‏ Isaiah 39

Bobildan kelgan elchilar

1Oʻsha paytlarda Bobil shohi Baladon oʻgʻli Marduxbaladon
Marduxbaladon — miloddan oldingi 722-710 va 704-703 yillarda Bobilda hukmronlik qilgan.
shoh Hizqiyoga maktublaru hadyalar joʻnatdi. U Hizqiyoning xastalanib, keyin sogʻayganini eshitgandi.
2Hizqiyo elchilarni koʻrib xursand boʻldi. Xazinasidagi bor narsa — omborlardagi hamma qimmatbaho ashyolarini, oltinni, kumushni, xushboʻy ziravorlarni va moylarni, butun qurol–yarogʻ omborini ularga koʻrsatdi. Hizqiyoning saroyidayu oʻz shohligida ularga koʻrsatmagan hech narsasi qolmadi.

3Ishayo paygʻambar shoh Hizqiyoning huzuriga kelib:

— Bu odamlar qayerdan kelibdi? Senga nimalar dedi? — deb soʻradi.

— Uzoq bir yurtdan, Bobildan kelibdilar, — deb javob berdi Hizqiyo.

4— Ular saroyingda nimalarni koʻrdi? — deb soʻradi Ishayo.

— Saroyimdagi hamma narsani koʻrdilar, — deya javob berdi Hizqiyo. — Xazinalarimda men ularga koʻrsatmagan hech narsa qolmadi.

5Shunda Ishayo aytdi:

— Endi Sarvari Olamning soʻziga quloq sol.
6Egamiz aytmoqdaki: “Bir kun kelib, saroyingdagi hamma narsa, ota–bobolaringning bugungacha toʻplab qoldirganlari Bobilga tashib ketiladi. Hech narsa qolmaydi. 7Sening pushti kamaringdan bino boʻlgan oʻgʻillaringdan baʼzilari ham olib ketiladi. Ular Bobil shohining saroyida bichilgan qullar boʻlib xizmat qiladi.”

8Hizqiyo Ishayoga:

— Egamiz sen orqali aytgan soʻzlar xosiyatlidir, — dedi–da, ichida: “Umrim oxirigacha tinch, xotirjam yashar ekanman–ku”, deb oʻyladi.
Copyright information for UznUzbL