‏ Isaiah 31

Misrning kuchiga ishonma

1Misrdan yordam soʻrab borganlarning holiga voy!
Ular chopqir otlariga ishonadilar,
Jang aravalarining koʻpligiyu
Kuchli otliqlarga umid bogʻlaydilar.
Isroil xalqining Muqaddas Xudosiga esa
Nazar ham tashlamaydilar,
Egamizga yuz burmaydilar.
2Dono Egamizning gapiga ular kirmaydilar.
Egamiz fosiqlarning xonadoniga qarshi qoʻzgʻaladi,
Badkirdorlarga yordam berganlarga qarshi turadi.
Ularning boshiga kulfat keltiradi,
Aytgan soʻzlarini U qaytib olmaydi.
3Misrliklar Xudo emas, insonlardir,
Ularning otlari ruh emas, tanadir.
Egamiz ularga qarshi qoʻl koʻtarganda,
Madadkor qoqiladi,
Madadga zor yiqiladi.
Ikkovi birgalikda halok boʻladi.

4Ha, Egam menga aytmoqda:
“Kuchli sher qoʻyni boʻgʻizlaganda,
Choʻponlar shovqin–suroniga eʼtibor bermas,
Ularga hatto nazar ham tashlamas.
Shu singari, Men, Sarvari Olam,
Sion togʻida — oʻsha tepalikda
Jang qilishga kelaman.
5Oʻz ini ustida uchayotgan qush kabi,
Men, Sarvari Olam, Quddusni qoʻriqlayman.
Men Quddusni qoʻriqlab, ozod qilaman,
Himoya qilib, najot beraman.”

6Ey Isroil xalqi! Garchi sizlar shu qadar fosiq isyonchi boʻlsangiz ham, endi Egamizga qayting! 7Ha, oʻsha kuni har biringiz oltin butlar va kumush tasvirlarni rad etasiz. Ularni gunohkor qoʻllaringiz bilan yasagan edingiz.

8Ossuriya vayron boʻladi, ammo insonning qilichidan emas.
Xudoning qilichi Ossuriyaliklarni uradi.
Ossuriyaliklar vahimaga tushib qochadilar.
Kuchli, yosh yigitlarini qul qilib olib ketadilar.
9Ossuriyaning suyangan qoyasi
Ossuriyaning suyangan qoyasi — Ossuriya shohi nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
vahima ichida qochadi,
Lashkarboshilari jangovar bayroqdan qoʻrqib, qochib ketadi.
Ha, Egamizning alangasi Quddusda,
Uning oʻchogʻi Siondadir.
Egamizning kalomi shudir.
Copyright information for UznUzbL