Isaiah 21
Bobilning qulashi haqida bashorat
1Dengiz boʻyidagi sahro ▼▼ Dengiz boʻyidagi sahro — Bobil yurti nazarda tutilgan boʻlishi mumkin (shu bobning 9–oyatiga qarang). Bobil yurtining Fors qoʻltigʻidagi janubiy qismi baʼzan “dengiz boʻyidagi yer” deb atalgan. Xudo Bobil yurtiga dahshatli jazo berishi muqarrar edi. Shu bois paygʻambar bu yurtni sahro deb atagan boʻlishi mumkin.
haqida bashorat:Nagav uzra ketma–ket esayotgan boʻronlar kabi,Choʻldan — qoʻrqinchli yurtdan kelayotir bosqinchi.
2Men mudhish bir vahiy koʻrdim:
Xoin xoinlik qilayotir,
Bosqinchi talon–taroj qilayotir.
Egamning soʻzlarini eshitdim:
“Ey Elam xalqi, hujum qil,
Ey Midiya ▼
▼ …Elam…Midiya… — 11:11 ning uchinchi izohiga va 13:17 ning izohiga qarang. Mana shu ikki shohlik Fors lashkari bilan birlashib, Bobilga hujum qildilar va uni magʻlub etdilar (shu bobning 9–oyatiga va oʻsha oyatning izohiga qarang).
xalqi, qamal qil!Jamiki nolalarga barham beraman!”
3Evoh, koʻrganlarimdan ichimda ogʻriq turdi,
Tugʻayotgan ayol kabi azoblar meni qamradi.
Ikki bukildim eshitganlarimdan,
Dahshatga tushdim koʻrganlarimdan.
4Yuragim uvushib ketdi,
Qoʻrquvdan titrab ketdim.
Oqshomni kutgandim,
Oqshom esa qoʻrquvga toʻla.
5Bobilliklar gilamlar toʻshab,
Dasturxon hozirlamoqdalar,
Ular yeb–ichmoqdalar.
Birdaniga shunday ovoz eshitilmoqda:
“Qoʻzgʻaling, ey rahnamolar, qalqonlarni yogʻlang!”
6Rabbiy menga shunday dedi:
“Qani, bir qorovul qoʻy,
Koʻrganini yetkazsin.
7Jang aravalarining, otliqlarning,
Eshaklarga, tuyalarga minganlarning
Juft–juft boʻlib kelganini koʻradi.
Yaxshilab eʼtibor bersin.”
8Shu lahzada qorovul sherday oʻkirib qoldi ▼
▼ …qorovul sherday oʻkirib qoldi — ibroniycha matndan soʻzma–soʻz tarjimasi …sher oʻkirib qoldi. Qumron qoʻlyozmalarida, qadimiy suryoniycha tarjimada …qorovul oʻkirib qoldi.
:“Ey toʻram, men kunduzi har doim
Qorovul minorasida turaman,
Har tun ham joyimdaman.
9Ana, jang aravalari, otliqlar
Juft–juft boʻlib kelayotir!”
Shu on u baqirib xabar berdi:
“Quladi, Bobil quladi! ▼
▼ …Bobil quladi… — Bobil shahrini miloddan oldingi 539 yilda shoh Kurush boshchiligida Midiya va Fors lashkarlari bosib olgani nazarda tutilgan. Shoh Kurush yana Kir ismi bilan tanilgan.
Butlari sinib, yer bilan bitta boʻldi!”
10Eh, xalqim!
Xirmonda bugʻdoy kabi yanchilgan ▼
▼ yanchilgan — donni boshoqdan ajratish jarayoni yanchish deyiladi. Qadimgi Yaqin Sharqda bu ish don boshoqlarini tayoq bilan urish, ustidan tepkilash yoki xoʻptir yurgizish orqali bajarilgan (xoʻptir — ostiga uchli tosh yoki temir mahkamlangan ogʻir taxta). Yanchish soʻzi koʻpincha Eski Ahdda hukmga yoki urushda halokatga duchor boʻlishga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatilgan.
xalqim!Isroil xalqining Xudosi — Sarvari Olamdan
Eshitganlarimni sizga bildirdim.
Edom haqida bashorat
11Dumax ▼▼ Dumax — Arabiston sahrosining shimolida joylashgan voha yoki Edom yurti nazarda tutilgan boʻlsa kerak.
haqida bashorat:Seirdan ▼▼ Seir — Edom yurtiga qarashli boʻlgan togʻli yerlar (yana 11:14 ning birinchi izohiga qarang).
meni chaqirishar:“Ey posbon, qachon tong otar?
Qachon tong otar?”
12Javobim shudir: “Tong otayotir,
Ammo yana kech kiradi.
Koʻproq bilmoqchi boʻlsangiz,
Yana qaytib keling.”
Arabiston haqida bashorat
13Arabiston haqida bashorat:Gʻarb oʻrmonlarida tunaysiz,Ey Dedon ▼
▼ Dedon — Arabiston yarim orolining shimoli–gʻarbida joylashgan shahar va uning atrofidagi hudud.
karvonlari!14Ey Temo ▼
▼ Temo — Arabiston yarim orolining shimolidagi yerlar.
aholisi!Suv keltiring, tashnalarga peshvoz chiqing!
Qutulib omon qolganlarga non bering!
15Axir, ular qochayotirlar qilichdan,
Dushmanning koʻtarilgan qilichidan,
Tarang tortilgan yoylardan,
Shafqatsiz urushlardan.
16Rabbiy menga shunday dedi: “Yana bir yildan keyin, yollangan ishchining muddati kabi, Kedarning ▼
▼ Kedar — Arabiston sahrosidagi yerlar.
ulugʻvorligi barham topadi. 17Kedarning jasur kamonkashlaridan ozginasi qoladi.” Ha, Isroil xalqining Xudosi — Egamiz shunday dedi.
Copyright information for
UznUzbL