‏ Isaiah 28

Xudo Samariyani jazolaydi

1Ey ulugʻvorlik toji boʻlgan shahar! Holingga voy!
Sen Efrayimdagi
Efrayim — 7:2 ning ikkinchi izohiga qarang.
mast–alastlarning ulugʻvorligi eding!
Eh, ajoyib, goʻzal shahar eding! Shuhrating gulday soʻlmoqda!
Serhosil vodiydagi unumdor shahar eding.
Tubanlashding sharobdan!
2Mana, Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor
…Rabbiyning kuchli bir bahodiri bor — Ossuriya shohiga ishora.
.
U selga, vayron keltiradigan quyunga oʻxshaydi.
Yuvib ketadigan, toshqin jalalarga oʻxshaydi.
Oʻz qoʻllari bilan u Efrayimni yakson qiladi.
3Eh, Efrayimdagi mast–alastlarning ulugʻvorlik toji!
Ana endi oyoq ostida toptaladi!
4Serhosil vodiydagi unumdor shahar edi!
Endi ularning shuhrati gullar kabi soʻnadi.
Ular ilk pishgan anjirlarga oʻxshaydi,
Pishgan zahoti yulinib, yutib yuboriladi.

5Oʻsha kuni Sarvari Olam
Oʻzining xalqidan qolganlari uchun
Shuhrat tojiyu ajoyib gulchambar boʻladi.
6Hukm kursisida oʻtirganlarga
U adolat ruhini beradi.
Darvozadan dushmanga zarba beradiganga
U jasorat manbai boʻladi.

Xudo buzuq yoʻlboshchilarni jazolaydi

7Ruhoniy, paygʻambarlar sharob tufayli,
Oʻtkir ichimliklardan gandiraklab yuradi.
Ha, sharob, boʻzalardan ularning boshi aylanadi,
May dastidan ular yoʻllaridan adashadi,
Oʻtkir ichimlikdan gandiraklab yuradi.
Ular vahiy koʻrganlarida xato qiladi,
Qiladigan hukmlarida adashadi.
8Ularning dasturxoni qusuqqa toʻla,
Birorta ham toza joy yoʻq.

9Ular menga taʼna qilib aytadi:
“Sen kimga taʼlim berayotganingni bilasanmi oʻzi?!
Bizni endi koʻkrakdan ajratilgan goʻdak deb oʻylayapsanmi?!
10Qachon qarama, bidir–bidir qilasan,
Goʻdakday guvranasan
…bidir–bidir qilasan, Goʻdakday guvranasan — ibroniycha matnda …sav lasav, sav lasav, qav laqav, qav laqav. Bu tovushlar chaqaloqlar ogʻzidan chiqadigan maʼnosiz tovushlarga oʻxshaydi. Ossuriya xalqi yurtni bosib olgandan keyin, Ossuriyaliklarning tili xalqning qulogʻiga shu tovushlar kabi eshitiladi (shu bobning 11–oyati izohiga qarang).
.”
11Shunday ekan, Xudo ularga,
Oʻzga tilda, tushunarsiz shevada
…Oʻzga til…tushunarsiz sheva… — Isroil xalqini bosib olgan Ossuriyaliklarning tili nazarda tutilgan. Isroil xalqi ularning tilini tushunmas edi.
gapiradi.
12Xudo ularga qayerda orom topishlarini aytgan,
Tinchlikka qanday erishish kerakligini oʻrgatgan,
Ammo ular quloq solishni istamadilar.
13Shu sababdan Egamizning soʻzi
Ular uchun mazmunsiz soʻzlarday boʻladi.
Goʻdakning guvranishiday
…mazmunsiz soʻzlar…Goʻdakning guvranishi… — ibroniycha matnda …sav lasav, sav lasav, qav laqav, qav laqav… (shu bobning 10–oyati izohiga qarang).
eshitiladi.
Ular yurmoqchi boʻlganlarida
Orqaga yiqilib, yaralanadilar,
Tuzoqqa tushib, olib ketiladilar.

Quddus hukmdorlariga murojaat

14Shu bois Egamdan kelgan bu xabarni eshiting,
Ey Quddusdagi masxaraboz hukmdorlar!
15Sizlar shunday dedingiz: “Biz
Oʻlim bilan ahd qilganmiz,
Oʻliklar diyori
Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl (shu bobning 18–oyatida ham bor). 5:14 izohiga qarang.
ila bitim tuzganmiz.
Dahshatli ofat kelib boshimizga tushmaydi.
Axir, yolgʻonni panoh qilib olganmiz,
Soxtalikni chodir qilib olganmiz.”
16Shu bois Egamiz Rabbiy aytmoqda:
“Mana, Men joylashtiryapman Quddusda
Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.

Sinalgan bir toshni, poydevor toshini.
Bu qadrli tamal toshi
tamal toshi — qadimgi paytlarda qurilishda poydevor uchun qoʻyilgan birinchi va eng muhim tosh hisoblanardi. Bu tosh poydevorning bir burchagini hosil qilib, binoning qolgan qismi oʻsha toshning joylashuvi boʻyicha qurilardi.
ishonchli poydevordir.
Ha, unga tayangan hech bir inson umidsiz boʻlmaydi.
17Men adolat bilan hukm qilaman,
Toʻgʻrilik oʻlchovim boʻladi.
Soxta panohingizni doʻl yuvib ketadi,
Chodiringizni sellar yuvib ketadi.
18Oʻlim bilan tuzgan ahdingiz bekor boʻladi,
Oʻliklar diyori ila qilgan bitimingiz barbod boʻladi.
Dahshatli ofat yurtdan oʻtayotganda,
Sizlar yer bilan yakson boʻlasiz.
19Ha, har tongda, tunu kun
Oʻsha toʻfon sizni yuvib ketadi.”

Eshitganingizni anglab yetganingizda,
Bu xabar gʻoyat katta xavfdan darak beradi:
20Yotgani toʻshagingiz kaltalik qiladi,
Yopingani koʻrpangiz ensizlik qiladi
Yotgani toʻshagingiz…ensizlik qiladi — bu ibroniycha maqol boʻlib, odamlarning ishonchli deb bilgan narsalari ularning xotirjam yashashlariga omil boʻla olmasligini taʼkidlaydi (shu bobning 15, 18–oyatlariga qarang).
.
21Perazim togʻidagiday
Perazim togʻidagiday… — 2 Shohlar 5:17-21 ga qarang.

Oʻz ishimni qilay, deb Egam qoʻzgʻaladi.
Givon vodiysidagiday
Givon vodiysidagiday… — Yoshua 10:7-14 ga qarang.
U gʻazabga minadi.
Ha, U Oʻzining ajoyib ishini qiladi.
Uning ishlari hayratda qoldiradi.
22Masxaralashni bas qiling endi,
Boʻlmasa zanjirlaringiz yana ogʻirlashadi.
Sarvari Olam — Rabbiy menga:
“Butun yurtni vayron qilaman”, deb aytdi.

Barcha donolik Egamizdandir

23Tinglang, ovozimga quloq soling,
Diqqat qiling, gaplarimni eshiting!
24Dehqonlar ekish uchun yerga ishlov beraveradimi?!
Tuproq kovlayveradi–yu, hech qachon ekmaydimi?!
25Yoʻq, ular yerni tekislaydi,
Keyin ukrop, zira urugʻini sepadi.
Belgilangan joylariga
Har turli bugʻdoy, arpa urugʻini ekadi.
26Ha, dehqonlar nima qilishni biladi,
Xudo ularga aql–idrok bergan!

27Axir, ukropni bolgʻa bilan yanchmaydi,
Zirani arava gʻildiragi bilan ezmaydi.
Mana, ukropni kaltak bilan yanchib oladi,
Zirani tayoq bilan ezib oladi.
28Bugʻdoydan un qilinadi,
Ammo u to abad yanchilmaydi
…yanchilmaydi — 21:10 izohiga qarang.
.
Arava gʻildiragi bugʻdoy ustidan
Chang boʻlguncha yurgizilmaydi.
29Bu donolik kelar Sarvari Olamdan,
Uning maslahatlari ajoyib, donoligi buyukdir.
Copyright information for UznUzbL