Isaiah 35
Najot topishga umid
1Choʻlu biyobon shod boʻladi,Sahro quvonib, atirgulday gullaydi.
2Hamma yoqda gul–chechaklar ochiladi,
Choʻl shodlanib, quvonchdan hayqiradi.
Lubnonning chiroyi, Karmil togʻining,
Sharon tekisligining ▼
▼ Sharon tekisligi — 33:9 ning birinchi izohiga qarang.
ulugʻvorligi Unga beriladi.Ular Egamizning shuhratini,
Xudoyimizning ulugʻvorligini koʻradi.
3Qoʻllari charchaganlarga dalda bergin,
Tizzalari bukilganlarga madad bergin.
4Qoʻrqoq yuraklarga shunday deb aytgin:
“Dadil boʻling, qoʻrqmang!
Mana, Xudoyingiz!
Qasos kelmoqda ilohiy intiqom ila,
Uning Oʻzi sizlarga najot beradi.”
5Oʻsha paytda koʻrlarning koʻzlari ochiladi,
Karlarning quloqlari esa eshitadi.
6Choʻloq ham ohuday sakraydi,
Soqov shodlikdan hayqiradi.
Mana, axir, sahroda suv sharillab oqmoqda,
Choʻl joylar esa irmoqlarga toʻla.
7Qizib yotgan qum hovuzga aylanadi,
Qaqragan yer qaynayotgan buloq boʻladi.
Oldin chiyaboʻrilar yashagan maskanlarda
Endi maysa, qamish, papiruslar oʻsadi.
8Oʻsha yerdan katta yoʻl oʻtadi,
Muqaddas Yoʻl deb atalgan yoʻl boʻladi.
Nopoklar u yoʻlga qadam bosmaydi,
Bu yoʻl mana shu yoʻldan yuradiganlarga qarashlidir.
Bu yoʻldan yuradiganlar,
Hatto idroksizlar ham adashmaydi ▼
▼ Bu yoʻldan…adashmaydi — yoki Idroksizlar hech qachon bu yoʻldan yura olmaydi.
.9U yerda sher boʻlmaydi.
Yirtqich hayvon yurmaydi.
Ular bu yerda topilmaydi.
Ha, faqat najot topganlar oʻsha yerda yuradi.
10Egamiz qutqarganlar qaytib keladi,
Ular qoʻshiq aytib, Quddusga ▼
▼ Quddus — ibroniycha matnda Sion. 1:8 izohiga qarang.
kiradi.Boshlarida abadiy shodlik toji boʻladi,
Shod–xurramlik ularni qamrab oladi,
Qaygʻu, gʻamlar yoʻq boʻlib ketadi.
Copyright information for
UznUzbL