, mehribonlik, ezgulik, ishonch, 23muloyimlik va oʻzini tuta bilish. Bu xislatlarga qarshi biron qonun yoʻq. 24Iso Masihga tegishli boʻlganlar oʻzlarining xudbin istaklarini va ehtiroslarini xochga mixlab qoʻyganlar. 25Ruh hayotimiz manbai ekan, endi Ruhning yetakchiligi ostida hayot kechirishimiz lozim. 26Shuhratparast boʻlmaylik, bir–birimizni gijgijlamaylik, baxillik qilmaylik.
Copyright information for UznUzbL