Isaiah 23
Tir shahrini Xudo jazolaydi
1Tir ▼▼ Tir — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Isroildan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu yer Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi. Shaharning bir qismi qoʻrgʻon boʻlib, bu qoʻrgʻon kichkina orolda, dengiz qirgʻogʻidan uzoq boʻlmagan joyda qurilgan edi.
haqida bashorat:Ey Tarshish ▼▼ Tarshish — 2:16 izohiga qarang.
kemalari, faryod qiling!Siz Kipr ▼
▼ Kipr — ibroniycha matnda Kittim, Kiprning qadimgi nomi (shu bobning 12–oyatida ham bor).
sohilida eshitgan xabarlar toʻgʻri,Boshpanangiz boʻlgan Tir vayron boʻldi.
2Sukut saqlang, ey orol xalqi!
Ey Sidon ▼
▼ Sidon — Finikiyada muhim ahamiyatga ega boʻlgan shahar. Bu shahar Tir shahridan shimolda, Oʻrta yer dengizi boʻyida joylashgan edi. Bugungi kunda bu shahar Livan mamlakatining janubiy hududini tashkil qiladi.
savdogarlari!Bir paytlar kemalarga toʻla edingiz.
3Shixor ▼
▼ Shixor — Nil daryosining sharqiy irmogʻi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
doni, Nilning hosiliTirning daromadi boʻlgan edi,
U elatlardan foyda qilardi.
4Uyat senga, ey Sidon!
Axir, Tir, dengiz boʻyidagi qalʼa shunday demoqda:
“Na toʻlgʻoq azobin chekdim, na tugʻdim,
Na oʻgʻillar, na qizlar ulgʻaytirdim.”
5Tir toʻgʻrisida eshitganda,
Misrning yuragi qinidan chiqay deydi.
6Tarshishga joʻnang, ey qirgʻoq aholisi,
Faryod qiling!
7Qadimda barpo boʻlgan,
Takabbur shahringizning holi ne boʻldi?
Endi darbadar boʻlasiz,
Uzoq, begona yurtni vatan qilasiz.
8Tirga qarshi kim bunday qaror chiqardi?
Bu shahar shohlarga toj kiydirgandi,
Savdogarlari hukmdor edi,
Butun dunyo ularni izzat qilardi.
9Sarvari Olam qabul qildi bu qarorni:
“Takabburligi, ulugʻvorligi yoʻq boʻlsin,
Butun olam izzat qilganlar yerga urilsin.”
10Ey Tarshish ahli!
Nil boʻyidagi dehqonlar kabi,
Yerlaringga ishlov ber ▼
▼ Nil boʻyidagi dehqonlar kabi, Yerlaringga ishlov ber — Qumron qoʻlyozmalaridan va qadimiy yunoncha tarjimaning baʼzi qoʻlyozmalaridan. Ibroniycha matnda Nilni kechib oʻtganday, yurtingizni kesib oʻtinglar.
.Axir, bandargohing yoʻq endi ▼
▼ …Yerlaringga ishlov ber…bandargohing yoʻq endi — Tarshishlik savdogarlar Oʻrta yer dengizi boʻyidagi bandargoh shahar Tirda tijorat qilib, koʻp foyda olishardi. Paygʻambar oʻsha savdogarlarga, endi dehqon boʻlinglar, deb maslahat beradi, chunki Tir vayron boʻladi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun lugʻatdagi BANDARGOH soʻziga qarang.
.11“Kanʼon qalʼalari vayron boʻlsin”, deb
Egamiz amr berdi.
Ha, U dengizga qarshi qoʻl koʻtardi,
Shohliklarni titratdi.
12Egamiz shunday dedi:
“Zulm chekkan, ey Sidon ahli,
Endi xursandchilik bilmay oʻtasan.
Qani, Kiprga joʻna,
U yerda rohat nimaligin bilmay oʻtasan.”
13Ana Bobil ▼
▼ Bobil — ibroniycha matnda Xaldey, oʻsha vaqtda Bobil yurti shu nom bilan ham atalardi.
yurtiga boq, endi uning xalqi yoʻq. Ossuriyaliklar qurshov minoralari qurdilar, Bobilliklarning saroylarini yakson qildilar. Yurtni vayronaga aylantirdilar, yovvoyi hayvonlarga berdilar. 14Faryod qiling, ey Tarshish kemalari,Endi yoʻq boshpanangiz! ▼
▼ boshpanangiz — Tir shahri nazarda tutilgan (shu bobning 10–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang).
15Shundan keyin Tir shahri bir shohning umricha — yetmish yilga unutiladi. Yetmish yil oʻtgandan keyin, Tir ham quyidagi qoʻshiqda aytilgan fohishaday boʻladi. 16Arfangni ol, shahar boʻylab kez,
Ey hamma unutgan fohisha!
Qani, goʻzal qilib chal–chi!
Qoʻshiq ketidan qoʻshiq kuyla–chi!
Balki seni eslab qolarlar.
17Yetmish yil oʻtgach, Egamiz Tir bilan yana aloqada boʻladi. Ammo Tir pul uchun yana fohishalik qila boshlaydi. Dunyoning hamma shohliklariga fohisha boʻladi. 18Shahar tijoratdan va fahshdan olgan daromadlarini Egamizga ataydi. Daromadlar yigʻilmaydi ham, saqlanmaydi ham. Tijoratdan olganlarini toʻyguncha yesinlar, chiroyli kiyinsinlar deb, daromad Egamizning huzurida yashayotganlarga beriladi.
Copyright information for
UznUzbL