Isaiah 33
Najot va umid haqida bashorat
1Ey talanmagan talonchi! Holingga voy!Ey xiyonatni tatimagan xiyonatkor! Holingga voy!
Rosa talab boʻlganingdan soʻng,
Oʻzingni talon–taroj qiladilar.
Xiyonatni bas qilganingda,
Senga xiyonat qiladilar.
2Ey Egamiz, bizga marhamat qil,
Biz Senga umid bogʻlaymiz.
Bizga har kuni kuch ato qil,
Kulfat chogʻi esa bizga najot ber.
3Gumburlagan ovozingdan xalqlar tarqab ketar,
Sen qoʻzgʻalganingda elatlar qochib ketar.
4Chigirtkalar ▼
▼ chigirtkalar — baʼzan toʻda–toʻda boʻlib kelib, dalalardagi hosilga katta zarar yetkazadigan hasharot.
yigʻilganday oʻljalaring yigʻilar,Chigirtkalar uyumi kabi, oʻljalaringni talon–taroj qilishar.
5Egamiz yuksalgandir. Ha, Uning maskani yuksakda.
Toʻldirgandir U Quddusni ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion (shu bobning 14–oyatida ham bor). 1:8 izohiga qarang.
adolatu solihlik ila.6Ey Quddus, U kunlaringiz tinchligini mahkam tutadi,
Uning Oʻzi najot, ilm–maʼrifat, donolikning boy manbaidir.
Egamizdan qoʻrqish sizlarning xazinangizdir.
7Ana qarang! Yahudoning jasur yigitlari
Koʻchalarda faryod qiladi,
Tinchlik elchilari ▼
▼ Tinchlik elchilari — 36:1-3, 22 ga qarang.
achchiq–achchiq yigʻlaydi.8Katta yoʻllar huvullab qolgan,
Bu yoʻllardan yurmaydi hech kimsa,
Ahdlar buzildi, shaharlar vayron boʻldi ▼
▼ …shaharlar vayron boʻldi… — ibroniycha matndan. Qumron qoʻlyozmalarida ahdlarning guvohlari xor boʻldi.
,Inson oʻz qadrini yoʻqotdi.
9Yurt aza tutdi, azob chekdi.
Lubnon oʻrmonlari isnodga qolib, qurib qoldi.
Sharon tekisligi ▼
▼ Sharon tekisligi — Oʻrta yer dengizi boʻyidagi, Karmil togʻi (shimol tomonda) va Yaffa shahri (janub tomonda) orasidagi unumdor tekislik.
sahroga oʻxshab qoldi,Bashan ▼
▼ Bashan — Jalila koʻlining shimoli–sharqidagi hudud.
, Karmil togʻidagi daraxtlarning yaproqlari qolmadi.10“Endi qoʻzgʻalaman,
— demoqda Egamiz. —
Endi Men yuksalaman,
Ha, Oʻzimni baland koʻtaraman.
11Sizlar esa somonga homilador boʻlganday,
Foydasiz poyalar tuqqanday boʻlasiz.
Ruhingiz sizlarni olov kabi yeb bitiradi.
12Xalqlar yonib, kul boʻladi,
Kesilib, olovga tashlangan tikanday boʻladi.
13Ey uzoqdagilar, Mening qilganlarimni eshiting,
Ey yaqindagilar, qudratimni bilib oling!”
14“Oramizda kim yamlamay yutadigan olov bilan tura oladi?
Oramizdagi kim yonib bitmas alanga yonida qola oladi?” deya
Quddusda gunohkorlar vahimaga tushdi,
Nopoklarni qoʻrquv egallab oldi.
15Mana, qarang solih yashayotganlarga!
Ular toʻgʻri gapni gapiradi,
Tamagirlik foydasidan yuz oʻgiradi,
Pora olishdan qoʻllarini tiyadi.
Qotillarning fitnalariga qoʻshilmaydi,
Koʻzlarini yovuzlik jalb qila olmaydi.
16Ha, shundaylarning maskani yuksaklarda boʻladi,
Togʻlardagi qoyalar boshpanasi boʻladi.
Nonu suvi hech qachon yetmay qolmaydi.
17Mana, koʻzlaringiz ulugʻvor shohni,
Keng yoyilgan yurtni koʻradi.
18Shunda oʻtmishdagi qoʻrquvni eslab, deysiz:
“Qani ekan oʻsha bosh lashkarboshi?
Qani oʻsha oʻljalarni oʻlchagan odam?
Qani endi minoralarni sanaganlar?”
19Sizlar tillarini tushunmaydigan,
Gaplarini anglamaydigan,
Oʻsha takabbur xalqni endi koʻrmaysiz!
20Mana, qarang Quddusga!
Bayramlarimiz shahriga boqing.
Oʻz koʻzlaringiz bilan Sionni,
Oʻsha osuda maskanni koʻrasiz.
Bu chodir hech qachon koʻchmaydi,
Uning qoziqlari surilmaydi,
Bironta arqoni uzilmaydi.
21Ha, u yerda qudratli Egamiz bizning Shohimiz boʻladi,
U yerda keng daryolaru irmoqlar boʻladi.
Eshkakli urush kemalari kechib oʻta olmaydi,
Yelkanli jang kemalari ham u yerda suza olmaydi.
22Axir, Egamiz hukmronlik qiladi,
Uning Oʻzi qonun–qoidani oʻrnatadi.
Egamiz bizning Shohimizdir,
Uning Oʻzi bizga najot beradi.
23Kemangizning machtasi mustahkam emas,
Uning arqonlari zaiflashgan,
Uning yelkani yoyilmaydi ▼
▼ Kemangizning machtasi mustahkam emas…yelkani yoyilmaydi — koʻchma maʼnodagi gap boʻlib, Yahudo xalqi va Quddus aholisining ojizligini, Xudoning yordamiga muhtoj ekanliklarini koʻrsatadi (shu bobning 22–oyatiga qarang).
.Soʻng moʻl–koʻl oʻlja boʻlinadi,
Hatto choʻloq ham oʻljaga sherik boʻladi.
24Orangizda hech kimsa, “Men xastaman”, demaydi,
Quddusdagilarning gunohlari kechiriladi.
Copyright information for
UznUzbL