‏ Isaiah 18

Xudo Habashistonni jazolaydi

1Holingga voy! Ey Habashiston
Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang).
daryolari ortidagi,
Qanotlar guvullashiga toʻlgan yurt!
Qanotlar guvullashiga toʻlgan yurt — oʻsha joyda koʻp uchragan qanotli hasharotlar yoki keyingi oyatda aytib oʻtilgan kemalarning yelkanlari nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.

2Nil daryosi orqali xabarchilarini joʻnatadigan,
Dengiz orqali papirus kemalarini yuboradigan yurt!
Sening holingga voy!
Boringlar, ey chaqqon xabarchilar,
Baland boʻyli, terisi tiniq xalqqa,
Uzoqdan ham, yaqindan ham qoʻrqinchli boʻlgan elatga,
Kuchli, zabt etuvchi millatga,
Yurtida daryolari bor xalqqa.

3Ey olam ahli, yurt xalqi!
Togʻlarda bayroq koʻtarilganda, koʻrasiz,
Burgʻu chalinganda, eshitasiz.

4Mana, Egam menga shunday demoqda:
“Qoq tushda kuydiray degan yorqin quyosh nuri kabi,
Hosil mavsumida osmonni bosay degan qora bulut kabi,
Endi jim boʻlib, Oʻz maskanimdan kuzatib turaman.”
5Hosil yigʻilmasdan oldin, gʻuncha ochilganda,
Uzum pishib yetilay deganda
Egam novdalarni tok qaychi ila kesadi,
Kurtaklarni esa uzib tashlaydi.
6Ularning hammasi qolib ketadi
Togʻlardagi yirtqich qushlarga,
Dashtdagi yovvoyi hayvonlarga.
Ular yem boʻladi yozda yirtqich qushlarga,
Qishda yovvoyi hayvonlarga.

7Oʻsha paytda hadyalar keltirar Sarvari Olamga
Baland boʻyli, terisi tiniq Habash xalqi,
Uzoqdagilar ham, yaqindagilar ham qoʻrqadigan xalq,
Kuchli, zabt etuvchi xalq,
Yurtida daryolari boʻlgan xalq.
Ha, bu xalq hadyalar keltirar Sion togʻiga
Sarvari Olamga atalgan joyga.
Copyright information for UznUzbL