Isaiah 19
Xudo Misrni jazolaydi
1Misr haqida bashorat:Ana, Egam minib olgan uchqur bulutga,U keladi Misrga.
Misrning behuda butlari
Uning oldida titrar,
Misrning yuragi esa orqaga tortar.
2“Misr xalqini bir–biriga sapchitaman.
Aka–ukalaru doʻstlar,
Shaharlaru shohliklar
Bir–biriga qarshi chiqar.
3Misrliklar tushkunlikka tushadi.
Men ularning rejayu niyatlarini puchga chiqaraman.
Ular qidirib qolar
Behuda butlarniyu sehrgarlarni,
Folbinlaru otalari ruhlarini.
4Men Misrni berahm xoʻjayinlarga topshiraman,
Ha, kuchli shoh ularni boshqaradi”,
— demoqda Sarvari Olam — Rabbiy.
5Nil suvi qurib qoladi,
Daryo qurib boraveradi,
U jizgʻanak yer boʻladi.
6Oqar suvlar badboʻy hid chiqaradi,
Misrdagi Nil pasayib, quriydi.
Poyalaru qamishlar chiriydi.
7Nil qirgʻogʻidagi, daryo boʻyidagi qamishlar,
Nil boʻyiga ekilgan hamma ekinlar
Qurib ketadi, sovuriladi,
Ulardan hech narsa qolmaydi.
8Baliqchilar aza tutar,
Nilga qarmoq tashlaganlar yigʻlar,
Suvga toʻr yoyganlar umidsiz boʻlar.
9Zigʻir tolasiga ishlov beradiganlar
Sharmanda boʻladilar,
Oq mato toʻqiydiganlar ▼
▼ Zigʻir tolasiga ishlov beradiganlar…Oq mato toʻqiydiganlar… — zigʻir va paxta Nil daryosi boʻylarida ekilar edi. Mana shu mahsulotlardan ishlab chiqariladigan matolar Misr iqtisodining asosiy qismini tashkil qilar edi.
Uyatga qolib ketadilar.
10Ularning dastgohlari ishdan chiqadi,
Barcha ishchilari tushkunlikka tushadi.
11Ey Zoʻvan ▼
▼ Zoʻvan — Nil deltasida joylashgan Misrning bir muhim shahri.
shahzodalari, gʻirt ahmoqsiz axir,Ey firʼavn maslahatchilari, sizning donoligingiz ham shunday.
Maslahatlaringiz daf boʻladi.
Qanday qilib siz firʼavnga:
“Biz donolarning oʻgʻlimiz,
Qadim shohlar naslidanmiz”, deya ayta olasiz?!
12Ey firʼavn, qani oʻsha dono odamlaringiz?!
Sarvari Olam Misrga nima reja qilganini
Ular sizga bildirsin, aytsin.
13Mana, Zoʻvan shahzodalari ahmoq boʻldilar,
Nuf ▼
▼ Nuf — Memfis nomi bilan ham maʼlum. Memfis shahri Misr shimoliy hududining markazi boʻlib, Misr tarixida birmuncha vaqt poytaxt ham boʻlgan edi.
shahzodalari aldandilar.Misrni oʻz qabila boshliqlari yoʻldan urdilar,
14Ularning aqlini Egam chalkashtirdi,
Qusugʻiga dumalaydigan mast qanday boʻlsa,
Misrni ular shunday yoʻldan ozdirar.
15Misrga hech kim yordam bera olmas,
Na boshi, na quyrugʻi, na xurmosi, na qamishi ▼
▼ Na boshi, na quyrugʻi, na xurmosi, na qamishi — 9:14 ga va oʻsha oyatning izohiga qarang.
.Misr Egamizga sajda qiladi
16Oʻsha kuni Misr xotin kishiga oʻxshab qoladi. Sarvari Olam unga qarshi qoʻlini koʻtaradi, shunda Misr titrab dahshatga tushadi. 17Yahudo Misrliklarni dahshatga soladi. Sarvari Olam ularni vahimaga solganini eslagan har bir odam dahshatga tushadi. 18Oʻsha kunga kelib, Misrdagi beshta shahar ibroniy tilida ▼▼ ibroniy tili — ibroniycha matnda Kanʼon tili. Bu oʻrinda qadimgi ibroniycha nazarda tutilgan.
gapiradigan boʻladi. Ular Sarvari Olam oldida ont ichadilar. Bu shaharlardan biri “Quyosh shahri” ▼▼ “Quyosh shahri” — Qumron qoʻlyozmalaridan, baʼzi ibroniy qoʻlyozmalaridan va qadimiy lotincha tarjimadan. Ibroniycha matnda “Vayrona shahar”. “Quyosh shahri” nomi ostida Geliopol shahri nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Bu shahar hozirgi Qohiradan qariyb 11 kilometr shimoli–sharqda, Nil daryosi boʻyida joylashgan.
deb ataladi. 19Oʻsha kuni Misrning oʻrtasida Egamiz uchun bir qurbongoh quriladi, chegarada Egamizga atalgan bir muqaddas tosh oʻrnatiladi. 20Bular Sarvari Olam uchun Misrda bir belgi va guvoh boʻladi. Xalq zolimlar dastidan yolvorganda, Egamiz ularni qutqaradigan bir himoyachi yuboradi. U xalqni qutqaradi. 21Egamiz Oʻzini Misrliklarga zohir qiladi. Misrliklar ham oʻsha kuni Uni tan oladilar. Egamizga qurbonliklar keltiradilar, nazrlar atab, sajda qiladilar. Unga vaʼda berib, vaʼdalarini ado etadilar. 22Egamiz Misrliklarni xastalik keltirish bilan jazolaydi, keyin shifo beradi. Ular Egamizga yolvoradilar, Egamiz ularga shifo beradi. 23Oʻsha kuni Misr bilan Ossuriya oʻrtasida bir yoʻl boʻladi. Ossuriyalik Misrga, Misrlik Ossuriyaga borib kelaveradi. Ossuriyaliklar bilan Misrliklar birgalikda sajda qiladilar. 24Oʻsha kuni Misr bilan Ossuriya qatorida Isroil uchinchi xalq boʻladi. Uchalovi yer yuziga baraka boʻladi. 25Ha, Sarvari Olam ularga marhamat qilib, shunday degan: “Ey xalqim Misr, qoʻllarimning ijodi Ossuriya, Oʻzimning mulkim Isroil, baraka topinglar!”
Copyright information for
UznUzbL