‏ Isaiah 16

Moʻab umidsiz ahvolda qoladi

1Qoʻzilar yuborgin yurtning hukmdoriga,
Ularni yubor sahro yoʻli orqali
Sela shahridan
Sela shahri — Oʻlik dengizdan qariyb 40 kilometr janubda, Edom yurtida joylashgan.
aziz Sion togʻiga.
2Xuddi darbadar qushlarday
Boʻlib qolar axir, Moʻab ahli.
Uyasidan quvilgan qushlarday
Ular Arnon soyligi
Arnon soyligi — Moʻab yurtining shimoliy chegarasi. Arnondagi soy gʻarb tomonga oqib, Oʻlik dengizga quyiladi.
kechuvini gʻurbatda kezadi.
3Ular shunday deydi:
“Maslahat ber bizga, qaror chiqar!
Kunning oʻrtasida soyangni tun kabi tushir.
Yashirgin quvilganlarni,
Oshkor qilma qochoqlarni!
4Qochoqlarimiz orangizda yashasin,
Qirgʻin keltiruvchi zoʻravonlardan
Moʻabga boshpana boʻlgin.”

Zolimlar yoʻq boʻlganda,
Zoʻravonlik barham topadi.
Talonchilar yurtdan gʻoyib boʻladi.
5Taxt oʻrnatilar sadoqat ila.
Taxtda oʻtirar haqiqatgoʻy bir hukmdor.
Bu hukmdor Dovud xonadonidan kelib chiqar.
U adolatparvar, odillik bilan hukm chiqarar.

6Ha, eshitganmiz Moʻabning magʻrurligini,
Uning chiroyi, kiborligi, boyligini!
Naqadar magʻrurdir u!
Ammo bularning hammasi yolgʻon!
7Endi Moʻab faryod cheksin,
Hamma Moʻab uchun nola qilsin.
Ha, oʻsha Xir–Xarasot
Xir–Xarasot — 15:1 da aytib oʻtilgan Xir shahrining yana bir nomi (shu bobning 11–oyatida ham bor).
mayizlarini
Hamma qoʻmsab, aza tutsin.
8Mana, holdan toydi Xashbon dalalari,
Sivmo uzumzorlari ham.
Xalqlarning hukmdorlari ezgan
Sivmoning uzum boshlarini.
Ular Yazirgacha yetib bordilar,
Ular sahroda kezib yurdilar.
Novdalari bir vaqtlar oʻsib ketib,
Dengizdan ham oshib oʻtdi.
9Shu bois Yazir yigʻlaganda, men ham yigʻlayman,
Ey Sivmo uzumzorlari!
Koʻz yoshlarim ila sizlarni shalabbo qilaman,
Ey Xashbon, Elaley shaharlari!
Axir, yozgi hosilingiz barham topdi,
Don hosili paytidagi oʻyin–kulgilar toʻxtadi.
10Bogʻlarda shodlik,
Xursandchilik endi boʻlmas,
Uzumzorlarda qoʻshiq aytilmas,
Shodlik qiyqiriqlari koʻtarilmas.
Uzum siqish chuqurlarida
Uzum siqish chuqurlari — 5:2 izohiga qarang.

Ishlaydigan hech kim qolmas.
Shodlik qiyqiriqlarini Xudo bostirdi.
11Shu bois yuragim Moʻab uchun
Arfa kabi nola qilar.
Xir–Xarasot
Xir–Xarasot — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Xir–Xares.
uchun vujudim faryod chekar.

12Moʻab xalqi kelib, oʻzini toliqtirsa ham,
Sajdagohiga kelib, iltijolar qilsa
…Sajdagohiga kelib, iltijolar qilsa… — Moʻab xalqi oʻz xudosi Xamoʻshga iltijo qilardi (Sahroda 21:29 ga qarang).
ham,
Hech narsaga erishmas.

13Egamiz bu soʻzlarni Moʻab haqida oldindan aytgan edi. 14Endi Egamiz aytar: “Hozir juda koʻp boʻlganiga qaramay, yollangan ishchining muddati kabi, uch yildan keyin Moʻabning obroʻsi toʻkilar. Xalqidan qolganlari esa juda oz, zaif boʻlar.”
Copyright information for UznUzbL