Galatians 6
Bir–biringizni qoʻllab–quvvatlanglar
1Ey birodarlar, deylik, orangizdan birortasi gunoh qilib qoʻyganini bilib qoldingiz. Sizlar — Ruhning yetakchiligida hayot kechirayotganlar uni muloyimlik bilan toʻgʻri yoʻlga solinglar. Oʻzingizga ehtiyot boʻlinglar, tagʻin oʻzingiz ham vasvasaga yoʻliqib qolmanglar. 2Boshingizga gʻam–tashvish tushganda, bir–biringizni qoʻllab–quvvatlanglar. Shunday qilsangizlar, Masihning amrlarini bajargan boʻlasizlar. 3Axir, biror kishi, garchi oʻzi hech kim boʻlmasa–yu, oʻzini muhim deb hisoblasa, oʻzini oʻzi aldagan boʻladi. 4Har kim oʻz ishini tekshirib koʻrsin. Shunda u faqat oʻzidan faxrlansa boʻladi, oʻzini boshqalar bilan solishtirishga hojat boʻlmaydi. 5Zotan, har kim oʻz aravasini oʻzi tortishi lozim. 6Kalomdan taʼlim oluvchi esa bor–yoʻgʻini ustozi bilan baham koʻrishi kerak. 7Oʻzlaringizni aldamanglar! Xudoni laqillatib boʻlmaydi. Inson nima eksa, shuni oʻrib oladi. 8Xudbin istaklarini qondirish uchun urugʻ ekkanlar oʻsha xudbin istaklari tufayli halokatni oʻrib oladilar. Ruhni mamnun qilish uchun urugʻ ekkanlar esa Ruhdan abadiy hayot oʻrib oladilar. 9Shunday ekan, yaxshilik qilishdan charchamaylik. Agar holdan toyib qolmasak, oʻz vaqtida buning hosilini oʻrib olamiz. 10Demak, hali fursat bor ekan, hammaga, ayniqsa, Masih xonadoniga tegishli boʻlganlarga yaxshilik qilaveraylik.Muhimi yangidan yaratilishdir
11Mana qaranglar, endi sizlarga oʻz qoʻlim bilan ▼▼ …oʻz qoʻlim bilan… — 1 Korinfliklar 16:21 izohiga qarang.
, qanday yirik harflar bilan yozyapman! 12Sizlarni sunnat boʻlishga majbur qilayotganlar sirtdan yaxshi taassurot qoldirmoqchi boʻlyaptilar. Masihning xochi uchun quvgʻinga duchor boʻlmaylik, deya shunday qilyaptilar. 13Holbuki, sunnatni tatbiq qilayotganlarning oʻzlari ham qonunga ▼▼ qonun — 2:16 izohiga qarang.
rioya etmaydilar. Ular faqatgina sizlarning sunnat qilinganingiz bilan maqtanishni istaydilar. 14Men esa Rabbimiz Iso Masihning xochidan boshqa hech narsa bilan maqtanmayman. Oʻsha xoch tufayli bu dunyo men uchun oʻlgan, men esa bu dunyo uchun oʻlganman. 15Axir, sunnat qilingan yoki qilinmaganlikning hech ahamiyati yoʻq. Muhimi — yangidan yaratilishdir ▼▼ yangidan yaratilish — 2 Korinfliklar 5:17 ga qarang.
. 16Bu qoidaga koʻra, yashayotganlarning hammasiga, yaʼni Xudoning haqiqiy xalqiga tinchlik va marhamat yor boʻlsin! 17Endi hech kim menga aziyat keltirmasin. Axir, tanamdagi chandiqlar ▼▼ tanamdagi chandiqlar — Pavlusning Iso Masihga bagʻishlangan havoriy sifatida qilgan xizmati jarayonida yaralangandan qolgan chandiqlariga ishora (misol uchun, Havoriylar 14:19 ga qarang).
Isoga tegishli ekanligimni koʻrsatadigan tamgʻalar–ku! 18Ey birodarlar, Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor boʻlsin. Omin.
Copyright information for
UznUzbL