‏ Isaiah 38

Hizqiyo kasal boʻlib qoladi

1Oʻsha kunlari Hizqiyo tuzalmas xastalikka yoʻliqib, oʻlim toʻshagiga yotib qoldi. Omiz oʻgʻli Ishayo paygʻambar uning huzuriga kelib, shunday dedi: “Egamiz shunday aytmoqda: tayyorgarligingni koʻrib qoʻyaver, endi tuzalmaysan, oʻlasan.”

2Hizqiyo yuzini devorga burib, Egamizga yolvordi: 3“Ey Egam! Chin qalbimdan Senga sodiq boʻlib, yoʻllaringdan yurganimni va oldingda toʻgʻri ishlar qilganimni esla.” Shunday deb achchiq–achchiq yigʻladi.

4Shundan keyin Ishayoga Egamizning quyidagi soʻzi ayon boʻldi: 5“Borib, Hizqiyoga shunday deb ayt: «Bobong Dovudning Xudosi — Egamiz shunday aytmoqda: iltijolaringni eshitdim, koʻz yoshlaringni koʻrdim. Umringni yana oʻn besh yilga uzaytiraman. 6Seni va bu shaharni Ossuriya shohining qoʻlidan xalos qilaman. Ha, bu shaharni himoya qilaman. 7Ey Hizqiyo! Men, Egang, bergan vaʼdamni bajaraman. Mana senga Mendan alomat: 8ana qara! Botayotgan quyosh Oxozning zinapoyasiga
Oxozning zinapoyasi — arxeologik topilmalarga asoslangan holda aytish mumkinki, bu zinapoya vaqtni koʻrsatadigan maxsus qurilma sifatida xizmat qilar edi.
soya tushirib turibdi. Oʻsha soyani oʻn qadam orqaga surdiraman.»”

Shunday qilib, soya oʻn qadam orqaga ketdi.

9Shoh Hizqiyo sogʻaygandan keyin quyidagi sheʼrni yozdi:

10“Men aytdim:
Nahotki hayotim choʻqqisida
Oʻliklar diyoriga
Oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl. 5:14 izohiga qarang.
borsam?!
Umrimning qolgani xazon boʻlsa?!
11Nahot, Egamni endi koʻrmasam?!
Ha, Uni koʻrmasman bu yorugʻ dunyoda.
Tirik zotlarni endi koʻrmayman.
Bu dunyodagilar bilan boʻlmayman.
12Choʻponning chodiri yigʻilganiday
Mening umrim uzildi,
Mendan tortib olindi.
Umrim toʻquvchining matosi kabi bitdi.
Uning dastgohidagi ipday
Mening umrim ham qirqildi.
Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.
13Tonggacha faryod qildim,
Sherday hamma suyaklarimni sindirasan.
Ey Rabbiy, tunu kun meni qiynaysan.
14Qaldirgʻochu turnaday nola chekdim,
Musichaday oh–voh qildim.
Yuqoriga qarayverib, koʻzlarim toldi,
Ey Rabbiy, ezildim, yordam ber menga!

15Endi men nima desam ekan?!
Egam menga nima aytgan boʻlsa,
Uning Oʻzi oʻshani qildi.
Jonim tortgan bu azoblar tufayli
Umrim boʻyi itoat etib yuraman
…itoat etib yuraman — yoki …men sekin yuraman.
.
16Ey Rabbiy, Sening tarbiyang yaxshidir,
Chunki u hayotu sogʻlikka yetaklaydi.
Sen menga sogʻligimni qaytarding,
Menga qayta hayot baxsh etding.
17Mana, hamma qiyinchiligim
Yaxshilikka aylandi.
Qabrdan meni saqlading
…meni saqlading… — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda …meni sevding….
,
Hamma gunohlarimni kechirding.
18Axir, oʻliklar diyori
oʻliklar diyori — ibroniycha matnda Sheoʻl (5:14 izohiga qarang). Qadimda Isroil xalqining tasavvuriga koʻra, Sheoʻlda Xudo bilan muloqot qilishning aslo iloji yoʻq edi.
Senga shukur qilmaydi,
Oʻlim Senga hamdu sano aytmaydi.
Qabrga boradiganlar
Sening sadoqatingdan umid qilmaydi.
19Mana, men Senga shukur aytmoqdaman.
Axir, tiriklar, faqatgina tiriklar
Senga shukur aytadilar–ku!
Otalar oʻzlarining farzandlariga
Sening sadoqatingni bildiradilar.

20Egam meni qutqaradi.
Butun umrimiz boʻyi torli asboblar ila
Egamning uyida kuylaymiz.”

21Ishayo shunday degan edi: “Anjir shirasini olib, yaraning ustiga qoʻyinglar. Shunda Hizqiyo sogʻayadi.” 22Buni eshitgan Hizqiyo: “Egamizning uyiga borishimni qanday bilaman? Buni nima isbotlaydi?” deb soʻragandi
Ishayo shunday degan edi…22…Hizqiyo…deb soʻragandi — shu bobning 21-22–oyatlaridagi voqealar 6 va 7–oyatlaridagi voqealar orasida yuz bergan. 4 Shohlar 20:6-9 ga qarang.
.
Copyright information for UznUzbL