‏ Isaiah 12

Shukrona qoʻshigʻi

1Oʻsha kuni sen aytasan:
“Senga shukur aytaman, ey Egam,
Mendan gʻazablangan eding,
Gʻazabing bosildi, ey Egam,
Menga Sen tasalli berasan!”
2Sen yana aytasan: “Ha, Xudo najotimdir,
Qoʻrqmasman, U mening umidimdir.
Egamning Oʻzi
Egamning Oʻzi — ibroniycha matnda Yah Yahveh. Ibroniychada Yahveh Xudoning ismidir, YahYahvehning qisqa shakli.
mening kuch–qudratimdir
…kuch–qudratimdir — yoki …qudratim, shukrona qoʻshigʻimdir.
,
U mening qutqaruvchimdir.”

3Shod boʻlib, najot chashmasidan suv olasiz.
4Oʻsha kuni aytasiz:
“Shukronalar aytaylik Egamizga.
Sajda qilaylik Unga!
Qilgan buyuk ishlarini
Xalqlar orasida ovoza qilaylik,
Nomi yuksalganini yodga solaylik!”

5Hamdlar ayting Egamizga!
Butun yer yuzida boʻlgan ovoza
Uning qilgan ajoyib ishlari!
6Xitob qiling, hayqiring shodlikdan, ey Quddus
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.
ahli,
Buyukdir orangizdagi Isroil xalqining Muqaddas Xudosi.
Copyright information for UznUzbL