‏ Isaiah 27

1Oʻsha kuni Egamiz qilichi bilan Levitanni
Levitan — Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq. Levitan halokat keltiruvchi dengiz kuchlarining va oʻrnatilgan barcha tartibga tahdid soladigan buzgʻunchi kuchlarning ramzidir. Muqaddas Kitobda Xudoning Levitan ustidan qozongan gʻalabasi Uning kuch–qudrati ramzidir. Zotan, Xudo butun borliq ustidan, shuningdek, Oʻz xalqining dushmanlari ustidan gʻolib boʻlgan qudratli Hukmdordir.
jazolar.
Ha, shafqatsiz, bahaybat, qudratli qilichi bilan jazolar
Oʻsha qochayotgan, gʻimirlayotgan ilon — Levitanni.
Oʻldirar dengizdagi oʻsha ajdarhoni.

2Egam aytar: “Oʻsha kuni ajoyib uzumzor
uzumzor — 5:1-7 ga qarang.
toʻgʻrisida kuylang!
3Men, Egangiz, uzumzor qoʻriqchisiman,
Doimo uni sugʻoraman.
Kechayu kunduz uzumzorni qoʻriqlayman,
Hech kim unga zarar keltirolmaydi.
4Men gʻazabda emasman!
Lekin tikanlaru butalar Menga qarshi chiqsa,
Ular bilan jang qilaman.
Ularni yondirib tashlayman.
5Ular Mendan panoh izlab kelsin!
Ha, Men bilan tinchlik oʻrnatsin,
Ular Men bilan tinchlik oʻrnatsin.”

6Vaqti kelib, Yoqub nasli ildiz otadi,
Isroil kurtak otib, gullaydi,
Yer yuzini mevalari bilan toʻldiradi.

7Isroilning dushmanlarini Egamiz qattiq jazolaydi!
Isroilning koʻp gʻanimlarini Egamiz oʻldiradi,
Isroilni esa u qadar jazolamaydi,
8Egamiz Oʻz xalqini jazolaganda
Ularni yurtidan haydab, surgun qiladi.
Sharqdan esgan boʻron kabi,
Ularni uzoqqa olib ketadi.
9Shunday qilib, Egamiz Yoqub naslini gunohdan poklaydi.
U butlarga atalgan qurbongohlarni parchalab tashlaydi.
Asheraga
Ashera — 17:8 izohiga qarang.
atalgan ustunu tutatqi qurbongohlardan asar ham qolmaydi.
10Mana, Isroilning mustahkam shaharlari tashlandiq boʻladi,
Tark etilgan sahroday, huvullagan yurt boʻladi.
Vayronalar orasida chorva oʻtlab yuradi,
Daraxtlarning bargini yeb, ship–shiydam qiladi.
11Shoxlari qurib, sinib yotadi,
Ayollar kelib, ularni yoqadi.
Bu xalq aql–hushidan ayrilgan,
Yaratuvchi ham ularga achinmaydi,
Xudo ularga marhamat koʻrsatmaydi.

12Oʻsha kuni, ey Isroil xalqi, Egamiz sizlarni Furot daryosidan Misr chegarasidagi irmoqqacha
Misr chegarasidagi irmoq — Sinay yarim orolining shimoli–sharqidagi Arish soyligi yoki Nil daryosining sharqiy irmogʻi nazarda tutilgan (yana Ibtido 15:18, Sahroda 34:5 va Yoshua 13:3, 15:4, 47 ga qarang).
boʻlgan yerda yanchadi
yanchadi — 21:10 izohiga qarang. Isroil xalqi boshqa xalqlar orasiga tarqalib ketgandan keyin, Xudo oʻsha xalqlarni hukm qiladi. Dehqon donni boshoqdan ajratib yigʻib olganday, Xudo ham Oʻz xalqini oʻsha xalqlar orasidan ajratib yigʻib oladi.
. Hammangizni bitta–bitta yigʻib keladi.
13Oʻsha kuni katta karnay chalinadi. Ossuriya yurtida yoʻqolganlar, Misr yurtiga quvilganlar kelib, Quddusdagi muqaddas togʻda
Quddusdagi muqaddas togʻ — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.
Egamizga sajda qiladi.
Copyright information for UznUzbL