Isaiah 29
Quddus qamal qilinadi
1Egam aytar:“Holingga voy, ey Dovud yashagan shahar!
Ey Oriyol ▼
▼ Oriyol — Sion togʻi, yaʼni Quddusning sheʼriy nomi (4:5 ning ikkinchi izohiga qarang). Oriyol nomi ibroniychadagi qurbongoh soʻziga ohangdosh.
, Oriyol!Yillar ortidan yillar oʻtaveradi,
Bayramlar nishonlanadi.
2Ammo Men boshingga kulfat keltiraman,
Faryod qilib, nola chekasan,
Seni qurbongoh ▼
▼ qurbongoh — ibroniycha matnda Oriyol. Shu bobning 1–oyati izohiga qarang.
qilaman.3Atrofingda senga qarshi lashkar toʻplayman,
Qamal inshootlarini ▼
▼ qamal inshootlari — qadimgi davrlarda dushmanlar devor bilan oʻralgan shaharga hujum qilayotganlarida, koʻpincha devor yoniga baland qurilmalar yasaganlar. Shu yoʻl bilan ular shaharni himoya qilayotgan xalqqa hujum qilish uchun devorni buzishga yoki oshib oʻtishga qulay imkoniyat yaratganlar.
oʻrnataman.Minoralar qurib, seni oʻrab olaman.
4Yerning ostidan sen gapirasan,
Tuproq ostidan soʻzlaring keladi,
Ovozing sharpa ovoziday yer ostidan chiqadi,
Gaplaring tuproq ostidan shivirlab keladi.
5Ammo shunda shafqatsiz dushmanlaring
Birdaniga chang kabi uchib ketadi,
Toʻsatdan boʻrondagi xas–choʻpday
Ular toʻzib ketadi.
6Kelaman Men, Sarvari Olam, gumbur–gumbur,
Zilzila, shovqin–suron, dovul,
Boʻronu yutib yuboruvchi alanga bilan.
7Ey Quddus ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Oriyol. Shu bobning 1–oyati izohiga qarang.
, sizga qarshi chiqqan xalqlar yoʻq boʻlib ketadi.Sizning qalʼangizga hujum qilgan vahshiy elatlar
Tundagi tush kabi oʻtib ketadi.
8Ha, och odam tushida ovqat yesa ham,
Uygʻonganda, ochligicha qolaveradi.
Chanqagan odam tushida suv ichadi–yu,
Chanqogʻi qonmasdan uygʻonadi.
Ey Sion togʻi, sizga qarshi chiqqan
Jamiki elatlar ham shu ahvolga tushadi.”
9Qulogʻingizni kar qiling, dong qotib qoling,
Koʻzingizni koʻr qiling, koʻrmas boʻling,
Mast boʻling, ammo sharobdan emas,
Gandiraklab yuring, ammo boʻzadan emas.
10Egam sizni qattiq uxlatib qoʻydi,
Ey paygʻambarlar, Egam koʻzlaringizni uyquga bostirdi.
Ey valiylar, Egam boshu koʻzlaringizni oʻrab qoʻydi.
11Mana, bu vahiyning hammasi sizlar uchun muhrlangan oʻrama qogʻozday ▼
▼ oʻrama qogʻoz — papirus yoki oshlangan teridan qilingan uzun oʻralgan qogʻoz. Qadimgi paytlarda kitoblar odatda oʻrama qogʻoz shaklida boʻlgan.
boʻlib qoldi. Bu oʻrama qogʻoz oʻqiy oladiganlarga berilib: “Buni oʻqing!” deb buyurilsa, ular: “Yoʻq, muhrlangan ekan”, deydilar. 12U oʻqiy olmaydiganlarga berilib: “Buni oʻqing”, deb aytilgan boʻlsa, ular: “Biz oʻqishni bilmaymiz”, deb javob beradilar. 13Ha, Rabbiy aytdi:“Bu xalq faqat soʻzdagina Menga yaqinlashadi,
Tilidagina Meni izzat qiladi,
Yuraklari esa Mendan uzoqdir.
Ular inson yaratgan qoidalari orqali
Menga sajda qilishadi.
14Mana, Men shunday bir ish qilamanki,
Bu xalq hayratda qoladi,
Lol boʻlib, dong qotadi.
Donolari donoligidan mahrum boʻladi,
Idroklilari idrokidan ayriladi.”
15Holingizga voy!
Egamizdan rejalaringizni yashiryapsiz,
Ishlaringizni qorongʻilikda qilyapsiz.
“Kim bizni koʻrardi, kim bizni bilardi?” deysiz.
16Hammasini agʻdar–toʻntar qilyapsiz,
Axir, kulolni loyga tenglashtirib boʻladimi?!
Nahotki buyum oʻzini yaratganga:
“Meni yaratganing yoʻq”, deb aytsa?!
Nahotki idish kulolga:
“Sen tushunmaysan”, deb aytsa?!
Kelajakka umid
17Mana, qisqa vaqt ichidaLubnon oʻrmoni ▼
▼ Lubnon oʻrmoni — Lubnon togʻlarida oʻsadigan sadr daraxtlari dunyoning oʻsha hududidagi eng katta daraxt turlaridan edi.
dalaga aylanadi.Dala esa qalin oʻrmon boʻladi.
18Oʻsha kuni kitobdagi soʻzlarni karlar eshitar,
Koʻrlarning koʻzlari zulmatda nur koʻrar.
19Bechoralarga Egam yangi quvonch ato etadi,
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi tufayli
Muhtojlar shod boʻladi.
20Zolimlar to abad yoʻq boʻladi,
Mazaxchilar halok boʻladi,
Yomonlik istovchilar qirib tashlanadi.
21Ular odamlarga tuhmat yogʻdirar,
Hakamlarga tuzoq qoʻyar,
Solihlarni adolatdan mahrum qilar.
22Shu bois Ibrohimni qutqargan Egam
Yoqub xonadoni toʻgʻrisida shunday deb aytmoqda:
“Yoqub nasli endi hech qachon sharmanda boʻlmaydi,
Qoʻrquvdan uning rangi oqarmaydi.
23Isroil xalqi Men bunyod etgan farzandlarini koʻrganda
Ular Mening nomimni muqaddas deb biladi,
Meni — Yoqub naslining Xudosini muqaddas deb tan oladi.
Ha, Men, Isroil Xudosining huzurida hayratda turadi.
24Yoʻlidan adashganlar oʻshanda tushunib yetadi,
Noliganlar yoʻl–yoʻriqlarimni oʻrganadi.”
Copyright information for
UznUzbL