Isaiah 22
Quddus haqida bashorat
1Vahiy vodiysi ▼▼ Vahiy vodiysi — Quddus shahri nazarda tutilgan.
haqida bashorat:Ey Quddus ahli, nima qilyapsiz?!Nega tomlarga chiqib ▼
▼ …tomlarga chiqib… — u zamonlarda uylarning tomi tekis boʻlib, odamlar tomga chiqib dam olishardi.
, shod–xurram boʻlyapsiz?!2Nima uchun butun shahar quvonch sadolariga toʻla?!
Orangizda oʻlganlar urushda nobud boʻlmadi,
Shuni unutdingizmi?!
3Yoʻlboshchilaringiz jang maydonidan qochdi,
Shuni esdan chiqardingizmi?!
Uzoqqa qochgan boʻlsa–da,
Ularning hammasi dushman qoʻliga tushdi,
Jangsiz, oʻqsiz dushmanga taslim boʻldi.
4Shunda men dedim:
“Yolgʻiz qoldiring meni,
Achchiq–achchiq yigʻlayin.
Tasalli berishga urinmang menga,
Axir, uchradi xalqim qirgʻinga!”
5Zotan, Sarvari Olam — Rabbiy bir kunni belgiladi,
U kuni Vahiy vodiysida qiy–chuv boʻladi,
Zulm va sarosima hukm suradi.
Devorlar qulayotir,
Odamlar togʻlarga qarab faryod qilayotir.
6Elam ▼
▼ Elam — 11:11 ning uchinchi izohiga qarang.
lashkari oʻqdonlarini tayyorladi,Jang aravalari, otliqlari bilan keldi,
Xir lashkari qalqonlarini qoʻlga oldi.
7Mana, goʻzal vodiylaringiz jang aravalari bilan toʻldi,
Otliqlar shahar darvozalari oldiga yigʻildi.
8Evoh, Yahudo himoyasiz qoldi!
Oʻsha kuni sizlar “Lubnon oʻrmoni” degan uydagi ▼
▼ “Lubnon oʻrmoni” degan uy — shoh Sulaymon tomonidan qurilgan boʻlib, qalqonlar saqlanadigan ombor edi (3 Shohlar 7:2, 10:16-17 ga qarang).
qurollarga ishondingiz. 9Dovud qalʼasi devorlarining yoriqlari juda koʻp. Buni koʻrib sizlar Quyi hovuzdan suv toʻpladingiz. 10Quddusdagi uylarni sanab chiqdingiz. Shahar devorlarini mustahkamlash uchun uylarni buzdingiz. 11Eski hovuz suvlarini toʻplash uchun ikki devor oʻrtasida ▼▼ …ikki devor oʻrtasida… — baʼzi shaharlarning tashqi va ichki devorlari boʻlgan. Bu devorlarning oraligʻida boʻsh joylar boʻlgan. Dushman tashqi devorni buzgan taqdirda ham, ichki devor shaharni himoya qilgan.
sardoba qurdingiz. Ammo buni ilgaridan reja qilgan Xudoni yodga olmadingiz. Amalga oshiradigan Xudoni xayolingizga ham keltirmadingiz. 12Oʻsha kuni Sarvari Olam — Rabbiy:“Yigʻlang, aza tuting”, deb aytdi.
“Sochlaringizni qirib, qanorga oʻraning ▼
▼ Sochlaringizni qirib, qanorga oʻraning… — qanor dagʻal qoramtir mato boʻlib, echki yoki tuya junidan toʻqilgan. Sochni qirish va qanorga oʻranib olish umidsizlikni va qaygʻuli holatni ifodalaydi.
”, dedi U.13Ammo buni qarang!
Shodligu kayfu safo!
“Erta–indin oʻlib ketamiz,
Kelinglar, yeb–ichib qolaylik”, deb
Sizlar buqa, qoʻylar soʻydingiz,
Goʻsht yeb, mayxoʻrlik qildingiz.
14Shunda Sarvari Olamning Oʻzi menga shunday dedi:
“Bu gunohlaringiz kechirilmas oʻlguningizgacha.”
Ha, buni Sarvari Olam — Rabbiy aytmoqda.
Shavna ogohlantiriladi
15Sarvari Olam — Rabbiy shunday demoqda: “Qani, shohning oʻng qoʻl vaziri, saroy aʼyoni Shavnaning ▼▼ Shavna — Yahudoning, yaʼni janubiy shohlikning shohi Hizqiyo hukmronligi davrida xizmat qilgan (36:1-37:7 ga qarang).
oldiga borib, shunday deb ayt: 16«Bu yerda nima ishing bor?! Bu yerda sening kiming borki, oʻzingga qabr qazibsan?! Yuksakda oʻzingga qabr qazibsan, qoyada oʻzingga maskan qilibsan?! 17Mana, Men, Egang, seni uloqtiraman. Ey kuchli inson! Men seni chirpirak qilib shiddat bilan uloqtiraman. 18Men seni aylantirib–aylantirib, toʻp kabi, keng bir yurtga uchirib yuboraman. Sen oʻsha yurtda oʻlib ketasan. Ulugʻvor jang aravalaring oʻsha yerda qolib ketadi. Xoʻjayining xonadoniga sen sharmandalik keltirasan! 19Men seni oʻz joyingdan qoʻzgʻataman. Sen oʻz lavozimingdan olinasan. 20Oʻsha kuni Xilqiyoning oʻgʻli qulim Eliyaqimni ▼▼ Eliyaqim — Yahudoning, yaʼni janubiy shohlikning shohi Hizqiyo hukmronligi davrida xizmat qilgan (36:1-37:7 ga qarang).
chaqiraman. 21Sening liboslaringni unga kiydiraman. Kamaringni unga bogʻlab, sening butun hukmronligingni unga beraman. U Quddus aholisiga, Yahudo xalqiga ota boʻladi. 22Dovud xonadonining kalitini ▼▼ Dovud xonadonining kaliti — yaʼni Dovud avlodidan boʻlgan shoh Hizqiyo Eliyaqimga bergan yuksak hokimiyat. Bu oʻrinda shohning huzuriga kirishga ruxsat beradigan hokimiyatga ishora qilinayotgan boʻlishi mumkin.
unga beraman. U ochganda, hech kim berkitolmaydi. U berkitganda, hech kim ocholmaydi. 23Men uni devorga mustahkam qoqilgan qoziqday qilaman, u oʻz urugʻiga shuhratu sharaf keltiradi. 24Hamma urugʻ–aymoqlarini qoʻllab–quvvatlaydi, ularning ogʻirini yengil qiladi. Ular qoziqqa osilgan idishlar kabi Eliyaqimga osilib oladi. 25Ammo bir kun kelib, mustahkam qoqilgan bu qoziq joyidan chiqib, yerga tushadi, — demoqda Sarvari Olam. — Unga osilgan yuk chilparchin boʻladi.»” Egamiz shunday deb aytdi.
Copyright information for
UznUzbL