‏ Isaiah 30

Misrdan yordam kutish befoyda

1Egam aytar: “Eh, itoatsiz xalqim!
Ularning holiga voy!
Mensiz maslahatlar qilishadi.
Sulhlar tuzadi, lekin Mening Ruhim yoʻq–ku ularda!
Ha, xalqim gunoh ustiga gunoh orttiraveradi.
2Axir, Mendan soʻramasdan Misrga boryaptilar,
Firʼavndan panoh soʻrayaptilar,
Misrdan boshpana istayaptilar.
3Ammo firʼavnning himoyasi ularga sharmandalik boʻladi,
Misrning boshpanasi ularni uyatga qoldiradi.
4Mana, xalqimning aʼyonlari Zoʻvanga yetib keldilar,
Elchilar Xanesga
…Zoʻvan…Xanes… — Zoʻvan Misrning shimoli–sharqida, Xanes Misrning janubida joylashgan shaharlar edi.
kirib keldilar.
5Lekin ularning hammasi sharmanda boʻladi,
Axir, Misr ularning xalqiga yordam bermaydi.
Hech qanday madad, foyda yoʻq,
Ular sharmanda boʻlib, taʼna tagida qoladi.”

6Nagav choʻlidagi hayvonlar haqida bashorat:

Elchilari eshagu tuyalarga xazinalarini ortib,
Misrga olib ketmoqda.
Vahimali sahro boʻylab sekin
Misr tomon bormoqda.
Ular bormoqda sherlaru zaharli ilonlar
Yashaydigan sahro boʻylab.
Ammo Misr ularga yordam bermaydi.
7Misr bergan madad bekor, foydasiz,
Shu bois Men Misrni
“Jim oʻtirgan Rahob
Rahob — Levitanning yana bir ismi, Kanʼon xalqlarining qadimiy afsonalarida uchraydigan maxluq (27:1 izohiga qarang). Bu oʻrinda Rahob Misrning sheʼriy nomi sifatida kelgan.
” deb atayman.

Isroil itoat etishdan bosh tortadi

8Egamiz aytar: “Endi bor, soʻzlarimni bir lavhaga yozib,
Bu xalq uchun kitob qilib ber.
Bu kelgusi vaqtlar uchun boʻlsin,
Yozilganlar to abad boʻlsin.”
9Ular isyonkor xalq, yolgʻonchi bolalar!
Egasining yoʻl–yoʻriqlariga
Quloq solishni rad etgan bolalar ular.
10Ular valiylarga aytar:
“Endi vahiy koʻrmanglar.”
Ular paygʻambarlarga aytar:
“Bizlarga haqiqiy bashoratlarni aytmanglar.
Bizga shirin soʻzlaru soxta vahiylar ayting.
11Bu yoʻldan yurmang endi! Qayting bu yoʻldan.
Isroil xalqining Muqaddas Xudosi haqida endi
Eshitmaylik hech bir narsa!”

12Shu bois Isroil xalqining Muqaddas Xudosi aytar:
“Sizlar Mening soʻzlarimni rad qildingiz,
Zulmga, yolgʻonga umid bogʻladingiz,
Ularga ishondingiz.
13Shu bois sizlar uchun bu gunohingiz
Yorilgan, shishib ketgan devor kabi boʻladi.
Birdan, bir lahzada qulab tushadi.
14Sopol idish kabi, u parcha–parcha boʻlib ketadi.
Shunchalik ezilib ketadiki,
Oʻchoqdan choʻgʻ yoki hovuzdan suv olgani
Biron parchasini ham topib boʻlmaydi.”

15Egamiz Rabbiy, Isroil xalqining Muqaddas Xudosi shunday demoqda:
“Menga qaytsangiz najot topasiz,
Halovatli boʻlsangiz qutqarilasiz.
Sokinligu ishonchingiz sizning kuchingiz boʻladi.
Ammo sizlar buni xohlamadingiz.
16Aytdingizki: «Yoʻq, otlarga minib uchib ketamiz»,
Mana endi otlarga minib uchib ketasiz!
Aytdingizki: «Uchqur otlarga minib ketamiz»,
Endi esa sizni taʼqib qiladiganlar uchqur boʻladi!
17Qaranglar, xalqingizdan besh–oltitasi qolmaguncha
Bir kishining tahdidi mingtangizni qochiradi.
Besh kishining tahdidi hammangizni qochiradi.
Ammo qolganlar tepalikdagi bayroq dastasiday boʻladi.
Ular togʻ choʻqqisidagi bayroq kabi ishora boʻladi.”

18Shuning uchun Egam kutmoqda,
Sizlarga shafqat koʻrsatay deb.
Mana U qoʻzgʻalmoqda,
Oʻz mehrini koʻrsatay deb.
Axir, Egam adolatli Xudodir.
Unga umid bogʻlaganlar baxtiyordir.

19Ey Quddusda makon qilgan Sion xalqi! Sizlar endi yigʻlamaysizlar. Faryodingizni eshitib, Egam albatta marhamat koʻrsatadi. Ovozingizni eshitib, javob beradi. 20Rabbiy sizlarga kulfatni non qilib, qaygʻuni suv qilib bersa ham, endi Oʻsha Ustozingiz Oʻzini yashirmaydi. Sizlar oʻz koʻzlaringiz bilan Uni koʻrasizlar. 21Sizlar oʻngga yoki chapga burilganingizda, shunday ovozni eshitasizlar: “Mana yoʻl, shu yoʻldan yuringlar.” 22Keyin hamma kumush butlar, oltin tasvirlaringizni yoʻq qilib tashlaysiz. Siz oʻsha narsalarni iflos latta–puttaday uloqtirib tashlaysiz. “Ey daf boʻl koʻzimdan!” deysiz oʻsha narsalarga.

23Egam yerga ekkan urugʻingizga yomgʻir beradi. Yerdan keladigan oziq–ovqat moʻl, barakali boʻladi. Oʻsha kuni chorvangiz keng yaylovlarda oʻtlaydi. 24Tuproqqa ishlov bergan hoʻkiz, eshaklar eng yaxshi yemni yeydilar. 25Oʻsha kuni, dushmanlaringiz oʻldirilgan, minoralar qulagan kuni har bir togʻdan, har bir tepalikdan irmoq oqib tushadi. 26Oy quyoshga oʻxshab nur sochadi. Quyosh esa yetti barobar koʻproq nur beradi, yetti kunlik yorugʻligini sochadi. Egam Oʻz xalqining yaralarini bogʻlab, Oʻzi keltirgan jarohatlarga shifo bergan kun shunday boʻladi.

Egamiz Ossuriyani jazolaydi

27Ana, Egamizning Oʻzi uzoqdan kelmoqda,
Qalin bulut ichida
…Qalin bulut ichida… — yoki …Qattiq hukm bilan….
, gʻazabga minib kelmoqda.
Lablari gʻazabga toʻla,
Tili — yamlamay yutadigan olovday.
28Uning nafasi boʻyingacha keladigan
Toshqin daryoga oʻxshar,
U xalqlarni halokat elagida elaydi.
U elatlarning ogʻziga suvluq soladi–da,
Ularni yoʻldan adashtiradi.

29Sizlar esa muqaddas bayram
muqaddas bayram — Fisih ziyofati nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Bu ziyofat Isroil xalqining Misrdagi qullikdan ozod boʻlganini nishonlash uchun oʻtkazilardi (Chiqish 12:1-42 ga qarang).
oqshomidagiday qoʻshiqlar kuylaysiz. Egamizning togʻiga
Egamizning togʻi — Quddusdagi Sion togʻiga ishora. 4:5 ning ikkinchi izohiga qarang.
, Isroil xalqining Qoyasiga nay sadolari ostida borayotganlarday yuraklaringiz shodlikka toʻladi.
30Egamiz Oʻz ulugʻvor ovozini eshittiradi. Ha, qoʻlining zarbasi ogʻirdir. Uning kuchli gʻazabi, yamlamay yutay degan olovga oʻxshaydi. Ha, Uning gʻazabi boʻronu dovul, momaqaldiroq kabidir. 31Egamiz hassasi bilan Ossuriyani uradi. Oʻz ovozi bilan uni dahshatga tushiradi. 32Egamiz qayta–qayta Ossuriyani doira va arfa sadolari ostida hassasi bilan jazolaydi. Egamiz Oʻz qoʻlining zarbi bilan jang qilib, ular bilan urishadi. 33Tofat
Tofat — Quddusga yaqin boʻlgan qabriston (Yeremiyo 7:32, 19:6, 11 ga qarang). Bir vaqtlar u yerda butparastlarning sajdagohi boʻlgan. Oʻsha sajdagohda odamlar oʻz bolalarini Ommon xalqining xudosi Moʻlaxga qurbonlik qilib, olovda kuydirishgan (4 Shohlar 23:10, Yeremiyo 7:30-31 ga qarang).
allaqachon tayyorlangan. Ha, u hatto Ossuriya shohi uchun ham tayyor turibdi. Bu keng chuqurda alangayu oʻtin moʻl–koʻl. U yerda Egamizning nafasi vulqondan chiqqan olov kabi yondiradi.
Copyright information for UznUzbL