‏ Isaiah 17

Xudo Damashq va Isroilni jazolaydi

1Damashq
Damashq — Oram yurtining poytaxti.
haqida bashorat:

“Ana, Damashq endi shahar boʻlmaydi!
U vayronalar uyumiga aylanadi!
2Aror shaharlari tark etiladi,
Suruvlar maskaniga aylanadi,
Hech kim ularni hurkitmaydi.
3Efrayim yurtining
Efrayim yurti — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang.
qalʼasi yoʻq boʻladi,
Damashqning shohligi ketadi.
Oram xalqining omon qolganlari gʻoyib boʻladi,
Bularning hammasi Isroil xalqining
Shuhrati singari barham topadi,
— deb aytmoqda Sarvari Olam. —

4Oʻsha kuni Yoqub naslining shuhrati yoʻqoladi,
Tanasi ozib–toʻzib ketadi.
5Mana, oʻroqchilar boshoqlarni oʻrib oladi,
Oʻz qoʻllari bilan don hosilini yigʻishtirib oladi.
Oʻsha dalalarda terilgan bugʻdoy boshoqlariday
Rafa vodiysida
Rafa vodiysi — Quddusdan bir necha kilometr janubi–gʻarbda joylashgan.
Yoqub naslidan ham ozchilik qoladi.
6Ha, zaytun daraxti qoqilganda
Daraxt uchida ikki–uch meva qolganday,
Hosildor shoxchalarda toʻrt–besh meva qolganday
Oʻsha boshoqlarda bir–ikki don qoladi”,
— deb bashorat qilar Isroil xalqining Xudosi — Egamiz.

7Oʻsha kuni har bir odam Yaratuvchiga qaraydi, ularning koʻzlari Isroil xalqining Muqaddas Xudosini koʻradi. 8Inson qurbongohlarga, qoʻllarining ijodiga qaramaydi, oʻz qoʻli bilan yasagan narsalar — Asheraga
Ashera — Kanʼondagi xalqlar sajda qilgan hosildorlik xudosi boʻlib, ayol qiyofasida tasavvur qilingan. Uning erkak jufti Baal edi. Asheraning tasvirlari baland ustun shaklida boʻlib, yogʻochdan yasalgan edi.
atalgan ustunlarni, tutatqi qurbongohlarini koʻrmaydi.

9Oʻsha kuni mustahkam shaharlari oʻrmonlardagi tashlandiq joylarga oʻxshab qoladi. Odamlar tashlab ketgan qir tepaliklar kabi boʻladi. Isroil xalqi dastidan bu shaharlar xarobazorga aylanadi.

10Axir, sen najotkoring Xudoni unutding,
Panoh boʻladigan Qoyangni eslamading.
Mana, sen yoqimli oʻsimliklar ekasan,
Begona koʻchatlarni oʻtqazasan.
11Ularni avaylab–asrab oʻstirasan,
Tongda urugʻdan kurtak chiqartirasan,
Ammo barcha hosiling yoʻq boʻladi.
Faqat dard va alam senga nasib etadi.

12Qarang, xalqlarning koʻpligini!
Ular dengiz kabi guvullaydi!
Lashkarlarning hayqirigʻi
Toʻlqinlar tovushiday balanddir.
13Ammo Egam ularga tanbeh beradi,
Xalqlar ham toʻlqinlar kabi yoʻqolib ketadi.
Ular uzoqlarga qochib qoladi.
Togʻlardagi shamolda uchgan xas–choʻp kabi quviladi,
Quyun oldidagi girdob kabi haydaladi.
14Oqshom payti! Qaranglar, kulfat!
Tong otmasdan ular yoʻq boʻlib ketadi.
Bizni talaydiganlarning qismati shunday boʻladi,
Bizdan tortib olganlarga mana shu nasib qiladi.
Copyright information for UznUzbL