‏ Isaiah 36

Ossuriya qoʻshini Quddusga tahdid soladi

1Hizqiyo hukmronligining oʻn toʻrtinchi yilida
Hizqiyo hukmronligining oʻn toʻrtinchi yili — miloddan oldingi 701 yil.
Ossuriya shohi Sanxariv
Ossuriya shohi Sanxariv — miloddan oldingi 705-681 yillarda Ossuriyada hukmronlik qilgan.
Yahudo yurtiga hujum qildi. Uning hamma mustahkam shaharlarini bosib oldi.
2Laxish shahridan
Laxish shahri — Quddusdan qariyb 35 kilometr janubi–gʻarbda joylashgan edi.
Ossuriya shohi oʻz mulozimini katta lashkar bilan Quddusga, shoh Hizqiyo huzuriga yubordi. U Yuqori hovuz arigʻi yonida toʻxtadi. Bu ariq kir yuvuvchining dalasiga boradigan yoʻlda edi.
3Shunda Xilqiyo oʻgʻli Eliyaqim, Shavna va Osif oʻgʻli Yoʻx Quddusdan chiqib, mulozimning yoniga bordilar. Shoh Hizqiyoning saroyida Eliyaqim bosh vazir boʻlib, Shavna kotib, Yoʻx esa mushovir boʻlib xizmat qilar edilar.

4Mulozim ularga shunday dedi:

“Ulugʻ Ossuriya shohining shu gaplarini Hizqiyoga yetkazing: «Nimangga ishonyapsan oʻzi?
5Harbiy mahoratingdan va kuch–qudratingdan gapiryapsan, lekin bular quruq gaplar–ku! Kimingga ishonib menga itoat etmayapsan? 6Ha, sen Misrga ishonyapsan. Lekin Misr yoriq qamishdan qilingan hassaga oʻxshaydi–ku! Unga suyansang, qoʻlingga sanchiladi. Misr firʼavniga ishonganlarning hammasi shu ahvolga tushadi. 7Balki sizlar: ‘Biz Egamiz Xudoga ishonamiz’, deb aytarsizlar menga. Axir, Hizqiyo oʻsha Egangizning sajdagohu
sajdagoh — ibroniycha matnda bamax, yaʼni “tepalik”. Kanʼon xudolariga topinadigan joylar bamax deb atalardi. Odatda bu sajdagohlar tepaliklarda joylashgan boʻlib, u yerda Kanʼon xudolarining tasvirlari va qurbonliklar keltirish uchun qurbongoh boʻlardi. Baʼzi bir paytlarda odamlar mana shu mahalliy sajdagohlarda Egamizga sajda qilardilar.
qurbongohlarini buzib tashlab, Yahudo xalqiga va Quddusliklarga: ‘Faqatgina Quddusdagi qurbongohning oldida sajda qilinglar’, deb aytgan ekan–ku!
Axir, Hizqiyo…aytgan ekan–ku! — Hizqiyoning qilgan ishlaridan Xudo mamnun edi (Qonunlar 12:2-7, 4 Shohlar 18:3-5 ga qarang). Ammo Ossuriya shohi bu soʻzlarni Yahudo xalqini va Quddus aholisini Hizqiyoga qarshi qoʻzgʻatish niyatida, Xudoga itoat qilmaslikka va ishonmaslikka undash maqsadida aytgan edi (shu bobning 15, 18-20–oyatlariga qarang).
»
8Kelinglar, endi Ossuriya shohi janobi oliylari nomidan sizlar bilan bir garov oʻynaylik. Biz sizlarga ikki mingta ot beramiz, qani, ularni minishga odam topinglar–chi! 9Qani, koʻraylik–chi, shohimning qullari orasidagi eng kichik bir lashkarboshisini magʻlub qila olasizmi?! Axir, oʻzingiz Misrning jang aravalariyu otliqlariga
otliqlar — bu oʻrindagi ibroniycha soʻz aravakashlar maʼnosini ham ifodalashi mumkin.
umid bogʻlab oʻtiribsiz.
10Qolaversa, bizni Egangizning xohishisiz bu yurtni vayron qilishga kelgan, deb oʻylaysizlarmi? Egangizning Oʻzi bizga: «Oʻsha yurtga borib, u yerni vayron qilinglar», deb amr bergan–ku!”

11Eliyaqim, Shavna va Yoʻx Ossuriyalik mulozimga:

— Bu qullaringga oramiycha
oramiycha — oramiy tili oʻsha davrda tijoratda va xalqaro diplomatik doiralarda ishlatilgan.
gapiraver, oramiychani tushunamiz. Ibroniycha gapirma. Tagʻin devor ustidagilar bizning gapimizni eshitib qolmasin, — dedilar.
12Mulozim esa shunday javob berdi:

— Shohim bu soʻzlarni faqat hukmdoringizga va sizlarga gapirsin, deb meni yuboribdimi?! Devor ustida toʻplangan odamlarga ham gapiryapman–da. Ular ham, sizlar kabi tezaklarini yeb, siydiklarini ichishga giriftor qilingan.

13Soʻngra u tik turib, baland ovoz bilan ibroniycha gapirdi: “Ulugʻ Ossuriya shohining gaplarini eshiting! 14Shoh hazratlari shunday aytmoqda: Hizqiyo sizlarni yoʻldan urmasin. U baribir sizlarni qutqara olmaydi. 15«Egamiz bizni albatta qutqaradi, bu shahar Ossuriya shohi qoʻliga taslim boʻlmaydi», deb Hizqiyo sizlarni Egangizdan umidvor qilmasin.

16Shohingiz Hizqiyoga quloq solmanglar. Mana, Ossuriya shohi aytmoqda: men bilan sulh tuzib, mening oldimga chiqinglar. Shunda har kimga oʻz uzumzoriyu anjir daraxti hosilidan yeyishga, oʻz sardobasidan suv ichishga ijozat beriladi. 17Soʻngra men sizlarni oʻz oʻlkangizga oʻxshagan bir yurtga olib boraman. U joy bugʻdoy, sharob, non, uzumzorlarga boy yurtdir. 18Yana Hizqiyo: «Egamiz bizni qutqaradi», deb sizlarni aldamasin. Qani, qaysi xalqning xudosi oʻz yurtini men, Ossuriya shohining qoʻlidan qutqaribdi?! 19Xomat bilan Arpad shaharlarining xudolari qani?! Sefarvayimning
Xomat…Arpad…Sefarvayim… — Xomat va Arpad hozirgi Suriyaning shimolida joylashgan edi. Sefarvayim shahrining qayerda joylashgani bahsli.
xudolari–chi?! Birorta xudo Samariyani
Samariya — Isroilning, yaʼni shimoliy shohlikning poytaxti boʻlib, Ossuriya tomonidan bosib olingan.
mening qoʻlimdan qutqara olmadi–ku!
20Jamiki xalqlarning xudolaridan qaysi biri oʻz yurtini mening qoʻlimdan qutqaribdiki, Egangiz Quddusni qutqara olsa?!”

21Ammo xalq jim turaverdi. Birontasi ham javob bermadi. Chunki shoh Hizqiyo: “Uning gapiga javob qaytarmanglar”, deb farmon bergan edi. 22Shundan keyin bosh vazir Eliyaqim, kotib Shavna va mushovir Yoʻx qaygʻudan liboslarini yirtib, Hizqiyoning oldiga keldilar–da, Ossuriya mulozimining gaplarini Hizqiyoga aytib berdilar.
Copyright information for UznUzbL