Isaiah 34
Egamiz elatlarni jazolaydi
1Ey elatlar, yaqinroq keling, quloq soling!Ey xalqlar, diqqat qiling!
Eshiting, ey zamin, zamindagi bor jonzot!
Olamu uning mahsuli, eshiting!
2Ha, Egamiz butun elatlardan gʻazabda,
Ularning lashkarlariga qahri keldi.
Egamiz ularni tamomila qirib tashlaydi.
Ularni boʻgʻizlashga hukm etgan.
3Murdalari koʻmilmay qolib ketadi,
Jasadlaridan qoʻlansa hid anqiydi,
Ularning qoni qirlarda daryo boʻlib oqadi.
4Samodagi hamma yulduzlar chirib ketadi,
Osmon oʻrama qogʻozday ▼
▼ oʻrama qogʻoz — 29:11 izohiga qarang.
eshilib ketadi.Tokdan qurib tushgan barglar singari,
Daraxtidan toʻkilgan anjir singari,
Samoviy jismlar toʻkilib ketadi.
5Egam aytar: “Ha, samolarda Mening qilichim paydo boʻldi ▼
▼ …samolarda Mening qilichim paydo boʻldi — Qumron qoʻlyozmalaridan. Ibroniycha matnda …samolarda Mening qilichim toʻyib qon ichdi yoki …samolarda Mening qilichim qonga boʻkdi.
.Mana, u Edomga ▼
▼ Edom — 11:14 ning birinchi izohiga qarang.
,Men halokatga hukm qilgan xalqning boshiga tushadi.”
6Egamizning qilichi qonga bulgʻangan.
Qoʻzilar, echkilar yogʻiga, qoniga,
Qoʻchqor buyragining yogʻiga toʻygan.
Ha, Bozrax shahrida ▼
▼ Bozrax shahri — Edom yurtining poytaxti.
Egamizga qurbonlik bor,Edom yurtida katta qirgʻin boshlanadi.
7Yovvoyi buqalar, novvoslar, katta hoʻkizlar ham
Ular bilan birga qirilib ketadi.
Ularning yeri qon bilan sugʻoriladi,
Tuprogʻi yogʻni shimib oladi.
8Ha, bu kun Egamizning qasos kunidir.
Quddus ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.
uchun Egamiz qasos oladigan yildir bu.9Edom irmoqlari qatronga aylanadi,
Tuprogʻi oltingugurtga aylanadi,
Butun yurt esa alanga ichida qoladi.
10Alanga kechayu kunduz oʻchmaydi,
Tutun abadiy koʻtarilaveradi.
Bu yurt avlodlar osha
Vayrona boʻlib qolaveradi.
Hech kim uni to abad bosib oʻtmaydi.
11U yer boyqushlaru kirpilarning mulki boʻladi,
Ukkiyu ▼
▼ …boyqushlaru kirpilar…Ukki… — ibroniycha matnda aytib oʻtilgan bu hayvonlarning qanday hayvon ekanligi bahsli.
qargʻalar u yerda makon qiladi.Ha, Egamiz bu yurtni oʻlchab,
Vayronayu xarobaga loyiq topdi.
12Bu yurtda aslzodalar yoʻq endi,
U yerdan birorta shoh chiqmaydi,
Barcha shahzodalari yoʻq boʻlib ketadi.
13Qalʼalarida tikanlar oʻsadi,
Saroylarida yantoqlar, qushqoʻnmas butalar bitadi.
U yer chiyaboʻrilarga maskan boʻladi,
Tuyaqushlarning boshpanasi boʻladi.
14Yovvoyi mushuklaru sirtlonlar
Bir–biriga duch keladi,
Yovvoyi echkilar bir–birini chaqirib maʼraydi,
U yerda tun sharpalari dam oladi,
Oʻsha yer ularga oromgoh boʻladi.
15Ilonlar ▼
▼ ilonlar — ibroniycha matnda aytib oʻtilgan bu hayvon qanday hayvon ekanligi bahsli.
u yerda in qurib, tuxum qoʻyadi,Soya joylarda bolalarini yigʻadi.
Quzgʻunlar u yerda juftlanib toʻplanadi.
16Mana, Egamizning kitobidan ▼
▼ Egamizning kitobi — Xudo Ishayoga bergan bashoratlar nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
topib, oʻqing:Hayvonlaru qushlardan birontasi yoʻq boʻlmaydi,
Ularning hammasi juft–juft boʻladi,
Egamizning Oʻzi shunday amr etgan,
Uning Ruhi hammasini toʻpladi.
17Egamiz qurʼa tashlab, har birining ulushini berdi,
Arqon bilan oʻlchab, yurtni ularga boʻlib berdi.
Bu yurt to abad ularning mulki boʻladi,
Avlodlar osha ular bu yerda yashaydi.
Copyright information for
UznUzbL