Isaiah 20
Yalangʻoch Ishayo xalq uchun alomatdir
1Ossuriya shohi Sargon oʻz lashkarboshisini Ashdod shahriga yubordi. Lashkarboshi kelib, Ashdodni qoʻlga oldi ▼▼ Ossuriya shohi Sargon…Ashdodni qoʻlga oldi — Sargon II Filistlarning bu shahrini miloddan oldingi 711 yilda bosib olgan.
. 2Oʻsha paytda Omiz oʻgʻli Ishayoga Egamiz shunday dedi: — Qani, egningdagi qanorni ▼▼ qanor — dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi. Koʻpincha bu harakat Xudodan kechirim soʻrab ibodat qilish va Undan madad tilash bilan birgalikda amalga oshirilgan. Paygʻambarlarning odatdagi kiyimi ana shu matodan tikilgan boʻlishi ham mumkin (4 Shohlar 1:8, Zakariyo 13:4 ga qarang).
yech, oyoqlaringdagi choriqlaringni yech. Ishayo aytilganlarni qildi. U yalangʻoch, yalangoyoq yuradigan boʻldi. 3Shunda Egamiz dedi: — Qulim Ishayo uch yil yalangʻoch, yalangoyoq yurgani Misr va Habashiston ▼▼ Habashiston — ibroniycha matnda Kush (11:11 ning ikkinchi izohiga qarang). Shu bobning 4, 5–oyatlarida ham bor.
qismatini bildiruvchi belgi va alomatdir. 4Ossuriya shohi Misr asirlarini, Habashiston tutqunlarini, yoshu qarisini yalangʻoch, yalangoyoq, uyatli joylari ochiq holda haydab ketadi. Misr sharmanda boʻladi. 5Habashistonga umid bogʻlagan, Misrdan faxrlangan xalq isnodga qoladi. 6Oʻsha kuni qirgʻoqdagi yurtning aholisi ▼▼ qirgʻoqdagi yurtning aholisi — Filist xalqi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
shunday deb aytadi: “Biz ishongan odamlarning ahvolini koʻrib qoʻying. Ular bizga yordam berib, Ossuriya shohining qoʻlidan qutqaradi, deb yurardik. Endi qanday qutular ekanmiz?!”
Copyright information for
UznUzbL